Saqlash vazirligi


Nutq tozaligini tekshirish


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

Nutq tozaligini tekshirish: 


Tovushlarni talaffuz qilishda nuqsonlar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Bolaga 
ovozini chiqarib rasmdagi predmetlarni sanash taklif qilinadi. 
Og‘zaki-assosiativ eksperement: 
Bolaga 15 ta ta’sir qiluvchi so‘z taklif qilinadi, har bir so‘z qarshisiga bolaning 
javobini yozish zarur. Javoblar mos va noto‘g‘ri bo‘ladi. 
Motometrik sinama — «aylanani qirqib olish». Bolaga qalin qog‘ozdan qilingan 
kartochka beriladi, u qog‘ozda bir-birga taqab 7 aylana chizilgan. Bola o‘rtadagi 
yo‘g‘on chiziq bo‘yicha doirani qirqib olish kerak.
8. Bolalar o‘sishini ko‘rsatuvchi 
egri chiziqlar 
Bolaning jismoniy rivojlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish uchun bolaning 
jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlarini izchil ravishda bir necha marta o‘lchash va 
ularni ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkazish hamda ularni aholining etalon guruhlariga 
mos chiqarilgan jismoniy rivojlanishini ko‘rsatuvchi egri chiziqlarga ko‘chirish zarur. 
Grafik va egri chiziqlarni tuzishda vertikal bo‘yicha bolaning tana vazni, bo‘y, boshi 
aylanasi ko‘rsatkichlari, gorizontal bo‘yicha — uning yoshi belgilab chiqiladi.
Alohida ntropometrik o‘lchovlar (masalan, tana vazni yoki bo‘y) bolaning o‘sishi 
va rivojlanishni baholashda chegaralangan ahamiyatga egaligi sababli, ushbu yoshga 
mos tana vazni, ushbu yoshga mos gavda uzunligi va Ushbu uzunlikka mos keladigan 
tana vazni kabi ko‘rsatkichlarni hisobga olish va tegishli egri chiziqlar tuzish zarur. 
O‘sish grafiklari pediatrning diagnostik arsenalidagi muhim vosita hisoblanadi. 
Grafiklar bolaning fiziologik o‘sishi va rivojlanishi talablariga mos ravishda 
erishilgan bosqichni aniqlashda yordam beradi. O‘sishning mosligini sharhlash ko‘p 
jihatdan foydalanilgan etalon ma’lumotlarga bog‘liq va ushbu etalon fiziologik 
o‘sishni noadekvat aks ettirsa, xato hisoblanadi.


MIER/ JSST — 2006 natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan jismoniy rivojlanish 
standartlari va egri chiziqlarini keltiramiz. [34]. Standartlar o‘g‘il bolalar va qizlar 
uchun alohida belgilangan, chunki o‘sish modellari jiddiy ravishda jinsga bog‘liq 
bo‘ladi.
Har bir grafikda 5 ta egri chiziqlar chizilgan, bularning barchasi bolaning jismoniy 
rivojlanishini baholashda ahamiyatga ega, biroq muhim ahamiyatga egasi, ya’ni 
tegishli choralar qabul qilish zarur bo‘lganlari — 0 mediana, standart chetga 
og‘ishlarning (SChO) — 2 va + 2 egri chiziqlar hisoblanadi.
Gavda uzunligi/bo‘y va tana vazni yoshiga nisbatan — 2SChO va + 2SChO 
atrofida bo‘lgan bolalarga jisomniy rivojlanishi normal ko‘rsatkichlariga ega bolalar 
sifatida qaraladi. — 2SChO dan past va — 3SChO gacha bo‘lgan qiymatlar past va 
yuqori hisoblanadi, hamda ozib ketish va semirishni oldini olish uchun tegishli 
choralar qabul qilish va e’tiborni talab etadi. = 3SChO egri chizig‘idan past va + 
3SChO egri chizig‘idan yuqori ko‘rsatkichlar «anomal» hisoblanadi.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling