Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Antibiotiklar bilan surtmalar tayyorlash
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
Antibiotiklar bilan surtmalar tayyorlash
Dermatologiya va ko’z kasalliklarini davolashda tarkibiga antibiotik kiritilgan surtmalar ko’p ishlatiladi. Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash. Surtma dorilar antibiotiklar bilan aseptik sharoitda surtma dorilar tayyorlash texnologiyasi koidalariga asoslanib tayyorlanadi. Asos dorixatda ko’rsatilmagan bo’lsa, unda 60 qism vazelin va 40 qism suvsiz lanolin aralashmasi ishlatiladi. Asosni tayyorlash uchun vazelin va suvsiz lanolin eritilib, 150°C haroratda 1 soat mobaynida sterillanadi. Antibiotiklar suvli sharoitda tez inaktivatsiyaga uchraydi, shu sababli ularni asosga suspenziya holatida qo’shish kerak. Buning uchun ularni sterillangan vazelin moyi yoki eritilgan asos bilan eziladi. Oling:Natriy benzilpenitsillin tuzi 100000 TB. Suvsiz lanolin 4,0 Vazelin 6,0 Aralashtiring, surtma dori hosil bo’lsin. Bering. Belgilang. Ko’zga surtish uchun. Pasport:Natriy benzilpenitsillin tuzi 100000 TB. (0,06g) Vazelin 6,0 Suvsiz lanolin 4,0 Umumiy og’irligi 10,06 g Aseptik sharoitda steril havonchada 0,06 g natriy benzilpenitsillin tuzini 2-3 tomchi vazelin moyi bilan eziladi. Ustiga vazelin va suvsiz lanolin qo’shib, bir xil qorishma hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor massani steril bankaga o’tkazib qopqoq bilan yopiladi, yorliq yopishtiriladi. Tarkibida antibiotik bo’lgan surtma dorilar aseptik sharoitda tayyorlanadi. Asos sifatida lanolin va vazelin (4: 6) aralashmasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Chunki penitsillin va boshqa antibiotiklar toza vazelindagi aralashmada teriga qiyin so’riladi. Asoslar steril holatda ishlatiladi. Rp: Unguenti Benzylpenicillini — natrii Unguenti Erythromycini ana 10,0 Misce. Da. Signa. Kuz surtmasi. Steril havonchaga 50000 TB (0,03 g) penitsillin (1 g surtma doriga 5000 TB to’g’ri keladi) va 100000 TB (0,11 g) eritromitsin (1 g surtma doriga 10000 TB to’g’ri keladi) o’lchab olinadi, unga sterillangan asosdan oz-ozdan qo’shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor surtma dori idishga solinib «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi. Tetratsiklin gidroxlorid, streptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan ham surtma dori yuqorida keltirilgandek tayyorlanadi. Antibiotiklarning ko’pchiligi yorug’lik ta’siriga chidamsiz bo’ladi. Shuning uchun ularni og’zi mahkam berkiladigan chinni yoki shisha idishga solib berish maqsadga muvofiqdir. «Sirtga» va qo’shimcha «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling