Sarf o’lchash vositalari Modda sarfi


Elektr tutashuvli manometrlar


Download 0.63 Mb.
bet5/9
Sana24.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1052386
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
usmonova setora

Elektr tutashuvli manometrlar
Elektrkontakt (elektrtutashuvli) qo‘shimcha moslama 100 va 150 mm diametrli va aniqlik sinfi 1,5-li manometrlar yoki manovakuummetrlarga o‘rnatilishi mumkin.
Qo‘llash sohasi: issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, ventilyasiya, mashinasozlik.
Elektrkontaktli qo‘shimcha moslamali manometr, elektrkontaktli manometr yoki EKM deb ataladi, o‘lchanayotgan bosim kattaligiga nisbatan elektr zanjirlar kommutasiyasi uchun mo‘ljallangan.
EKM shunday ishlaydi: elektrkontaktli guruh va asbob strelkasi mexanik jihatdan bog‘liq va strelka o‘rnatma qiymati (bo‘sag‘a qiymati)dan o‘tganida elektr zanjirining tutashishi yoki uzilishi sodir bo‘ladi.

4-rasm. Elektrkontaktli manometr
1 – ko‘rsatuvchi strelka; 2, 3 – strelkalar; 4 – elektr kontaktlar;
5 – yetaklash tortqisi; 6 – elektr kontakt

Bosimlarni o‘lchash uchun deformasion asboblar

O‘lchash prinsipi
Bir o‘ramli trubkali prujinali asbobda o‘lchash prinsipini ko‘rib chiqamiz. Deformasiya sezgir elementining (SE) bo‘sh tomonini harakatlanishini manometr ko‘rsatgichiga uzatish uchun sektorli va richagli uzatma mexanizmlar ishlatiladi. Uzatma mexanizm yordamida trubkali prujinaning bo‘sh tomoni bir necha darajaga (gradusga) yoki millimetrga siljishi strelkaning 270-300° ga burchakli siljishiga aylanadi.

Prinsipial sxema





Naporomerlar, tyagomerlar va tyagonaporomerlarda egiluvchan sezgir element sifatida membrana qutisi ishlatiladi.
Membrana qutisi–bu egiluvchan yassi va gofrirovka qilingan shakli plastina yuzasi, perimetr bo‘yicha qattiq korpusda germetik mahkamlangan. Membrana diametri o‘nlab millimetrdan yuzlab millimetrgacha bo‘lishi mumkin va ichiga o‘rnatiladigan qurilma gabarit o‘lchamlari, belgilangan tyaga kuchi, markazning harakatlanish kattaligi, mahkamlik zaxirasi, metrologik ishonchligiga bog‘liq.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling