Saqlash vazirligi


Vazn-yosh va vazn-bo‘y uzunligi nisbatlari


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

 Vazn-yosh va vazn-bo‘y uzunligi nisbatlari 
buzilishi sababalari
· Alimentar omil — noto‘g‘ri ovqatlanish — o‘tkir ochlik; 
· og‘ir kasalliklar (o‘tkir va surunkali somatik va infeksion kasalliklar), emosional 
va ijtimoiy omillar.


Bolalarni maxsus parvarishlash va sinchkov kuzatishni 
yuzaga keltiruvchi xavf omillari: 
· Onaning vazni 43,5 kg dan kam bo‘lishi. 
· ko‘p tuqqan ona (7 martadan ko‘p). 
· ota-onalarning ajralishganligi yoki ulardan birinchi vafot etganligi.
· oldingi farzandlardan kamida 4 tasining 1 oylikdan 12 oylikkacha bo‘lgan yoshda 
nobud bo‘lishi. 
· tug‘ilganda tana vaznining 2400,0 g dan kam bo‘lishi. 
· egizak yoki uchta egiz tug‘ilishi. 
· dastlabki 3 oy davomida 500 g dan kam yoki keyingi 3 oy davomida 250 g dan 
kam vazn qo‘yilishi. 
· ko‘krak sutining yo‘qligi. 
· 1 yoshdagi bolalarda qaytalangan diareya, qizamiq yoki ko‘kyo‘tal kabi 
kasalliklarning mavjudligi. 
Muammoni hal etish yo‘llari. Ovqatlantirishni 
korreksiyalash 
· Bolalarni dastlabki 6 oyda faqat ko‘krak suti bilan boqish.
· Bolalarni dastlabki 2 yilda ko‘krak suti bilan boqish 
Bunga erishish uchun hayol sog‘lig‘ini himoya qilish bilan birga homilador va 
emizikli ayollarning to‘g‘ri ovqatlanishi va dam olishini ta’minlash zarur.
· 6 oylikdan katta bolalarga o‘z vaqtida bolaning ehtiyojini ta’minlovchi adekvat 
qo‘shimcha ovqat berish.
Bolalarda infeksion kasalliklar profilaktikasini (Vitamin «A» va boshqa 
mikronutriyentlar tanqisligini oldini olish va bartaraf etish) o‘tkazish. 


Bolalardagi somatik va infeksion kasalliklarni 
adekvat davolash 
Ushbu yosh uchun bo‘y uzunligi 
Ilk yoshdagi bolalar ovqatlanishi holatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘y 
o‘sishining tutilishi (ushbu yosh uchun past bo‘ylilik) hisoblanadi. Bo‘y o‘sishining 
tutilishi suyak tizimi rivojlanishining sekinlashuvi natijasi sanaladi. Umuman olganda 
o‘sishning tutilishi surunkali jarayonni aks ettiradi va surunkali to‘ymaslik 
ko‘rsatkichi sifatida ishlatiladi. O‘sishning tutilishi ko‘pincha qisqa vaqt ichida 
yuzaga keladi — tug‘ilishdan keyingi bir necha oydan boshlab taxminan 2 yoshgacha. 
Bu qo‘shimcha ovqat berishning boshlanishiga to‘g‘ri keladi.
Sabablari 
· Vaqtidan oldin tug‘ilish va ona qornida rivojlanishining tutilishi;
· qoniqarsiz ovqatlanish (qo‘shimcha ovqatning kech qo‘shilishi, sutkalik ratsionda 
oqsil, yog‘, vitaminlar, hususan A vitamini, temir moddasining kam bo‘lishi); 
· infeksiyalar (ko‘pincha qoniqarsiz sanitariya sharoitlari sababli kelib chiqadigan); 
· tizimli kasalliklar
· ona va emizikli bola o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikning yomonligi va bolani 
parvarishlash uslublari va prinsiplarining noto‘g‘riligi; 
· endokrin sabablar (o‘sish yoki qalqonsimon bez gormonining etishmasligi); 
· irsiy sabablar: oilaviy (irsiy) past bo‘ylilik, konstitusion past bo‘ylilik, xromosom 
anomaliyalar; 
Irsiy past bo‘ylilik va konstitusion past bo‘ylilik — norma variantlari.



Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling