Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Mustaqil tayyorlash uchun savollar


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Mustaqil tayyorlash uchun savollar:
1. Surtmalar deb qanday dori turiga aytiladi?
2. Surtmalarning ishlatilishi, konsistensiyasi, tarkibi, dispers sistema turi, ta’sir etish 
xarakteri bo’yicha tasnifi.
3. Geterogen surtma deb qaysi surtmaga aytiladi?
4. Suspenzion surtma deb nimaga aytiladi?
5. Suspenzion surtma tarkibidagi qattiq faza 5% dan kam bo’lsa, ular qaysi usulda
dispergirlanadi?


6. Suspenzion surtma tarkibidagi qattiq faza 5% dan 25% gacha tashkil qilsa, ular nima 
yordamida maydalanadi?
7. Suspenzion surtmalarni sifati qaysi ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi?
Mustaqil bajarish uchun retseptlar
1.Oling: Bor kislotasidan 1 ,0 
Vazelindan 19,0
Aralashtiring surtma hosil bo’lsin 
Bering. Belgilang.
2.Oling: Streptotsiddan 0,5
Salitsil kislotasidan 0.3 
Vazelindan 10,0
Aralashtiring surtma hosil bo’lsin 
Bering. Belgilang 
3.Oling: Rux oksididan
Jelatindan teng miqdorda 1,25 
Glitserindan 5,0 
Tozalangan suvdan 5 ml 
Aralashtiring surtma hosil bo’lsin 
Bering. Belgilang.
Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi: Dori moddalari, asos, havoncha, havoncha 
dastasi, og’zi keng shish idishlar, “Sirtga”, “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqar, DF X; XI; 
ma’ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma’lumotnomalar, adabiyotlar, tarqatma materiallar.
** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muhokamasini zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarning “Loyiha” usulidan foydalanib o‘tkaziladi. 
Asosiy matn
Suvda va asosda erimaydigan hamda suspenziya holida tarqalgan qattiq dori moddalar 
saqlagan surtmalar suspenzion (trituratsion) surtmalar deyiladi. Bundan tashqari suvda yaxshi 
eriydigan ammo ko’p miqdorda yozilgan moddalar hamda rezortsin va ruh sulfatlar 
surtmalarga suspenziya holida kiritiladi (ko’z surtmalaridan tashqari). Suspenzion surtmalarni 
tayyorlashda suspenziyalar tayyorlash kabi eng 
muhim texnologik
jarayon bu 
dispergirlashdir, chunki dori turining farmakologik faolligi erimaydigan fazaning 
dispersligiga bog’liq. Suspenzion surtmalaming yuqori qovushqoqligi tufayli qattiq faza 
cho’kmaga tushishi kamayadi. Shuning uchun bu dori turini tayyorlashda stabilizatorlar 
ishlatilmaydi.
Suspenzion surtmalarda qattiq faza 50% gacha va undan ko’p foizni tashkil qlishi 
mumkin, shunga qarab surtmani tayyorlashda har xil texnologik bosqichlar ishlatish 
maqsadga muvofidir.
Agar surtma tarkibidagi suvda va asosda erimaydigan moddalar 5% dan kam tashkil qilsa, 
unda ularni dispergirlash yordamchi suyuqlik ishtirokida olib boriladi (suyuklik qattiq fazani 
yarim miqdorida olinadi. 
B.V.Deryagin qoidasi). Surtma asosining tabiatiga qarab 
yordamchi suyuqlik sifatida shaftoli, bodom, kungaboqr moyi (yog’li asosda). Vazelin moyi 
(uglevodoroddi asosda), glitserin yoki suv (gidrofil asosda) ishlatiladi.
Rp: Acidi borici 1,0 
Vaselini 19,0 
M.f ung.
D.S.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling