Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Damlama va qaynatmalarga dorivor moddalar qo‘shish


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Damlama va qaynatmalarga dorivor moddalar qo‘shish
Suvli ajratmalar ko‘pincha murakkab dori preparatlarning tarkibiy qismi bo‘lib, ular dori 
moddalarini eritish uchun erituvchi sifatida ham ishlatiladi. Buning natijasida damlama va 
qaynatmalardan murakkab dori shakli hosil bo‘ladi. Agar bo‘lar ichishga mo‘ljallangan bo‘lsa 
miksturalar deb nomlanadi. Miksturalarni tayyorlash uchun dori moddalari suzilgan va 
sovutilgan damlama va qaynatmalarda eritiladi va yana bir bor suziladi. Dori moddalarning 
konsentrlangan eritmalarini ishlatilishi bu hollarda ruxsat etilmaydi. SHarbatlar, xushbo‘y suvlar, 
spirtli ajratmalar, suyuq ekstraktlar tayyor damlama va qaynatmalarga hajm bo‘yicha oxirida 
qo‘shiladi. Agarda ekstrakt-konsentratlar ishlatilsa, dori moddalarning konsentrlangan eritmalari 
ishlatilishi mumkin.
Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 0,1—150,0
Natrii hydrocarbonatis
Natrii benzoatis 1,0
Liquoris Ammonii anisatis 1 ml
Sirupi Althaeae 20,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Suzilgan va sovutilgan tayyor qaynatmada natriy gidrokarbonat va natriy benzoat tuzlari
eritilib, filtrlanadi. So‘ng gulxayri sharbati va oxirida novshadil arpabodiyon tomchisi qo‘shiladi.
Rp.: Infusi herbae Adonidis vernalis 6,0—150,0
Natrii bromidi 2,0
Codeini phosphatis 0,2
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin
Bu miksturani tayyorlashda adonis damlamasini 2 qismga ajratiladi, 1-sida natriy bromid 
2-sida kodein fosfat eritiladi.
Tayyorlangan eritmalar shundan keyingina bir-biriga qo‘shiladi, aks holatda erimaydigan 
kodein bromid hosil bo‘lib cho‘kmaga tushishi mumkin.
Rp.: Decocti rad. Polygalae tenuifoliae ex 10,0—
200,0 Elexiris pectoralis 5,0
Natrii hydrocarbonatis 3,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Saponinlarning ko‘p miqdor ajralib chiqishini ta‘minlash uchun qaynatma tayyorlash 
jarayonida 1 gr natriy gidrokarbonat qo‘shiladi, qolgan miqdor esa tayyor bo‘lgandan keyingina
eritiladi. Oxirida ko‘krak eliksiri qo‘shiladi.
Rp.: Decocti rad. Rhei 5,0—180,0
Magnesii sulfatis 5,0
Ol. Menthae piperitae qtt. III


Sirupi Simplicis 15,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Tayyor bo‘lgan qaynatmada magniy sulfat eritiladi va unga sharbat, yalpiz moyi 
aralashmasi qo‘shiladi.
Rp.: Decocti corticis quercus 10,0—15,0
Aluminis 2,0.
Glycerini 15,0.
M.D.S. ogizni chayish uchun.
Suzilgan va sovitilgan qaynatmaga glitserin eritmasi aralashtiriladi hamda suvda eritilgan 
achchiqtosh tolkoni qo‘shiladi. Achchiqtoshni oldin qo‘shish oshlovchi moddalarning 
cho‘kmaga tushishiga sabab bo‘ladi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling