Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oshlovchi modda saqlovchi o‘simliklardan qaynatma tayyorlash
Hisoblash:
Sano bargi (1 : 10) – 10 g S.SH.K. = 1,8 Tozalangan suv – 118 ml 100 + (10 x 1,8) = 118 ml um. hajmi – 100 ml Tayyorlash: Infundir stakaniga 10 g 0,5 mm gacha maydalangan sano bargini olib, uni ustiga 118 ml tozalangan suv quyib, qaynab turgan infundir apparatida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda 30 daqiqa damlab quyiladi. Tayyor qaynatma vaqt tugaganidan keyin olib, tulik sovutiladi (chunki sano bargi tarkibida smolalar bo‘lib, ular odam organizmiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi). So‘ngra 2 qavatli dokada suziladi, qoldiq siqiladi va hajmi 100 ml ga etkaziladi. ―Ichish uchun‖, ―Salqin joyda saqlansin‖, ―Ishlatishdan oldin chayqatilsin‖ yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi. Saponin saqlovchi o‘simliklardan (qizilmiya ildizi, istod ildizi, senega ildizi, sinyuxa ildizi) hamma vaqt qaynatma tayyorlanadi. Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha saponin saqlovchi o‘simliklardan qaynatma tayyorlashda ajratma tarkibi ishqoriy sharoitga keltirilsa ta‘sir etuvchi modda ko‘p miqdorda ajratmaga o‘tadi. SHuning uchun ham senega ildizi va sinyuxa ildizidan qaynatma tayyorlashda 10 g o‘simlikka 1 g NaHCO 3 qaynashga ko‘yishdan oldin qo‘shiladi. 34 И.И. Краснюк, Г.В. Михайлова, Л. И. Мурадова Фармацевтичесая технология технология лекарственнqх форм.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2011. (558 бет) qizilmiya o‘simligi ildizidan qaynatma tayyorlashda 30 minutdan ko‘p qaynatish glitsirrizin miqdorining kamayishiga olib keladi. Oshlovchi modda saqlovchi o‘simliklardan qaynatma tayyorlash Oshlovchi modda saqlovchi o‘simliklardan (dub po‘slog‘i, toloknyanka bargi, brusnika bargi, chernika bargi, kalina po‘stlog‘i , ilontovon ildiz poyasi) hamma vaqt qaynatma tayyorlanadi. Ta‘sir etuvchi moddani to‘liq ajralib chiqishiga o‘simlikni maydalanish darajasi katta ta‘sir ko‘rsatadi. G. S. Mixaylova ko‘rsatmasi bo‘yicha dub po‘slog‘idan qaynatma tayyorlashda 0,2 ml gacha kattalikkacha maydalash oshlovchi moddalarni ko‘prok ajralishiga, undan ham maydarok qilib tayyorlanganda kam miqdor moddalar qaynatmaga o‘tishi aniqlangan. Ikki tomonlama kutikula bilan qoplangan serin bilan to‘yingan qalin etli barglardan faqat qaynatma tayyorlanadi. Masalan: toloknyanka bargidan hamma vaqt qaynatma tayyorlanadi. Toloknyanka ajratmalaridagi oshlovchi moddalar miqdori: 13-jadval Ajratma nomi Yozilishi Miqdori Arbutin (oshlovchi modda) Damlama 10,0 : 200 1,95 9,07 qaynatma 10,0 : 200 3,26 13,16 Rp.: Decocti foliorum Uvae Ursi 10,0 — 180 ml D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin. SHuning uchun ham toloknyanka bargidan XDF ko‘rsatmasiga binoan damlama emas, qaynatma tayyorlanadi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling