Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Tushuntirish matni
Amaliy mashgulot bajarish uchun retseptlar
1.Rp: Zinci oxydi 25,0
Amyli 25,0 
Vaselini 50,0 
M.f. pasta
D.S. sirtga surtish uchun
Texnologiyasi: rux oksidni eritilgan ozgina vazelin bilan yaxshilab eziladi. Ustiga 
kraxmal va qolgan vazelinni oz-ozdan qo’shib, bir hil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. 
Og’zi yaxshi yopiladigan idishlarga qadoqanib, «Sirtga surtish uchun» yorlig’i bilan 
jihozlanadi.
2.Rp: Acidi salicylici 2,0
Zinci oxydi 25,0 
Amyli 25,0 
Vaselini 48,0 
M.F. pasta
D.S. Lassar pastasi. Sirtga surtish uchun
Texnologiyasi: salitsilat kislota bilan rux oksidni yaxshilab aralashtirib, ustiga eritilgan 
ozgina vazelin qo’shiladi va yaxshilab eziladi. So’ngra ustiga kraxmal va qolgan vazelinni 
oz-ozdan qo’shib, bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Og’zi yopiladigan idishlarga 
qadoqlanib, sirtga surtish uchun yorlig’i bilan jihozlanadi.
3.
Rp: Zinci oxydi 20,0
Sulfur depurati 10,0 


Unguenti Naphthalani 40,0 
Amyli 20,0 
M.F. pasta
D.S. Sirtga surtish uchun 
Texnologiyasi: rux oksidi va oltingugurt yaxshilab aralashtiriladi, ustiga naftolan 
mazidan ozgina eritib solinadi, va massa yaxshilab eziladi. So’ngra massa ustiga eritilgan 
mazni qolgan qismi solinib, bir hil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi, Tayyor pasta og’zi 
yaxshi yopiladigan idishlarga qadoqlanadi “Sirtga" yorlig’i bilan jihozlanadi. Bundan 
tashqari terini turli qitiqlovchi moddalardan saqlaydigan HIOT- 6 pastasi tarkibi: 2,4 -
jelatina, 5,6 - kraxmal, 72 - glitserin. 20 - Burov suyuqligidan va 8- suvdan iborat.
Pastalar sifatini baholash
1. Pastalar sifatini tashqi ko’rinishi bo’yicha baholanadi.
2. Pastalar tarkibidagi moddalarning bir xil tarqalganligi, bir xil massaga ega ekanligi bilan 
baholanadi.
3. Tayyor massa kaftga surtganda hech qanday zarrachalar sezilmasligi kerak.
4. Pastalar mazlarga qo’yilgan barcha talablarga javob berishi kerak. Pastalar og’zi ya xshi 
yopiladigan idishlarda, salqin va qorong’i joyda saqlanadi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling