Saralash mashinalarning o‘ziga xos turlari 2 nazariy qism 5
Download 0.77 Mb.
|
shukurullo kurs ishi
NAZARIY QISMSaralash mashinalarining asosiy turlari va ko’rsatkichlari Saralash bosqichlarining umumiy tavfsifi. Xozirgi vaqtda mineral o‘g‘it ishlab chiqarish korxonalarida turli xil maxsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Maxsulotlarni eksport bob ishlatish uchun qulay xolatga keltirish uchun bir muncha texnologik mashinalardan foydalaniladi. Tayyor maxsulotni fraksiyalarga ajratish maxsulotning tan narxiga bir muncha ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Bu jarayoni bog‘lab turuvchi mashanalar xam mavjud bo‘lib, bunday mashinalar saralash g‘alvirlari deb ataladi. Birinchi maydalash mashinasida maydalangan maxsulot saralash mashinasida fraksiyalarga ajratiladi.Fraksiyalar 3-10, 10-20, 20-40, 40-70, 70-150mm gacha ajraladi. Saralash jarayoni sanoatning ko‘p tarmoklarida keng qullaniladi. Tog‘ jinslarining va maydalangan materiallarning ulchamlari bir xilda bo‘lishi qiyin , shu sababdan saralanadi. Materiallar tarkibidagi sifatini buzuvchi jismlar chiqarib tashlanadi. Materiallarni saralash mashinalari quyidagi usullar buyicha ishlaydi : Mexanik usul. Gidravlik usul Xavo yordamida (aerodinamik usul) Materiallarni saralashning eng ko‘p tarqalgan usuli mexanik usuldir. Bu usulda asosan elaklardan foydalaniladi. Elakka kelayotgan turli o‘lchamdagi aralashma berilgan material deyiladi. Berilgan material donalari elak teshiklari diametridan katta bo‘lsa elak yuzasi ustida qoladi va «elak usti sinfi» deyiladi (+ ishorasi bilan belgilanadi). Elakdan o‘tgan material «elak osti sinfi» deyiladi (– ishorasi bilan belgilanadi). Masalan , 40 mm teshikli elakdan o‘tmagan material +40, o‘tgani esa –40 bo‘ladi. Agar material n - ta elak yuzasidan o‘tayotgan bo‘lsa n+1 sinfga bo‘linadi. Saralash mashinalarning material to‘qiluvchi yuzalari kolosnikli panjara yoki setka ko‘rinishida bo‘ladi va gorizontal tekislikka nisbatan parallel yoki qiya xolatda bo‘ladi. Elakning materialni saralash yuzasi xarakatlanish turiga ko‘ra aylana , ellips va to‘ri chiziq shaklida bo‘ladi. Qiya, yani gorizontal tekislikka nisbatan burchak ostida o‘rnatilgan saralash mashinalarida shu uch xil ko‘rinishidagi traektoriya mavjud. Gorizontal xolatdagi saralash mashinalarida to‘ri chiziqli xarakatda bo‘ladi. Saralovchi yuzaning titrash tezligi shunday tanlanadi-ki, material yuzadan ko‘chsin. Materialini qayta ishlashda quyidagi ko‘rinishdagi saralash ishlari olib boriladi. Dastlabki - bunda berilgan tog‘ jisnlari maydalanishi kerak bo‘lgan hamda maydalash talab qilinmaydigan sinflarga ajratiladi. Oraliq saralash - keyingi bosqichda maydalanishi talab qilinmaydigan sinflarga ajratiladi. Nazoratli saralash - maydalash jarayonning oxirgi bosqichida qo‘llanilib, o‘lchamlar nazorat qilinadi va katta o‘lchamdagi toshlar qayta maydalash uchun yuboriladi. Oxirgi saralash - maydalangan toshlar tovar donalariga saralanadi. Materiallarni saralashning xo‘l va quruq usullari mavjud. Xo‘l usulda saralashda material ustiga suv sepiladi. Bu usuldan o‘ta nam materiallarni hamda tarkibida tuproq bo‘lgan materiallarni saralashda foydalaniladi. Bu usulda material na faqat saralanadi , balki yuviladi ham. Saralash jarayoni asosiy ikkita ko‘rsatkichi bilan xarakterlanadi : Ish unumdorligi. Samaradorligi. Samaradorlik saralash jarayonining sifatini xarakterlaydi. Sifat saralangan toshning tarkibidagi o‘lchamlarining bir xilligini xarakterlaydi. Samaradorlik quyidagi tenglama yerdamida topiladi: E [c d (100c)]100 / c ; bu yerda S - elakka kelayotgan umumiy tog‘ jinslarning elak ostki sinfini foizli miqdori ; d=(A - A1)/A1 - elak ostki sinfining saralash jarayonida elakning ustki qismida qolgan ulushi. A - elak usti materialining tekshirilgan massasi. A1 - elak usti materialining laboratoriya elagida tekshirilgan massasi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling