Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Loyqalash yo‘li bilan suspenziyalarni tayyorlash


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Loyqalash yo‘li bilan suspenziyalarni tayyorlash
Amaliyotda uchraydigan dori moddalari katta-kichikligi bilan kolloid zarrachalarga yaqin.
Ularning ko‘pchiligi gidrofil (suv bilan namlanadigan)dir. Bunday moddalardan mikstura —
suspenziyalar "qiynash" usuli bilan tayyorlanadi.
Rp.: Magnii oxydi 20,0
Aguae purificatae 200 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan har 10 min.
Ichishdan oldin chayqatilsin.
(kislotalar bilan zaxarlanganda).
Magniy oksid zarrachasining diametri 0,2—0,8 mkm, undan tashqari ular gidrofil modda. 
Suv bilan yaxshi ezilgandan keyin agregativ turg‘un mikstura olinadi, faqat 2—3 soatdan keyin 
sezilarli sedimentatsiyalanishini ko‘ramiz. Miksturani ichishdan oldin chayqatilsa, dispersligi 
oldingi holiga oson qaytariladi. Miksturalarni muxokama kilayotgan turlari agregat turg‘unligi 
liofobli zolni dzeta-potensialiga o‘xshash ustki gidrotatsiyalangan, osilgan faza va sirt 
potensialining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Dispersion usul bilan suspenziyalarni tayyorlash. Chayqatiladigan miksturalar
Qo‘pol dispersli moddalarning suspenziya holatigacha maydalanishi quyidagicha amalga 
oshiriladi:
Mexaniq dispergirlash. 2. Elektr yordamida dispergirlash — Volt yoyida metalni 
arralash bilan. 3. Ultratovush yordami bilan dispergirlash. 4. Kimyoviy yo‘l — peptizatsiya bilan 
dispergirlash.
Dorixonalarda suspenziyalar mexaniq dispergirlash usuli bilan tayyorlanadi. qolgan usul 
zavodlarda qo‘llanadi. Mikstura osilmalarda dispers darajasini oshirishda — eng oddiy usul, 
mexaniq dispergirlash usuli bo‘lib, hovonchada suyuq xo‘llanuvchi muxitda moddalarni
19
Ллойд В.Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтичесая технология изготовления лекарственных 
препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2014. (511 бет)


maydalashdir. Kukunlarni quruq hovonchada ezilganda 50±5 mkm dan kam bo‘lgan zarrachalar 
olish mumkin emas. Dispergirlash davrida suyuqlik qo‘shilganda zarrachalarni katta-kichikligini 
5—0,1 mkm gacha etkazish mumkin. Bu quyidagicha tushuntiriladi: maydalanadigan moddalar 
qattiqligini kamaytirish va undan keyin suyuqliklarni bo‘laklarga bo‘lish xossasiga asoslanib
suyuqlik moddalarni mayda teshiklarga kirib olib, ularni kengaytiradi va yana ham 
maydalanishiga olib keladi.
Shunday qilib, moddalar parchalanishini osonlashtiradi va yaxshi natijalar beradigan 
kuchdir. B. V. Deryagin aniqlashicha 1 g qattiq moddaga 0,4—0,6 ml suyuqlik (40—60%) 
qo‘shilganda suyuq muxitda yuqori darajada dispergirlash vujudga keladi. Dispersion usul bilan 
mikstura-suspenziyalar juda ko‘p tayyorlanadi — ularni chayqatiladigan miksturalar (Muxturae 
agitandae) deb ataladi. Bunday miksturalarning barchasiga "Ichishdan oldin chayqatilsin", degan 
yorliq yopishtiriladi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling