Sarf bu vaqt birligi ichida oqim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan moddaning
Download 41.74 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarfni oʻlchov usullari - Vikipediya
Sarfni oʻlchov usullari Sarf bu — vaqt birligi ichida oqim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan moddaning vazn yoki xajm miqdori. Sarfni oʻlchash tushunchasida ikki xil sarf farqini ajratib olish kerak: Xajmli sarf va vaznli sarf. Xajmli sarf oʻlchash usulida odatda suyuqliklar va gazlarning vaqti birligi ichida oʻtgan xajmi oʻlchanadi. Vaznli sarf oʻlchashda esa moddaning vaqt birligi ichida oʻtgan vazn miqdori oʻlchanadi. Oʻlchash usulini oʻzi xam ikki xil turga ega: birinchisida vaqt birligi ichida oʻtgan moddaning vazn midori yoki xajmi, yaʼni bu xolda sarf bevosita xajm yoki ogʻirlik birliklari bilan ifodalanadi; ikkinchi usulda joriy oqim tezligiga koʻra vaqt birligi ichida qancha miqdorda modda oʻtishi, yaʼni oniy (mgnovenniy) sarf oʻlchanadi. Sarfni 1. Doimiy perepadli (rotametr); 2. Oʻzgaruvchan perepadli (Diafragma); 3. tezlik xisoblagichlari; 4. Induksion sarf oʻlchagichlar; 5. Xajm oʻlchagichlar yordamida aniqlash mumkin. Sarfi oʻlchanayotgan moddaning agregat xolatiga koʻra, ushbu modda uchun faqat oʻziga xos boʻlgan xususiyatlari yuzasidan korreksiya xisobi yuritib boriladi. Chunki texnologik jarayon taqozo etadigan bosim va xaroratga bogʻliq xolda oʻlchangan sarf bilan standart qabul qilingan sharoitda oʻlchanadigan sarf qiymat koʻrsatikich bir biridan katta farq qiladi. Yaʼni texnologik jarayonlarda odatda yuqori xarorat va bosim ositdagi reaksiyalar natijasidan keyingi xolat sarfi oʻlchanishi mumkin, ammo xar bir modda uchun uning solishtirma zichligi, molekulyar massasi kabi xossalari faqat oʻziga xos va takrorlanmas boʻladi. Shuningdek xar modda uchun meʼyoriy xarorat va bosim xam aloxida xisoblanishi mumkin. Odatda gazlar xarorat oshgan sari xajmi ortib boradi. Bu xolatda xajmiy sarf oʻlchash jarayonida chalkashliklar kelib chiqishini oldini olish uchun shu gazning kimyoviy va fizik noyob xossalaridan kelib chiqib, uning sarf xisobini meʼyorlanadi. Yaʼni texnologik jarayondagi bosim va xaroratga koʻra oʻlchangan sarf, meʼyoriy sharoitdagi sarf xisobiga oʻgiriladi. Odatda gazlar uchun meʼyoriy sharoit deb bir atmosfera bosimi va 20 S xarorat qabul qilinadi. Bu sahifa oxirgi marta 26-Fevral 2013, 12:58 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). "https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Sarfni_o ʻlchov_usullari&old id=1214387" dan olindi Download 41.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling