Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
6-semestr
1. Oddiy va murakkab fitoichimliklar tayyorlash, sifatini baholash. 2. Juvalash usuli bilan shamchalar tayyorlash. Tayoqchalar, ularni hisoblash va sifatini baholash. 3. Quyish usulida shamcha tayyorlash. Shamchalarga dori moddalarni qo‘shish qoidalari. 4. Gomogen surtma dorilar (eritma, qotishma) tayyorlash. 5. 5% gacha va undan ko‘p dori moddasini saqlagan suspenzion surtma dorilar tayyorlash. Sifatini baholash. 6. Pastalar. Rux pastasi, salitsil-rux pastasi va boshqa pastalar tayyorlash va sifatini baholash. 7. Moy/suv va suv/moy tipidagi emulsion surtma dorilar tayyorlash. Sifatini baholash usullari. 8. Kombinirlangan tipdagi surtma dorilar tayyorlash qoidalari, sifatini baholash. 9. Linimentlar. Gomogen va suspenzion linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. 10. Emulsion va kombinirlangan tipdagi linimentlarni tayyorlash, ularning sifatini baholash. 11. Aseptika. Oson oksidlanadigan, termolabil va turg‘un bo‘lmagan moddalar saqlagan in’yeksion eritmalarning xususiy texnologiyalari. 12. Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchli kislota va kuchsiz asosdan tashkil topgan tuzlardan in’yeksion eritmalar tayyorlash. 13. Izotonik konsentratsiyani Vant-Goff, Raul usullari va natriy xlor bo‘yicha ekvivalenti yordamida hisoblash. 14. Infuzion eritmalarning xususiy texnologiyasi (Ringer, Ringer-Lokk, Filatov, Disol, Trisol va boshqa eritmalar). 15. Ko‘z tomchilari, namlamalari texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari, ularning sifatini baholash. 16. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan poroshoklar, eritmalar texnologiyasi va ularni sifatini baholash. 17. Ko‘z surtmalari. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan yumshoq (surtma va shamchalar) dorilar texnologiyasi. 18. Dori shakllarini tayyorlashda uchraydigan nomutanosibliklarni aniqlash va bartaraf etish usullari. Laboratoriya mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan laboratoriya xonalarida guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Laboratoriya mashg’ulotlarda talabalar ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini vaziyatli masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shu bilan birga, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzullar bo’yicha taqdimotlar va boshqalar tavsiya etiladi. “Farmatsevtik texnologiya” fani bo‘yicha laboratoriya o‘tish davrida talabalar amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling