*"Sariq devni minib"
va Nodiraning “Vasl uyin obod etdim, buzdi hijron oqibat” matla‟li g„azalida
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Savol- javoblar aralash
- Bu sahifa navigatsiya:
- * uchtasida
- * aniqlovchi
- * qo„shma gap qismlarini ajratish uchun
va Nodiraning “Vasl uyin obod etdim, buzdi hijron oqibat” matla‟li g„azalida
172. Berilgan qaysi maqollar o„zaro ma‟nodosh maqollar sanaladi? 1) Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kiradi. 2) Yolg„iz baloga indamasang, ko„payadi. 3) Shamol bo„lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. 4) Oz-oz o„rganib dono bo„lur. * 1, 2 173. Berilgan qaysi so„zlarda so„zning ma‟noli qismlari tartibi odatdagi tartibda joylashmagan? 1) oshirma (sifat); 2) isitma (fe‟l); 3) yeyishli (sifat); 4) yoqilg„i; 5) qaynatma (fe‟l); 6) qizg„anchiq; 7) suyanchiq * 1, 3, 4, 7 174. Berilgan she‟riy parchada olmoshning necha turi ishtirok etgan? Birovning do„stlar-u xorijlari bor, Mening hech kimim yo„q − o„zingdan boshqa. * 4 175. Berilgan so„z birikmalaridan nechtasida kelishik qo„shimchalarini ko„makchilar bilan almashtirish mumkin? 1) olchaning guli; 2) shoshmasdan yurmoq; 3) telefonda gaplashmoq; 4) mashinada kelmoq; 5) ukasiga olmoq; 6) tubdan o„zgartirmoq*uchtasida 176. Berilgan so„zlar ichidan ot+ot qolipli turdosh otlar miqdorini aniqlang. Oqqo„rg„on, tinchliksevar, makkajo„xori, Sirdaryo, sovuqmijoz, devqomat, qo„lbola, izzattalab, qo„ziqorin, bodomnusxa *2 ta 177. Berilgan so„zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto„g„ri yozilgan? 1) hasad; 2) nataruis; 3) bug„doy rang; 4) tayziq; 5) talafot; 6) hasharot *3 ta 178. Berilgan so„zlardan paronim juftiga ega bo„lganlarining barchasi ko„rsatilgan javobni aniqlang. 1) sut; 2) da‟vo; 3) ham; 4) mehr; 5) qism *1, 2, 3, 5 179. Berilganlardan nechtasi shakldoshlik xususiyatiga ega? 1) bo„shamoq; 2) ko„nglini bo„shatmoq; 3) ko„nglini ochmoq; 4) ko„ngildan o„tkazmoq; 5) boshga ko„tarmoq; 6) jon bermoq; 7) ko„z yummoq*5 tasi 180. Bilimdon o„z bilimi orqali ofatlardan omon qoladi. Uquvsiz kishining ishi unumsiz bo„ladi. Ezguning har bir ishi chiroyli, har bir qadami go„zal bo„ladi. Ushbu parchada tarkibidagi birinchi qo„shimchasi shakl yasovchi bilan, ikkinchi qo„shimchasi ot yasovchi qo„shimcha bilan omonim bo„la oladigan so„z qanday sintaktik vazifa bajargan?* ega 181. Bir asrcha muqaddam yozilgan bo„lsa-da, mustaqil O„zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soladigan "Boshlar uzra soya solsun, Humo yetkur" misralari qaysi ijodkor she‟ridan o„rin olgan?*Zavqiy 182. Bir g„uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. Ushbu gapda hid bildiruvchi sifat(lar) qaysi bo„lak vazifasida kelgan? * aniqlovchi 183. Bir necha hazilkash odamlar bir qizg„anchiq, xasis odamning uyiga mehmonga bormoqchi bo„libdi, ammo darvozani taqillatganlarida xasis odamning xizmatkori chiqdi. (2) U mehmonlarni ko„rib, ichkariga kirib ketdi. (3) So„ng chiqdi va aytdi: (4) − Kechirasizlar, xojamiz kecha kechqurun o„lgan edilar. (5) Erta tongda dafn etib kelgan edik. (6) Hazilkash mehmonlar bunga ishonmadilar va aytdilar: (7) − Xojangiz biz uchun juda aziz, qadrli odam edilar. (8) Ularning janozasida bo„lish bizga nasib etmadi, endi uylariga kirib, fotiha o„qib ketmasak bo„lmas. (9) Boyagi xasis xojaning mehmonlarni qabul qilishdan boshqa iloji qolmabdi. (Faxriddin Ali Safiy) Matndagi qaysi gaplarda ega vazifasida kelgan shaxs otlari qatnashgan? * 1, 4, 6, 7 184. Bir necha hazilkash odamlar bir qizg„anchiq, xasis odamning uyiga mehmonga bormoqchi bo„libdi, ammo darvozani taqillatganlarida xasis odamning xizmatkori chiqdi. (2) − Sizga shuni ma‟lum qilamanki, xojamiz kecha kechqurun o„lgan edilar. (3) − Ularning janozasida bo„lish bizga nasib etmadi, endi uylariga kirib, fotiha o„qib ketmasak bo„lmas. (Faxriddin Ali Safiy) Ushbu gaplarda vergul qo„yilishining har uchala gap uchun umumiy bo„la oladigan sababini aniqlang. *qo„shma gap qismlarini ajratish uchun Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling