Saralash mashinalarning o‘ziga xos turlari 2 nazariy qism 5
Mineral o‘g‘itlarni saralash jarayonini tadqiq qilish
Download 0.77 Mb.
|
shukurullo kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saralash jarayonini yaxshi xosil qilish uchun elak tanlash.
- Mashinalarning turlari va asosiy ko‘rsatkichlari
Mineral o‘g‘itlarni saralash jarayonini tadqiq qilish Hozirgi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda yerga solinadigan mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talab yildan-yilga oshib bormoqda. Bizga ma’lumki o‘simliklarni o‘sishida mineral o‘g‘itlardan fosfor, azot, kaliy singari o‘g‘itlar yaxshi samara beradi. Bu mineral o‘g‘itlarni yerga solishda o‘simliklar turiga qarab gektariga turli miqdorda solish talab etiladi. Bu o‘g‘itlarni har birini alohida-alohida o‘simliklarni o‘g‘itlashda ko‘p vaqt talab qiladi. Bu muammoni bartaraf qilish maqsadida ―Farg‘onaazot OAJda Murakkab mineral o‘g‘itlarni granulalovchi sex ishlamoqda. Murakkab mineral o‘g‘itni maydalash va saralash ishlaridagi ayrim kamchiliklar o‘g‘itning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu kamchiliklar mineral o‘g‘itni qishloq xo‘jaligida ishlatish va chet davlatlarga eksport qilish talablariga javob bermaydi.Adabiyotlar tahliliga e’tibor qaratadigan bo‘lsak rivojlangan davlatlardagi murakkab mineral o‘g‘it ishlab chiqarish zavodlarida ham o‘g‘it chiqarish jarayonida bir necha bosqichli texnologik mashinalardan foydalanib kelinmoqda. Joriy etilgan texnologik chiziqlar ham o‘g‘itning sifati va donadorlik tarkibini saqlab qolish imkoniyatiga ega emas. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda texnologik muammoni yechish uchun, o‘g‘itning sifati va donadorligini ta’minlovchi mashinalar ketma ketligini tadqiq qilish maqsadga muofiqdir. Texnologik jarayondagi kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida biz tomonimizdan saralash jarayonini sifatini oshirish uchun texnologik jarayonga o‘zgartirish kiritildi. 8-rasm. Murakkab mineral o‘g‘it ishlab chiqarish texnologik chizig‘i. Taklif etilayotgan texnologiya murakkab mineral o‘g‘itning sifati hamda donadorligini ta’minlovchi g‘alvir mashinasi elaklari o‘lchamlarini maqbul qiymatlarini topishga qaratilgan. Bunga ko‘ra maydalangan o‘g‘itni saralash ishlarida uch bosqichli SMD 40 markali g‘alvirdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ilmiy tadqiqot ishlarida elakning gorizontal tekislikka nisbatan og‘ish burchagi α aniqlandi. Uning qiymati α=270ni tashkil etadi. Saralash jarayonini yaxshi xosil qilish uchun elak tanlash. Saralash jarayoni sanoatning kup tarmoklarida keng qullaniladi. Tog‘ jinslarining va maydalangan materiallarning ulchamlari bir xilda bo‘lishi qiyin , shu sababdan saralanadi. Materiallar tarkibidagi sifatini buzuvchi jismlar chiqarib tashlanadi. Materiallarni saralash mashinalari quyidagi usullar buyicha ishlaydi : Mexanik usul Gidravlik usul Xavo yordamida (aerodinamik usul) Materiallarni saralashning eng ko‘p tarqalgan usuli mexanik usuldir. Bu usulda asosan elaklardan foydalaniladi. Elakka kelayotgan turli o‘lchamdagi aralashma berilgan material deyiladi. Berilgan material donalari elak teshiklari diametridan katta bo‘lsa elak yuzasi ustida qoladi va «elak usti sinfi» deyiladi (+ ishorasi bilan belgilanadi). Elakdan o‘tgan material «elak osti sinfi» deyiladi (– ishorasi bilan belgilanadi). Masalan , 40 mm teshikli elakdan o‘tmagan material +40, o‘tgani esa –40 bo‘ladi. Agar material n - ta elak yuzasidan o‘tayotgan bo‘lsa n+1 sinfga bo‘linadi. Saralash mashinalarning material to‘qiluvchi yuzalari kolosnikli panjara yoki setka ko‘rinishida bo‘ladi va gorizontal tekislikka nisbatan parallel yoki qiya xolatda bo‘ladi. Elakning materialni saralash yuzasi xarakatlanish turiga ko‘ra aylana , ellips va to‘ri chiziq shaklida bo‘ladi. Qiya, ya’ni gorizontal tekislikka nisbatan burchak ostida o‘rnatilgan saralash mashinalarida shu uch xil ko‘rinishidagi traektoriya mavjud. Gorizontal xolatdagi saralash mashinalarida to‘ri chiziqli xarakat bo‘ladi. Saralovchi yuzaning titrash tezligi shunday tanlanadi-ki, material yuzadan ko‘chsin. Materialini qayta ishlashda quyidagi ko‘rinishdagi saralash ishlari olib boriladi. Dastlabki – bunda berilgan to jisnlari maydalanishi kerak bo‘lgan hamda maydalash talab qilinmaydigan sinflarga ajratiladi. Oraliq saralash – keyingi bosqichda maydalanishi talab qilinmaydigan sinflarga ajratiladi. Nazoratli saralash – maydalash jarayonning oxirgi bosqichida qo‘llanilib, o‘lchamlar nazorat qilinadi va katta o‘lchamdagi toshlar qayta maydalash uchun yuboriladi. Oxirgi saralash – maydalangan toshlar tovar donalariga saralanadi. Materiallarni saralashning xo‘l va quruq usullari mavjud. Xo‘l usulda saralashda material ustiga suv sepiladi. Bu usuldan o‘ta kam materiallarni hamda tarkib ida tuproq bo‘lgan materiallarni saralashda foydalaniladi. Bu usulda material na faqat saralanadi , balki yuviladi ham. Saralash jarayoni asosiy ikkita ko‘rsatkichi bilan xarakterlanadi : Ish unumdorligi. Samaradorligi. Samaradorlik saralash jarayonining sifatini xarakterlaydi. Sifat saralangan toshning tarkibidagi o‘lchamlarining bir xilligini xarakterlaydi. Samaradorlik quyidagi tenglama yerdamida topiladi : E=[c-d (100c)]100 / c % 2.1 bu yerda: S – elakka kelayotgan umumiy to jinslarning elak ostki sinfini foizli miqdori; d=(A – A1)/A1 – elak ostki sinfining saralash jarayonida elakning ustki qismida qolgan ulushi. A – elak usti materialining tekshirilgan massasi. A1 – elak usti materialining laboratoriya elagida tekshirilgan massasi. Mashinalarning turlari va asosiy ko‘rsatkichlari Saralanayotgan materialning o‘lchami va zichligicha boliq ‘olda yengil, o‘rta va oir elaklarga bo‘linadi. Yengil elaklar ko‘mir sanoatida, o‘rta va oir elaklar qurilish materiallari sanoatida foydalaniladi. Ishlab chiqarishda eng ko‘p tarqalgan elaklardan burchak ostida ishlovchi inersion va gorizontal inersion elaklardir. Burchak ostida ishlovchi inersion elak aylana shaklida tebranadi, gorizontal inersion elak esa ilgarilama-qaytma yo‘nalishda tebranadi (9-rasm). 9-rasm. Elaklarning asosiy kinematik sxemalari a – aylana shaklida tebranuvchi ;b – ilgarilama – qaytma yo‘nalishida tebranuvchi. Elakning po‘lat tanasi list va kuvurlardan payvandlash yo‘li bilan tayyorlanadi. Tanaga 2 qator ustma-ust xolatda panjaralar o‘rnatiladi. Tananing o‘rta qismiga titratkich o‘rnatilgan bo‘lib, titratkich vali bir juft rolikli podshipniklarga o‘tiradi. Bu podshipniklar korpusga maxkamlangan. Val chang va zarblardan ximoyalanish uchun unga truba kiygizdirib qo‘yilgan. Valning ikki chekka qismiga simmetrik xolatda debalanslar o‘rnatilgan. Valni xarakatga keltirish uchun esa valning bir tomoniga shkiv ‘am o‘rnatilgan bo‘lib, tasma yordamida elektrmotordan xarakat oladi. Debalansning val bilan barga aylanishi natijasida markazdan qochma kuch xosil bo‘lib, aylana ko‘rinishdagi tebranma xarakat qiladi. Tebranish natijasida elak yuzasiga tushgan materiallar saralanadi. Elak tanasi prujinalar orqali fundamentga joylashtiriladi yoki prujinalar orqali tayanchga osib qo‘yiladi. Saralash jarayonini xosil qilish uchun foydalaniladigan elaklarning turlariga ko‘ra ularni xisoblari xam turlicha ko‘rinishda bo‘ladi. Bizni maqsadimiz azotli – fosforli o‘g‘itlarni saralash uchun mashina tanlangan. Bu mashinani texnologik jarayonga ko‘ra nazariy xisoblarni ko‘rib chiqamiz. Elakni xisoblashda asosiy e’tiborni ekssentrikli valning maqbul aylanishlar soni ish unumdorligi va sarflanayotgan quvvatga e’tibor qaratiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling