Yog‘li emulsiyalar (Emulsa oleosa)
Hamma yog‘li emulsiyalar, agar retseptda yog‘ning nomi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF ga
asosan bodom yoki unga o‘xshash o‘rik, shaftoli yog‘idan tayyorlanadi. Agar yog‘ning miqdori
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 g yog‘ olinadi. Emulgatorning nomi
ko‘rsatilmaganda, uni tanlash texnolog ixtiyorida bo‘ladi. Tayyorlangan emulsiyalar zarur
bo‘lganda ikki qavatli dokadan suziladi. Emulsiyalarning bir xilligini ta‘minlash maqsadida
gemogenizatorlardan o‘tkaziladi. Bunda yog‘ tomchilari bir xil katta-kichiklikda bo‘ladi. yog‘li
emulsiyalarni tayyorlashda quyidagi usullarning birini qo‘llash mumkin.
Birinchi usul. Kontinental usul. yog‘ni hovonchada ma‘lum qismdagi emulgator va shu
emulgatorni erishi, bo‘kishi uchun etadigan suv bilan aralashtiriladi. Aralashma o‘ziga xos ovoz
chiqquncha yaxshilab eziladi. SHunda qaymoqqa o‘xshash massa hosil bo‘lib, suv tomchilari
dumalamasdan,aralashib ketadi. Ovozning chiqishi yog‘ tomchilarini turg‘un ximoya parda xavo
bilan o‘rab olinib, bo‘laklarga bo‘linishidan dalolat beradi. Birlamchi emulsiya hosil bo‘lgandan
keyin, yana bir marta yaxshi aralashtirib, qolgan suvni oz-ozdan qo‘shiladi. Emulgirlash davrida
hovoncha dastasini "spiral" ravishda faqat bir tomonlama harakatlantirish kerak. yog‘ tomchilari
bu paytda ip shaklida cho‘zilib, ximoya parda bo‘laklarga bo‘linadi. Agar emulgirlash davrida
hovoncha dastasini har tomonlama harakatlantirsak, emulsiya hosil bo‘lishi ancha sustlashadi.
Hovonchaga har doim birinchi bo‘lib emulgator, keyin esa yog‘ olinadi. YUmaloklangan narsa
hosil bo‘lmasligi uchun emulgator va hovoncha quruq bo‘lishi kerak. yog‘ bilan suvning kerakli
miqdori olingan vaqtdagina emulgator emulgirlash ta‘sirini ko‘rsatadi. Agar yuqorida aytilgan
shartlarga e‘tibor berilmasa, emulsiya turg‘un bo‘lmaydi yoki butunlay hosil bo‘lmasligi
mumkin. Ayniqsa "birlamchi emulsiya" hosil bo‘lmasdan qolgan suvni qo‘shish mumkin emas.
Agar emulsiya hosil bo‘lmasa, yog‘ tomchilari suv qo‘shilgandan keyin ham ajralib chiqsa, uni
to‘grilash mumkin emas. qaytadan tayyorlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |