Saralash haqida. Saralash usullari va ularning turlari. Bubble Sort saralash algoritmi va uning dasturi


Bubble Sort saralash algoritmi va uning dasturi


Download 247.31 Kb.
bet7/9
Sana28.12.2022
Hajmi247.31 Kb.
#1023174
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
islom bek

3. Bubble Sort saralash algoritmi va uning dasturi.
Bubble sort saralash algoritmi qanday usulda saralash? Ushbu so`z pufakcha usulida saralash degan ma’noni anglatadi. Bu saralash usulida massiv elementlarining ikki qo`shni elementlari taqqoslanadi va agarda noto`g`ri joylashgan bo`lsa ularnung o`rinlari almashtiriladi. Umumiy n-1 marta ushbu jarayon bajariladi. Har safar ikkita qo`shni element taqqoslanadi. Yuqoridagi jarayonda har bir element o`z o`rniga siljib boradi xuddi suvdagi pufakchaga o`xshab. Shu sababli ham uning nomi pufakcha usulida saralash deb nomlanadi. Bu algoritmning asosiy g‘oyasini yozish uchun tartiblanishi kerak bo‘lgan yozuvlar vertikal joylashgan massivda saqlanadi deb faraz qilamiz. Kalit maydonning kichik qiymatli yozuvlari «yengil» va shuning uchun pufakcha kabi ular yuqoriga «suzib chiqadi». Massiv bo‘ylab birinchi o‘tishda massivning birinchi yozuvi olinadi va uning kaliti navbatma-navbat keyingi yozuvlarning kalitlari bilan solishtirib boriladi. Agar nisbatan «og‘ir» kalitli yozuvlar uchrasa, u holda bu yozuvlar joyini almashtiradi. Nisbatan «yengil» yozuvlar uchraganda bu yozuv taqqoslash uchun etolon bo‘ladi va keyingi barcha yozuvlar shu kalit bilan solishtiriladi. Natijada eng kichik qiymatli kalit massivning eng yuqorisiga chiqadi. Massiv bo‘ylab ikkinchi o‘tishda massivning massivni birinchi o‘tishda topilgan yozuvdan keyin joylashgan og‘irligi bo‘yicha ikkinchi kalit olinadi. Massiv bo‘ylab ikkinchi va keyingi o‘tishlarda oldingi o‘tishlarda topilgan yozuvlarni ko‘rib chiqish shart emas, chunki ular qolgan yozuvlarga qaraganda kichik kalitlarga ega.
Quyida Bubble sort algoritmining c++ tilidagi dasturini keltiramiz:
#include
using namespace std;
int main(){ int a[100], i, j, n, t;
cin>>n;
for(i=0; icin>>a[i];
for(i=n; i>=1; i--)
{ for(j=0; jif(a[j]>a[j+1])
{ t=a[j]; a[j]=a[j+1]; a[j+1]=t; } }
for(i=0; icout<return 0; }
Dastur natijasi quyidagicha:

III. XULOSA.
Xulosa qilib aytish mumkunkey Bubble sort saralash algoretmini boshqa saralash algoretmlarga qaraganda bizga kerakligi qulayligi tez va oson saralashni bajara olishida katta yordam beradi. Bu saralash algaritmlari yordamida kupgina masalalarni yechishda yordam beradi. Bu masalalarni yechishda har xil saralash algaritmlardan faydalanishimiz mumkin. Lekin ularni qullash uchun masalamizning berilishi ham katta rol uynaydi.
Tartiblash orqali kuplab masalalarni hal qilsa buladi, katta-katta masalalarni oddiy va sodda qilib ishlab chiqsa bo’lar ekan. Bu kur ishi orqali saralash usullarning qanchali qiziqarli va samarali mavzu ekanini bildim. Bundan tashqari juda ko’p yangi usullar orqali tartiblash yoki max va min qiymatlarni toppish massivlar ustida turli xil qiziqarli masalalarni hal qilish va shu kabi misollarni tez bajara olish imkoniyatini berishini anglab yetdim.


Download 247.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling