- Kompyuter tarmog‘idan foydalanish bosqichlarida tizimdagi axborotlarning butunligi va ulardan foydalanish huquqi quyidagilar orqali ta’minlanadi: – kompyuter tizimlarida mavjud axborotlarning butunligi; – kompyuter tizimlarining rad etishga barqarorligini oshirish; – tizimning qayta yuklanishi va «osilib qolishi»ni bartaraf etish; – axborot zaxiralarini yaratish; – qat’iy belgilangan dasturlar majmuidan foydalanish; – texnik xizmat ko‘rsatish va kam-ko‘stini to‘ldirish jarayonlarining o‘ziga xos tartibiga rioya qilish; – antivirus tadbirlari kompleksini o‘tkazish.
Axborotlar zaxirasini yaratish strategiyasi - Axborotlar zaxirasini yaratish strategiyasi axborotning muhimligini, kompyuter tizimlarining uzluksiz ishlashiga bo‘lgan talablarni, ma’lumotlarni tiklashdagi qiyinchiliklarni hisobga olgan holda tanlanadi. Himoyalangan kompyuter tizimlarida faqatgina ruxsat etilgan dasturiy ta’minotdan foydalanilishi lozim. Foydalanishiga rasman ruxsat etilgan dasturlarning ro‘yxati, ularning butunligini nazorat qilishning usullari va davriyligi kompyuter tizimlarini ekspluatatsiya qilinishidan oldin aniqlanishi kerak. Dasturlar butunligini nazorat qilishning sodda usullaridan biri nazorat yig‘indilari usuli hisoblanadi. Nazorat yig‘indisi – ma’lumotlar blokining oxiriga yoziladigan bitlar ketma-ketligi. Nazoratdagi faylga kiritilgan o‘zgartirishni, nazorat yig‘indini tuzatib qo‘yish bilan, berkitishni istisno qilish maqsadida nazorat yig‘indini shifrlangan holda saqlash yoki nazorat yig‘indini hisoblashning maxfiy algoritmidan foydalanish zarur.
Testlash - Dasturiy ta’minotni foydalanishga qo’yishdan oldin dastur nuqsonlarini topish va ularni to’g’irlashga mo’ljallangan dasturlarni ko’rsatishga mo’ljallangan.
- Testlash jarayonida ikkita alohida maqsadlar mavjud: 1. Ishlab chiqaruvchi va buyurtmachiga ularning dasturiy ta’minoti talablari bajarilayotganini namoyish etish. Buyurtma qilingan dasturiy ta’minot uchun hujjatdagi talablarning har biri uchun kamida bitta testlash bo’lishi lozim. Umumiy dasturiy ta’minot mahsulotlari uchun esa, tizimning shuningdek, tayyor mahsulotda ishlatiladigan funksiyalar aralashmasi uchun testlashlar bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |