Sariosiyo tumanidagi
35–sonli umumta’lim maktabining
1”D” sinf rahbari
AHTYAMOVA DILBARNING
2022-2023 o‘quv yilining noyabr oyi
HISOBOTI
Sariosiyo tumanidagi 35-sonli umumta’lim
maktabining 1”D” sinf rahbari Ahtyamova
Dilbarning 2022-2023 o’quv yilining oktyabr
oyida bajargan ishlari haqida
H I S O B O T I
2022-2023 o’quv yilining 8-oktyabrida 1- sinflar orasidan tanlangan “Yoshlar” sardorlarini tantanali qabullarini tashkil etdi.
18-oktabr sanasida sinf rahabri Ahtyamova Dilbar,jismoniy tarbiya o’qituvchisi Xudoyberdiyeva Umida bilan hamkorlikda “Umid nihollari” sport musabaqalari sinf lo’quvchilari orasida tashkil etildi.
Joriy yyilning 20-oktyabirida O’zbekiston Respublikasining ‘Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilingani kuniga bag’ishlangan “Ona tili –jonu dilim” mavzusida 1-“D” sinf o’quvchilari bilan davra suhbati bo’ldi. O’quvchilarga sinf rahabri tomanidan “Davlat tilining –o’zbek tili” ning uzoq va boy tarixga ega ekanligi haqida ma’lumot berildi.ona tilimizga bo’lgan e’tiborni oshirish,mustaqillik yillarida ona tilining rivojlanishi uchun qilinayotgan ishlar borasida dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ma’lumotlar berildi.Kun shiori sifatida ushbu jumlalar e’tirof etildi.
“Ona tilim-milat ruhi” Tillar ichra durdonasan ona vatan mening uchun ona tilim yagonasan,shaker-u bol so’zlaringdan aylanayin go’zallikda shohonasan ona tilim.
2022-2023 o’quv yilining 27-oktabr kuni sinf sardori,sinf rahbari va kutubxonachi Aliyeva bilan birgalikda xalqaro kutubxonalar kuniga bag’ishlangan “Kitobdan olgan tassurotim” mavzusida suhbat o’tkazildi.
2022-2023 o’quv yilining oktabr oyida 1”D” sinf rahbari va o’quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlar o’tkazildi.
Jumladan 7-oktabr sanasida Dilmurodov Shahobiddinning onasi sinfga kelib, sinf holati va dars jarayoni bilan tanishdi.
21-oktabr sanasida esa Murodullayeva Gulzodanig onasi Xaydarova Xonzoda opa ham sinf holati va dars jarayoni bilan tanishdilar.
Shu oyning 31-sanasida esa sinf rahbari tomonidan 1”D” sinfda o’qiyotgan Narzullayeva Hilolaning uyiga borildi. O’quvchi darsni tez-tez qoldirayotgani sababli,o’quvchining ota-onasi ogohlantirildi.
Sariosiyo tumanidagi 35-sonli umumta’lim
maktabining 1”D” sinf rahbari Ahtyamova
Dilbarning 2022-2023 o’quv yilining noyabr
oyida bajargan ishlari haqida
H I S O B O T I
2022-2023 o’quv yilining noyabr oyida o’quvchilar bir haftalik ta’tildan qaytishdi. Ular bilan ta’til taassurotlari haqida davra suhbati o’tkazildi.
Joriy yilning 15-noyabrida sinf rahbari, fan o’qituvchilari, mahalla imom xatibi va yoshi ulug’lar bilan birgalikda Xalqaro diniy bag’rikenglik kuni munosabati bilan “Dinlararo bag’rikenglik-milliy g’oyamiz” mavzusida ma’naviy va ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Din nima?, Milliy g’oya nima? Bu jumlalar bolalarga – bolalar tushunadigan qilib, juda soda tushuntirildi. Bolalar ham o’z fikrlarini bildirdilar.
2022-2023 o’quv yilining 18-noyabrida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ qabul qilingan kuni munosabati bilan “Bayrog’imiz-faxrimiz, g’ururimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir juda katta tantana bilan o’tdi.
Bunda 35-maktabningo’qituvchilari va turli sinf o’quvchilari qatnashdilar. Jumladan 1-“D” sinf o’quvchilari ham o’zlarining she’riy chiqishlarini namoyish etdilar.
Boshimiz uzra hilpiraydi bayrog’im,
Senga boqsam chaqnar ko’zim, qarog’im.
Hilpirayver ona yurtim bayrog’i,
Sen erursan yuraklarning ardog’i.
Joriy yilning 20-noyabrida esa sinf rahbarlar, huquq-tartibot idoralari vakillari bilan hamkorlikda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yilning
20-noyabrida qabul qilingan “Bolalar huquqlari to’g’risida” gi Konvensiyani ijrosi haqida davra suhbati o’tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |