Sarf o’lchash vositalari Modda sarfi


Download 0.63 Mb.
bet1/9
Sana24.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1052386
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
usmonova setora


Sarf olchash vositalari
Modda sarfi deb vaqt birligida o‘tayotgan modda miqdorini shu vaqt birligiga nisbati tushiniladi.
Hajmiy va massaviy sarflar mavjud. Sarf o‘lcham birligi: m3/sek va kg/sek.
Ishlab chiqarishda quyidagi sarfni o‘lchash usullari qo‘llaniladi.
1) Bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar;
2) Sathi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar;
3) Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar;
4) Tezlik napori sarf o‘lchagichlari;
5) Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlar.

Bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar
Bu usul bo‘yicha sarfni o‘lchash, toraytirish qurilmasida, oqimning potensial energiyasini kinetik energiyaga aylanishi sababli sarf o‘zgarishiga proporsional ravishda bosimlar farqi hosil bo‘lishiga asoslangan.
O‘lchash texnikasida toraytirish qurilmasi sifatida normal diafragmalar va soplolar ishlatiladi.
Diafragma, d diametr tirqishli yupqa disk bo‘lib (rasm 5.1), u trubaga konsentrik ravishda o‘rnatilgan bo‘ladi.

Rasm 5.1. Bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar



Oqimning torayishi diafragmagacha boshlanib, so‘ngra, undan so‘ng ma’lum masofagacha inersi ya kuchi ta’sirida torayish davom etib, oqim eng kichik yuzagacha torayadi. Shundan so‘ng, oqim sekin trubaning to‘liq yuzasigacha kengayadi. Oqimning truba devorlari yaqinidagi bosimi diafragmadan oldin biroz ortadi va diafragmadan so‘ng oqimning eng toraygan joyida minimumgacha kamayadi. So‘ngra, oqim kengayib, truba devorlari yaqinidagi bosim ortib boradi, lekin u boshlang‘ich qiymatiga yetib bormaydi. Bosimning bir qismini yo‘qolishi (RP), energiyaning ishqalanish va uyurmalarni yengishga sarflanishi orqali tushuntiriladi. Bosimning truba o‘qidagi o‘zgarishi truba devorlari yonidagi qiymatiga mos keladi (diafragma zonasi bundan istisno). Toraytirish qurilmasida hosil bo‘layotgan bosimlar farqi R11-R12 trubadan o‘tayotgan modda sarfiga bog‘liq kattalik hisoblanadi.
Siqilmaydigan suyuqliklar uchun hajm va massa birligidagi sarf tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:
m3/s;
kg/s;
Bu yerda - sarf koeffisiyenti (s0, s1 ko‘ndalang kesimga va v, v1 tezliklarga bog‘liq);
S0 – diafragma tirqishi ko‘ndalang kesim yuzasi;
ρ – suyuqlik zichligi.
Sarf koeffisiyenti oqim kesim yuzasi bo‘yicha tezlikning suyuqlik qovushqoqligiga va uni truba devorlariga ishqalanishiga bog‘liqligi sababli bir
. Bundan tashqari, difmanometr qayerga o‘rnatilishiga qarab (trubadan pastdami yoki tepadami), gaz yig‘gichlar va tindirgich (otstoynik)lar ishlatiladi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling