Fan: Ekskursiya xizmatini tashkil etish Oraliq nazorat bo’yicha taqdimot Taqdimot mavzusi


Download 0.57 Mb.
Sana11.05.2020
Hajmi0.57 Mb.
#105065
Bog'liq
ekskursiya 0

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro turizm” fakulteti “Xizmatlar sohasi” yo’nalishi Fan: Ekskursiya xizmatini tashkil etish Oraliq nazorat bo’yicha taqdimot Taqdimot mavzusi: Ekskursiya obyektini tanlash va ekskursiyani tashkil etish

Kichik guruh a’zolari:

  • Ulashev Otabek
  • Saydullayev Saidkamolxo’ja
  • Xushvaqtov Jasur
  • Rahmatov Dilshod
  • Fan o’qituvchisi: Norchayev A.


Komissiya a’zosi: ________________ _______

Komissiya a’zosi: ________________ _______

Toshkent - 2019

Reja:

  • Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni
  • Ekskursiya obyektlarini tasniflash ahamiyati
  • Ekskursiya ob’ektlarini baholash mezonlari


Yangi mavzudagi ekskursiya xizmatini tayyorlash murakkab jarayon bo‘lib, butun bir ishchi jamoaning faol ishtirokini talab qiladi. Bo‘lajak ekskursiya xizmatining mazmuni, uning ilmiy ahamiyati uslubchi va gidlarning bilimi, salohiyati, ularning pedagogika va psixologiya asoslarini amaliy o‘zlashtirganlik darajasiga, auditoriyaga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali usullarini tanlay olish ko‘nikmalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Ekskursiya xizmati – bu ikki muhim jarayon, ya’ni uni tayyorlash va o‘tkazish natijasi bo‘lib, o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq, bir-birini to‘ldiruvchidir. Puxta tayyorgarliksiz ekskursiya xizmatini yuqori sifatda o‘tkazib bo‘lmaydi.

1. Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni

Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlashda ikkita asosiy yo‘nalishni ajratish mumkin:

- yangi mavzudagi ekskursiya xizmatini ishlab chiqish;

- endigina o‘z ishini boshlayotgan gidni tayyorlash (yoki ushbu mavzu bu gid uchun yangi bo‘lishi mumkin).

Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash ijodiy guruhga topshirilib, uning tarkibida mavzuning murakkabligiga qarab 3-7 nafar gid kiradi. Ko‘pincha maslahatchi sifatida turli soha mutaxassislari, muzey ilmiy xodimlari, OTM va o‘rta maktab o‘qituvchilari, shuningdek, boshqa mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin. Odatda ijodiy guruhning har bir qatnashchisiga ekskursiya xizmatining bir 73 bo‘limi, biron-bir mavzusi yoki mavzuning bir nechta kichik mavzuostilarini tayyorlash topshiriladi. Mazkur ijodiy guruh ishining nazorati esa mas’ul rahbarga topshiriladi.

Odatda yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash

3 bosqichda amalga oshiriladi

Dastlabki ishlar

Bevosita ekskursiya xizmatini tayyorlash

Yakuniy bosqich

ya’ni yangi ekskursiya xizmati mavzusi bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash, ekskursiya xizmati maqsad va vazifalarini aniqlash, shu bilan bir vaqtda ekskursiya ob’ektlarini tanlash.

ya’ni ekskursiya xizmati marshrutini tuzish, ma’lumotlarga ishlov berish, ekskursiya xizmatining asosiy matnini yozish, uni o‘tkazish uslubini aniqlash, ekskursiya ob’ektini ko‘rsatish va hikoya qilishning eng samarali usullarini tanlash, gidlar tomonidan individual matnni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi.

sinov ekskursiyasini o‘tkazish. Ekskursiya muassasasi rahbari tomonidan yangi ekskursiya xizmatini tasdiqlash, mavzuni himoya qilgan gidlarga ushbu ekskursiya xizmatini o‘tkazishga ruxsat berish jarayonlari kiradi.

Ekskursiya xizmatini o‘tkazish tartibi uning mavzusi, turi va o‘tkazish shaklidan qat’iy nazar bir xil bo‘ladi: tanishuv qismi, asosiy qism va yakuniy qism.

Tanishuv qismi – qoidaga ko‘ra 2 qismdan iborat:

- tashkiliy, ya’ni gid guruh bilan tanishadi, xavfsizlik qoidalari, marshrutda o‘zini tutishi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazadi;

- axborot, ya’ni gid ekskursantlarga mavzu haqida, marshrutning masofasi, davomiyligi, jo‘nash va qaytish vaqti, sanitar bekatlar va ekskursiya xizmatining tugash joyi haqida ma’lumot beradi.

Asosiy qism

Aniq ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatish va hikoya qilish asosida tuziladi. Asosiy qism bir nechta mavzuostilardan iborat bo‘lib, bitta umumiy mavzuda umumlashadi va ob’ektlarda yoritiladi. Mavzuostilar odatda 5 tadan 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ekskursiya xizmatini tayyorlashda shunday ob’ektlarni tanlash kerakki, vaqt bo‘yicha aniq rejalashtirilgan va ekskursiya xizmati mavzusining mazmunini yoritishga yordam qilishi kerak.

Yakuniy qism

Bu qism ham tanishuv qismi kabi 5-7 daqiqali bo‘lib, ekskursiya ob’ektlari bilan bog‘liq emas. Bu yerda ekskursiya xizmatining mavzusi bo‘yicha yakuniy xulosalar qilinadi, bugungi yoritilgan mavzuni kengaytirishi, chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa ekskursiya mavzulari haqida ma’lumotlar beriladi. Yakuniy qism ham tanishuv va asosiy qism kabi muhimdir

«Ekskursiya xizmatini tayyorlash bosqichi» tushunchasi birinchi marotaba 1976 yilda amaliyotga qo‘llanila boshlandi va unda quyidagi 15 ta bosqich ajratildi:

1. Ekskursiya xizmatining maqsad va vazifalarini aniqlash;

15. Ekskursiya xizmatini tasdiqlash.

2. Ekskursiya xizmati mavzusini tanlash;

3. Zaruriy adabiyotlar ro‘yxatini tuzish;

4. Ekskursiya ma’lumoti manbalarini aniqlash. Mavzu bo‘yicha muzey, arxiv fondlari va ekspozitsiyalari bilan tanishish;

5. Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish;

6. Ekskursiya marshrutini tuzish;

7. Marshrutni ko‘zdan kechirish;

14. Sinov ekskursiyasini o‘tkazish;

13. Ekskursiya xizmatining individual matnini tuzish;

12. Uslubiy ishlanmalarni tayyorlash;

11. Ekskursiya xizmatini olib borish texnikasini aniqlash;

10. Ekskursiya xizmatini o‘tkazishning usullarini aniqlash;



9. «Gid portfeli» ni tahlash;

8. Ekskursiyaning asosiy matnini tayyorlash;
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling