Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti
Download 0.68 Mb.
|
piridin-3 kurs ishi farm kimyo cc2d3bb61ab8f54ef01f1e46c748e79f
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va ahamiyati
- Piridin-3-karbon kislota hosilalari
- Nikotin kislotasi
- 1.2 Piridin-3-karbon (nikotin) kislota hosilalari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI MAVZU: Piridin-3 karbon kislota gurux preparatlari taxlili Bajardi: Nasriddinov.M Tekshirdi: Xusainova.R Toshkent-2020 Mavzu: Piridin-3 karbon kislota gurux preparatlari taxlili Reja: Kirish Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va ahamiyati Piridin-3 karbobon(nikotin) kislota xosilalari Adabiyotlar sharhi Piridin-3-кarbon guruh dori moddalar tasnifi. Piridin-3-кarbon guruh dori moddalar tahlili. Piridin 3-karbon kislota hosilalari tahlili Amaliy qism Nikotin kislotaning miqdorini aniqlash 2 Piridin-3 karbon kislatasining ishlatilishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Mundarija Kirish Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va ahamiyati Piridin tarkibida azot atomi saklovchi olti a’zoli geterotsiklik halka bo‘lib, ko‘pchilik tabiiy va sintetik preparatlar asosini tashkil qiladi. Piridin o‘ziga xos ko‘lansa hidli, rangsiz suyuqlik bo‘lib, 115°S haroratda qaynaydi. Uning solishtirma zichligi 0,982 ga teng. Piridin uchlamchi amin qator birikmalariga kirib, unda kuchsiz asos xossa mavjudi. Piridin sof holda organizmga toksik ta’sir ko‘rsatadi. Ammo uning xilma-xil birikmalari tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Piridinning tibbiyotda qo‘llanadigan hosilalarini kimyoviy tuzilishlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: Piridin-3-karbon kislota hosilalari Bu guruh dori moddalarini piridin-3-karbon yoki nikotin kislota va uning turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladigan hosilalaridan nikotinamid, nikotin kislota dietilamidi, nikodin va nikotinamidning temir va kobalt bilan bo‘lgan kompleks tuzlaridan feramid hamda koamidlar tashkil qiladi. Ular turli farmakologik ta’sirga ega. Masalan, nikotin kislota va nikotinamid kuchli RR vitamin ta’sirga ega bo‘lsa, nikotin kislotaning dietilamidi markaziy nerv sistemasini ko‘zg‘atuvchi va yurak ish faoliyatini kuchaytiruvchi ta’sirga, oksimetilamid nikotin kislota yoki nikodin esa o‘t haydash va bakteritsid ta’sirga ega. Feramid va koamid preparatlari kamqonlikda qo‘llanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, nikotin kislotaning karboksil guruhidagi gidroksil o‘rniga kiritilgan o‘zgarish ham, ular ta’sirini boshqa tomonga yo‘naltiradi. Davlat farmakopeyasiga piridin-3-karbon kislota guruh preparatlardan nikotin kislota, nikotinamid, dietilamid nikotin kislota va nikodinlar kiritilgan Nikotin kislotasi, piridin 3-karbon kislota — suvda oz eriydigan rangsiz kristall. V vitamin guruhiga mansub, suyuqlanish temperaturasi 236—237°. Organizmda keng tarqalgan. Sut, baliq, sabzavotlar-mevalar, achitqi, bugʻdoy kepagi, goʻsht, ayniqsa, jigar va buy- rakda koʻp. Nikotin kislotasi amidi — nikotinamid (qarang Vitaminlar) kofermentlar — nikotinami-dadenindinukleotid (NAD) va nikotinamid-adenindinukleotidfosfat (NADF) tarkibiga kiradi. Nikotin kislotasi ning organizmdagi ahamiyati meʼda-ichak yoʻllari epidermasi va epiteliysini hamda nerv sistemasi funksiyasini normal holatda tutib turishdan iborat. Kishining Nikotin kislotasiga boʻlgan bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji 20–30 mg . Nikotin kislotasi yetishmasa, pellagra kelib chiqadi. Nikotin kislotasi pellagradan tashkari, meʼda-ichak kasalliklari, ateroskleroz va boshqa kasalliklarni davolashda ham ishlatiladi. Sanoatda nikotinni oksidlab olinadi. 1.2 Piridin-3-karbon (nikotin) kislota hosilalari
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling