Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Ma’ruza 18 MAVZU 18. Dori shaklllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch atama va iboralar
Ma’ruza 18
MAVZU 18. Dori shaklllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari. Ma’ruza maqsadi: Dori shakllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullariga oid nazariy ma’lumotlarni berish Tayanch atama va iboralar: nomutanosiblik, qiyinchilik tug’diradigan dorixatlar Reja. 1. Dori shakllarida uchraydigan nomutanosibliklar 2. Bir-biriga qo’shibbo’lmaydigan dorilar aralashmalari 3. Qiyinchilik tug’diradigan dorixatlar 4. Bir-biriga qo’shib bo’lmaydigan dori aralashmalari 5. Qiyinchiliklarni bartaraf etish usullari Ayrim shifokorlar dorixatdagi yozilgan dori turini tayyorlab berishni farmatsevtlarning ishi deb hisoblaydi. Bu noto’g’ri, albatta, lekin shifokorlar murakkab dorixatlarga kiradigan hamma dorilarning fizik va kimyoviy xususiyatlarini bilmay, ba’zan xato qilib qo’yishlari mumkin. Bunday xatolarning oldini olish farmatsevtlarning muhim vazifasidir. Shifokor tomonidan yo’l qo’yilgan xatoga beparvolik yoki moddalar xossalarini bilmaslik natijasida xatoni sezmay tayyorlab berilgan dorilar uchun shifokor bilan birga farmatsevt ham javobgardir. Hozirgi zamon farmatsiyasining tibbiyot, kimyo va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’langanligi hamda ularning kundan-kunga rivojlanishi dorivor moddalarning xilma-xilligiga ta’sir ko’rsatmoqda. Dorivor modda sifatida fizik va kimyoviy xossalari har xil hamda turlicha fiziologik ta’sir ko’rsatadigan moddalar qo’llanilishi va ularning kundan-kunga ko’payib borishi dorixat tarkibining har xil, ayrim hollarda esa murakkab bo’lishiga olib keladi. 1. Qiyinchilik tug’diradigan dorixatlar. Ayrim dorixat birinchi qarashda chalkash bo’lib ko’rinsa ham, sinchiklab o’rganish natijasida ular bilim va tajribasi yuqori bo’lgan farmatsevtlar tayyorlay oladigan dorixatlar bo’lib chiqadi. Bunday dorixatlar qiyinchilik yaratadigan dorixatlar deb yuritiladi. Farmatsevt ularni tayyorlashda o’ziga xos usullar va ularning xususiyatlaridan foydalanadi. Ba’zan qiyinchilik tugdiradigan dorixatlarni ayrim qo’shimcha moddalar kiritish yo’li bilan ham tayyorlash mumkin. Bu holat, birinchidan, farmatsevtning rolini, ikkinchidan, unga talabchanlik va javobgarlikni oshiradi. Dorixatlar tarkibiga qo’shimcha modda kiritilishi natijasida ingrediyentlar miqdori o’zgaradigan bo’lsa, albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki dorixat o’zgartirilishi natijasida ba’zan shifokor hisobga olmagan kimyoviy jarayonlar yuz berishi mumkin. Qiyinchilik yaratadigan har bir dorixatni alohida-alohida hal qilish farmatsevtning asosiy vazifasi bo’lish bilan birga, bemorga beriladigan dorining sifatli chiqishini ham ta’minlaydi. Biz quyida qiyin retseptlarga oid bir necha misollar keltiramiz. Rp: Decocti foliorum Uvae ursi ex 20,0-200,0 Hexamethylentetramini 4,0 M. D. S. Kuniga 4-5 marta bir osh qoshiqdan ichilsin. Bu dorixatda ko’rsatilgan geksametilentetramin ayiqquloq yaprogi tarkibidagi burishtiruvchi moddalar bilan tannatlar holida cho’kma hosil qiladi. Cho’kma zaharli bo’lmagani uchun doriga "Ishlatishdan oldin chayqatilsin" deb yozilgan yorliq yopishtiriladi. Oling: Glyukoza eritmasi 40% — 200,0 ml Natriy brom 4,0 Askorbinkislotasi 5,0 Kofein benzoat natriy 1,5 Aralashtiring. Bering. Belgilang. Tayyorlangan mikstura uzoq turib qolsa, benzoy kislotasi ajralib chiqishi natijasida loyqalanadi. Cho’kma hosil bo’lmasligi uchun shifokor bilan kelishib, 1,5 g kofein benzoat natriy o’rniga 0,57 g toza kofein olish yoki askorbin kislotasini alohida dozalarga bo’lib berish mumkin. Oling: Kalsiy xlorid eritmasi 4% — 200 ml Kodein fosfat — 0,15 A. B. B. Mikstura umumiy qoida bo’yicha tayyorlansa, cho’kma hosil bo’ladi. Shuning uchun kodein fosfat o’rniga kerakli miqdorda toza kodein olish yoki ikki moddaning eritmalarini alohida-alohida tayyorlab, so’ngra bir-biriga qo’shib berish mumkin. Oling:Valeriana nastoykasi 10,0 Marvaridgul nastoykasi 10,0 Kaliy bromid 2,0 A. B. B. Miksturada kaliy bromid cho’kmaga tushmasligi uchun aralashmaga 15-20 tomchi suv qo’shish kifoya. Oling: Mentol 0,1 Glitserin 10,0 A. B. B. Mentol glitserinda yomon eriydi (1:500). Shuning uchun mentolni 0,25 ml spirtda eritib olib, so’ngra glitserin qo’shiladi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling