Сариосиё туман 17-сонли
Download 40.45 Kb.
|
ustozlar bayrami
Sariosiyo tumanidagi 17-sonli umumta’lim maktab direktorining B U Y R U G‘ I “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining 2021 yildagi 1-oktabr « O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan joylarda o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i xamda tuman XTB ning 2021 yil sentyabrdagi buyrug‘ida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida B U YU R A M A N: 1-oktabr « O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha maktabdagi ikkinchi gurux tarkibi 1-ilovaga, chora tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ishchi gurux raisi O‘.G‘aniboevga - 1-oktabr “O‘qituvchilar va murabbiylar” kuni umumxalq bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish uni nishonlash ishlarini yuqori sifatda tashkil etish, chora tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni o‘z muddatlarida bajarilishini muvofiqlashtirish; - 1-xafta muddatda bayram o‘tadigan joyda “Bayramingiz muborak”, Aziz ustozlar !” nomli bayram tadbiri senariyasini ishlab chiqish; - Bayram tadbiri senariyasi mazmuniga Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ayniqsa ta’lim soxasida olib borilayotgan ishlarni keng yoritish. -yuqorida belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirish va bajarilgan ishlar to‘g‘risida joriy yilning 28-sentyabr kuni xolatiga xamda bayram tadbiri yakuni bo‘yicha 2-oktabr kuni tuman XTB ga axborot berish vazifalari yuklatilsin. 4. Maktabning KUK raisi O‘.Saitnazarovga; Bayram kunigacha maktabda ko‘p yillar mexnat qilgan faoliyati davomida aloxida mufaqiyatlarga erishgan nafaqadagi pedagog xodimlarni bayram tadbiriga taklif etish ularni qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarini kiritish. 5. Maktabning YOshlar ittfoqi Etakchisi O.Jabborovaga: -bir xafta muddatda 1-oktyabr “O‘qtuvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayramini nishonlash bo‘yicha maktabda “Bayramingiz muborak aziz ustozlar” mavzusida tadbir rejasini ishlab chiqish. 6. Maktabning CHYOT raxbari N.Abdullaevga: Bayram tadbiri doirasida o‘qtuvchi va o‘quvchilar o‘rtasida futbol, volebol, basketbol xamda shaxmat-shashka sport musobaqalarini o‘tkazish vazifasi yuklatilsin. 7. Maktabning MMIBDO‘ R.Rasulovga: -bayram tadbirlari o‘tadigan joyni tayyorlash, obodonlashtirish ishlarini olib borish, xavsizlik va jamoat tartibini ta’minlash yuzasidan profilaktika inspektori bilan xamkorlikni ko‘rish vazifasi yuklatilsin. 8. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish maktabning MMIBDO‘ R.Rasulov zimmasiga yuklatilsin. Maktab direktori : O‘.G‘aniboev Sariosiyo tumani Billur maxallasi 2021 yil 28-sentyabr V __ sonli Download 40.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling