SARIOSIYO TUMANI 24-SONLI UMUMTA`LIM MAKTABI KIMYO FANI O`QITUVCHISI BELOLOVA MAFTUNANING 7-SINFLAR UCHUN “SUV –ENG YAXSHI ERITUVCHI . ERITUVCHANLIK” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN BIR SOATLIK OCHIQ DARS TAQDIMOTI MAVZU: SUV – ENG YAXSHI ERITUVCHI. ERITUVCHANLIK - Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga suv eng yaxshi erituvchi va eruvchanlik xususiyatiga ega ekanligi haqida ma`lumotlar berish
- Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarga mavzuni tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, o`quvchilarga ekologik va tejamkorlik bo`yicha tarbiya berish
- Rivojlantiruvchi maqsad: ilmni amaliyotda tadbiq etish. O`quvchilarning bilim va tafakkurini , kitobxonlik malakasini oshirish. Fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish,kimyo faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish
Suv inson hayoti va amaliy faoliyatida katta ahamiyatga ega. Oziq- ovqat mahsulotlarini o‘zlashtirish jarayoni oziq moddalarni suv yordamida eritma holiga o‘tkazish bilan bog‘liq. Barcha muhim fiziologik suyuqliklar (qon, limfa va b.) suvli eritmalardir. Asosida kimyoviy jarayonl ar yotadi- gan ko‘plab ishlab chiqarish sohalarida suvli eritmalardan foydalaniladi. Suyuq eritmalar ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat suyuq gomo gen (bir jinsli) tuzilmalardir. Yer yuzining 2/3 qismi suv bilan qoplangan. - 70 kg bo‘lgan odam tanasida 45,5 kg suv bo‘ladi,
Suv shunchalik eruvchan moddaki u gazlarni ham (kislorod, vodorod, karbonat angidrid va b.), suyuq moddalarni ham (spirt, kislotalar va b.), qattiq moddalarni ham (tuzlar, minerallar va b.) erita oladi. Eruvchanlik o‘lchami moddaning ma’lum sharoitda to‘yingan eritmadagi miqdori bilan belgilanadi. To‘yingan eritma – ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha erita olmaydigan eritma. Eruvchanlik 100 g erituvchida moddadan qancha erishi bilan belgilanadi. Turli tuzlarning eruvchanlik egri chiziqlari Agar 100 g erituvchida modda 10 g dan ortiq erisa – yaxshi eruvchan, 10 g dan kam erisa– oz eruvchan, 0,01 g dan kam erisa – amalda erimaydigan modda hisoblanadi. “Konseptual jadval” metodi
Moddalar
|
Agregat holati
|
Suvda eruvchanligi
|
Eruvchanlikka harorat ta`siri
|
Eruvchanlikka bosim ta`siri
|
Osh tuzi
|
Qattiq
|
Yaxshi
|
Ortadi
|
O`zgarmaydi
|
Vodorod
|
Gaz
|
Kam eriydi
|
Kamayadi
|
Ortadi
|
Qand
|
Qattiq
|
Yaxshi
|
Ortadi
|
O`zgarmaydi
|
CO2
|
Gaz
|
Kam eriydi
|
Kamayadi
|
Ortadi
| 1-misol 20°C dagi 500 gto‘yingan eritma bug‘latilganda 120 gkaliy nitratning quruq tuzi olindi. Kaliy nitratning shu haroratdagi eruvchanligini toping. Yechish: 1) 500 geritmadagi eruvchi va erituvchining massasini toping m/eruvchi/ = 120 g. m/erituvchi/ = 500 – 120 = 380 g. Javob:31,6 g Savol va topshiriqlar: - 6 gramm H2 dan qancha suv hosil bo`ladi?
- 40 gramm suvdan qancha vodorod va kislarod hosil bo`ladi ?
- 5 foizli 150 gramm eritma tayyorlash uchun qancha suv va tuz kerak?
UYGA VAZIFA - 88- Betdagi savol va topshiriqlarga javob yozish va mavzuni o`qib o`rganish
Do'stlaringiz bilan baham: |