Saralash mashinalarning o‘ziga xos turlari 2 nazariy qism 5
Download 0.77 Mb.
|
shukurullo kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish.
MUNDARIJAKirish. 2 Saralash mashinalarning o‘ziga xos turlari 2 NAZARIY QISM 5 Saralash mashinalarining asosiy turlari va ko’rsatkichlari 5 Mashinalarning turlari va asosiy ko‘rsatkichlari 8 Saralash mashinalarining asosiy kamchiliklari 13 Mineral o‘g‘itlarni saralash jarayonini tadqiq qilish 13 Saralash jarayonini yaxshi xosil qilish uchun elak tanlash. 15 Mexanik usul 15 Xavo yordamida (aerodinamik usul) 15 Mashinalarning turlari va asosiy ko‘rsatkichlari 17 9-rasm. Elaklarning asosiy kinematik sxemalari 17 HISOBIY QISM 18 G‘alvir mashinani xisobi. 18 5.1 Dastlabki saralash mashinaning xisobi. 18 I-bosqich maydalagichdan keyingi g’alvir mashinani xisobi. 19 II-Bosqich maydalagichdan keyingi g‘alvir mashinaning xisobi. 20 Oxirgi groxot xisobi 22 TAJRIBAVIY QISM 23 G’alvirni mustahkamlikka va unumdorlikka hisoblash 23 G‘alvirga tushayotgan dinamik og‘irliklar xisobi. 25 Elektromotor quvvati xisobi. 26 Mustahkamlik hisobi. 26 XULOSA 28 Adabiyotlar ro‘yxati 29 Kirish.Saralash mashinalarning o‘ziga xos turlariDonadorlikka ega bo‘lgan materiallarni yirikligi bo‘yicha turlaga ajratish jarayoniga saralash deyiladi. Saralash mexanik, gidravlik usul bilan hamda havo va magnityordamida amalga oshiriladi. Bular ichida eng ko‘p tarqalgan mexanik usul bo‘lib, bunda material dastlab maydalanadi va g‘alvirlar yordamida saralanadi. Material yoyiladigan yuza elakning asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi. U elak ko‘rinishida bo‘lib, metaldan payvandlash yoki shtaplash yordamida to‘rsimon qilib tayyorlanadi. Saralaning dastlabki, oraliq va so‘nggi (tayyor mahsulot olish) bosqichlari mavjud. Dastlabki saralash bosqichi materialni maydalashdan oldin bajariladi. Oraliq saralashda dastlabki maydalangan materialdan yiriklari ajratib olinadi. So‘nggi saralashda esa maydalangan material standart talblari bo‘yicha fraksiyalarga ajratiladi. Maydalangan materialning yirikligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratish uch qavatli elak yordamida ma’lum takroriylik va amplitudada tebratish bilan amalga oshiriladi. G‘alvirlarni bir tekislikda yoki qavat-qavat qilib o‘rnatish mumkin.(1-rasm). G‘alvirlar bir tekislikka o‘rnatilsa, dastlabki saralash mayda fraksiyalardan boshlanib, yiriklarda tugaydi (2-rasm). Qavat-qavat qilib o‘rnatilganda esa (1- rasm, b) jarayon aksincha davom etadi. Materialni qavat-qavat qilib saralashda saralash sifati yaxshilanadi va g‘alvirlarning yoyilishi kamayadi. Lekin jarayonni nazorat qilish qiyinlashadi. Yuqoridagi ikki jarayonni birgalikda bajarishga ikon beruvchi saralash usuli eng ko‘p tarqalgandir(1-rasm). G‘alvirdan o‘tayotgan material yirikligi bo‘yicha ajralib, g‘alvir teshiklaridan o‘tmaganlari yuqori sinfni va g‘alvir teshiklaridan o‘tganlari esa quyi sinfni tashkil qiladi. Har bir quyi sinf materiali undan pastki g‘alvir uchun dastlabki material bo‘lib hisoblanadi. 1–rasm. Elaklarni joylashish sxemasi a – maydadan kattaga; b – kattadan maydaga; v – birgalikda. Materialni g‘alvir bo‘ylab harakatida qalvir teshiklaridan kichik bo‘lgan hamma materiallar pastga tushmasligi mumkin. Natijada yuqori sinf quyi sinf qoldiqlari bilan ifloslangan bo‘ladi. G‘alvirdan o‘tgan material vaznining dastlabki material tarkibidalagi aynan shu o‘lchamdagi material vazniga nisbati (foizlarda) g‘alvirlashning samaradorligi deyiladi. G‘alvirlash amaradorligining etalon ko‘rsatkichlari material va g‘alvir turlariga bog‘liq holda 86...91% atrofida belgilangan. G‘alvirlar turi va yuritmasiga ko‘ra qo‘zg‘almas kolosnikli, aylanuvchi barabanli, eksentrik va inersion titrovchi g‘alvirlarga bo‘linadi. Qo‘zg‘almas g‘alvirlar. Bunday g‘alvirlar katta zarbalarga qarshilik ko‘rsata oladigan, yeyilishga chidamli bo‘lgan po‘lat kolosnikli to‘rlardan iborat. Ular dastlabki g‘alvirlash uchun qo‘llaniladi. Barabanli g‘alvirlar. Ular 5...70 qiya joylashgan, turli o‘lchamdagi teshiklarga ega bo‘lgan seksiyalardan tuzilgan aylanuvchi barabanga ega. Uch seksiyali barabanda to‘tr fraksiyada chaqiq tosh olish mumkin. Bunday g‘alvir barabanlari deametri 600...1000 mm, uzunligi esa 3...3,5 m bo‘ladi. G‘alvirning aylanish takroriyligi uning deametriga bog‘liq bo‘lib, 15...20 min-1 ga teng. Katta takroriylikda g‘alvirlash to‘xtatiladi. Dvigatel quvvati 1,7...4,5 kVt ga tkng bo‘lganda ularning ish unumdorligi 10..45 m- 3/soatni tashkil qiladi. Ekssentrik g‘alvirlar (2-rasm, a) 15...250 li burchakda qiya joylashgan 6 va 8 elaklari bo‘lgan quti 1 dan iborat. U prujina 2 ga tayanuvch i debalansli 5 ekusetrik yuritma va 7 ning bo‘yinchalariga sharnirlar orqali osilgan. Valga harakat elektrodvigatel 3 dan ponasimon tasma 4 orqali uzatiladi. Quti bundan o‘rnatilganda ekssentrik valning bir aylanishida material ikki marta tebranadi. Ekssetrik g‘alvirlar o‘lchamlari 1500 3750 mm bo‘lgan ikkita elakdan tayyorlanib, ularni tebranish amplitudasi 3...4,5 mm va tebranishlar takroriyligi 800...1400 min-1 ga teng. Inersion tebranuvchi g‘alvirlar. Ular inersion qiya (10...250 burchak ostida) inersion tekis (gorizontal) turlarga bo‘linadi. Inersion qiya tebranuvchi g‘alvirlar ikkita podshipnikka tayangan debalansli val 6 dan iborat uzatma mexanizmiga ega. Podshipniklar quti 1 devoriga o‘rnatilgan. Quti 7 va 8 elaklar bilan prujina 2 orqali asosga tayanadi. Tebranishlar aylanma, elliptik yoki to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi mumkin. 2-rasm. Tekis g‘alvirlar sxemasi a-ekssentrik; b-qiya inersiyali; v,g- gorizontal inersiyali. 1-quti; 2-prujina; 3-elektrodvigatel; 4-yuritma; 5- debalans; 6-val; 7-elak; 8-elak; 9-titrashni qo‘zg‘atuvchi qurilma. Elovchi yuza o‘lchamlari 1750 1450 mm bo‘lib, titragich valning aylanishlar takroriyligi 800 min-1, tebranishlar amplitudasi esa 3,7...4,5 mm. Eng samarali saralash yo‘naltirilgan harakatli titragichlarda bo‘ladi. (3-rasm, v, g). Inersion gorizontal titrovchi g‘alvirda titrashni qo‘zg‘atuvchi qurilma 9 mavjud. Bu qurilma parallel joylashgan turli tomonlarga aylanuvchi debalansli vallardan iborat. Bunday g‘alvirlarni elovchi yuzasi 1250 3000 mm bo‘lib, tebranishlar chastotasi minutiga 500...700, tebranishlar amplitudasi 8..12 mm, yuritma elektrodvigatel quvvati esa 5,5 kVt. G‘alvirlarning texnik ish unumdorligi (m3/soat) quyidagicha aniqlanadi: 3600bhVkm , m Bu yerda: b-g‘alvirning eni, m; h-saralanuvchi material qalinligi; v=0,05…0,25 m/s –tarnovdagi material tezligi; kyu=0,4…0,5-materialning yumshoqlik koeffitsenti; Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling