Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish:
Test nazorat savollari. 1. Pastalar qanday dori turiga kiradi: -pastalar - yumshoq dori turiga kiradi. - pastalar - qattiq dori turiga kiradi. - pastalar - linimentlar turiga kiradi. - pastalar -surtma dorilarga kiradi. 2.Pastalarga ta’rif bering. - Pastalar tarkibida 25% va undan ko’p poroshoksimon moddalar bo’lgan, hamda konsistensiyasi mazlarga nisbatan quyuqroq dori turiga aytiladi. - pastalar - quyuq dori turiga kirib tarkibida 10% gacha quruq moddalar saqlaydigan dori turi. - pastalar - qattiq dori bo’lib, tarkibida 20% gacha quruq moddalar saqlaydigan dori turiga aytiladi. - pastalar surtma dorilar kabi konsistensiyaga ega bo’lib, tarkibida 25% dan kam qattiq moddalar saqlaydigan dori turiga aytiladi. 3. Pastalar tarkibidagi dori moddalar nimada eritib tayyorlanadi. - hamma javob noto’g’ri. - suvda, - spirtda - yo’g’da 4.Pastalar tarkibiga qanday asoslar qo’shiladi: - yo’g va yog’simon asoslar, mumlar, lanolin, uglevodorodlar, kraxmal, jelatina glitserinli asos. - yuqori molekulali birikmalar, stabilizatorlar. - oqsil tabiatli moddalar. - uglevod tabiatli moddalar. 5.Agar retseptda pasta tayyorlashda asos ko’rsatilmasa qaysi asos ishlatiladi. - vazelin; - faqat kraxmal; - faqat suv; - faqat o’simlik moyi. 6.Pastalar ishlatilishi bo’yicha ; - teriga ishlatiladigan, tishni davolovchi, tishni yuvish uchun. - davolovchi, ta’m beruvchi. - davolovchi, dizenfeksiyalovchi. - davolovchi, teriga ishlatiladigan. 7.Pastalar tayyorlash texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat; - maydalash, aralashtirish, eritish, asos bilan aralashtirish, qadoqlash. - maydalash,eritish, suzish. - ezish, suzish, qadoqlash. - aralashtirish eritish, qadoqlash. 8.Pastalar qaysi sifat ko’rsatkichi bo’yicha baholanadi. - Tashqi ko’rinishi, hidi, ta’sir qiluvchi moddasi, zarrachalar maydalik darajasi bilan; - faqat ta’sir qiluvchi moddasi bilan; - faqat tashqi ko’rinishi bilan; - faqat zarrachalar maydaligi bilan. 9.Pastalar tarkibiga dorivor vositalar qo’shish qanday amalga oshiriladi. - avval poroshoksimon moddalar yaxshilab aralashtirib so’ng eritilgan asosning bir qismi bilan yaxshilab aralashtiriladi va qolgan asos solinadi; - avval poroshoksimon moddalar ezilib, so’ng asos qo’shiladi; - avval havonchaga asos tortib olinib, poroshoklar qo’shiladi; - avval poroshoklarning hammasi havonchada yaxshilab aralashtirib so’ng eritilgan asosning hammasi solinadi; 10.Rux pastasi tarkibini tanlang. - rux oksidi 25.0, kraxmal 25.0, vazelin 50.0. -rux oksidi - 25.0, kraxmal - 25.0; -rux oksidi - 2.0, vazelin 28.0; -rux oksidi 25.0, kraxmal 5.0, vazelin 80.0 11.RUX PASTASI TEXNOLOGIYASINI TANLANG. - rux oksidi eritilgan ozgina vazelin bilan eziladi.Ustiga kraxmal va qolgan vazelinni oz-ozdan qo’shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. - rux oksidi kraxmal bilan aralashtirib vazelin qo’shiladi; - vazelinni eritib, kraxmal va rux oksidi aralashmasi qo’shiladi; - rux oksidi yarmi kraxmal, yarmi vazelin bilan aralashtirib, so’ng bir-biriga qo’shiladi; 12.LASSAR PASTASI TARKIBINI TANLANG. - Salitsil kislotasi 2.0, rux oksidi, kraxmal teng miqdorda 25.0 dan, vazelin 48.0; - salitsil kislotasi 10.0, rux oksidi 2.0, kraxmal 25.0, vazelin massa hosil bo’lguncha. - salitsil kislotasi 25.0, rux oksidi 25.0, vazelin kraxmal teng miqdorda 25.0 - salitsil kislota 2.5, rux oksidi 2.5, kraxmal 10.0, vazelin 10.0; 13. LASSAR PASTASI UCHUN TARKIB TANLANG. - salitsil kislotasi 0.3, Rux oksidi 3.75, kraxmal 3.75, vazelin 7.2; - salitsil kislota 0.1, rux oksidi 3.0, kraxmal 3.0,vazelin massa hosil bo’lguncha. - salitsil kislota0.2, rux oksidi 3.75, kraxmal 3.75, vazelin 7.2. - salitsil kislota 0.3, Rux oksidi, kraxmal teng miqdorda 3.0, vazelin 7.2; 14. LASSAR PASTASI TEXNOLOGIYASI. - salitsil kislotasi, rux oksidi bilan maydalanib bir qismi suyultirilgan vazelin bilan eziladi. Tayyor massaga kraxmal va qolgan vazelin qo’shib aralashtiriladi; -hamma ingridiyentlar aralashtirilib, jihozlanadi; - hamma ingridiyentlar maydalanib vazelinda eritilib, doka orqali suziladi; - havonchada salitsil kislota maydalanib suyultirilgan vazelin rux oksid, kraxmal aralashmasi bilan qo’shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi; 15. PASTALARNI TAYYORLASHDA ISHLATILADIGAN ASOSLAR QANDAY TALABLARGA JAVOB BERISHI KERAK. - rangsiz, hidsiz, yaxshi aralashishi, teriga oson surilishi, indefferent bo’lishi kerak; - ma’lum ta’mga ega, teriga so’rilmay plyonka hosil qilishi kerak; - o’ziga xos hidli, terapevtik ta’sirga ega bo’lishi kerak; - faqat ma’lum ta’sirga ega, qovushqoqligi yuqori bo’lishi kerak; - yuqori haroratda suyuladigan bo’lishi kerak. 16. Oling: Rux patasi 20.0 B.B - Pasporti: rux oksidi 5.0, kraxmal 5.0, vazelin 10.0; - Pasporti: rux oksidi 10.0, vazelin 10.0; - Pasporti: rux oksidi 5.0, vazelin 5.0, kraxmal 10.0; - Pasporti: rux oksidi 15.0, kraxmal 5.0; Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling