Sarkoma – 2 soat. Pasporti darsning maqsadi
Download 426.43 Kb. Pdf ko'rish
|
11.Саркома
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning o‘tkazilish tartibi
- Adabiyotlar
- Tuzuvchilar
- Mashg’ulotning mazmuni.
- O‘smalarning turlanishi.
- Sababi
- Dizontogenetik nazariya
- Polietiologik nazariya
- O‘smalarning nomenklaturasi
- Yumaloq xujayrali sarkoma
- Urchuqsimon hujayralisarkoma
- Mikroskopik ko‘rinishi.
- Qon tomir (devorlari) keng, tomir devori yupqa ko‘rinadi. Katta ko‘zguda esa parenxima hujayralari pardasimon sitoplazmadan va yumaloq yadrodan
Sarkoma – 2 soat. PASPORTI Darsning maqsadi: Talabalarga o‘smalar to‘g’risida tushuncha va sarkoma o‘smasini makroskopik va mikroskopik tuzilishini o‘rgatish. Ko‘rgazmali asbob-uskunalar va jihozlar:Organ, mikrotom, buyum oynachasi, qoplahich oynacha, gematoksilin, eozin bo‘yoqlari. Spirt, ksilol, balg’am, parafin, mikroskop, gistopreparatlar № 2, 1 diapozitivlar va muzey preparatlari Mashg’ulotning o‘tkazilish tartibi:
Mikroskopik va makroskopik ko‘rinishini o‘rganish. 1. Sarkoma o‘smasidan pat material olinib ishchi bo‘lakchalari kesib olinadi. 2. Bo‘lakchalar yuvilib spirt batareyasida suvsizlantiriladi. 3. Parafinli bloklar tayyorlaniladi. 4. Mikrotomda kesmalar kesib olinadi. 5. Kesmalar gematoksilin va eozin bo‘yoqlarida bo‘yaladi. 6. Gistoprparat tayyorlanadi. 7. Muzey preparatlaridan foydalanib makroskopik ko‘rinishi o‘rganiladi.
1. F.Ibodullev “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining patologik anatomiyasi” Toshkent 2000 yil.
2. B.A. Kuliyev, D.E.Eshimov J.B. Yulchiyev, “Patologik anatomiya (Gavda yorish va SVE) fanidan o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2017 yil.
1. Gavin M. Donald, Jachary James F. Pathologic Basis of Veterinary Disease. Mosby. 2006 2. Жаров А.В. Патологическая анатомия животных. Санкт-Петербург, Москва, Краснодар. 2013 год.
Dotsent: B.A. Kuliyev
Assistent: Axmedov S.M., Muxtorov B.Z.
Tayanch so‘zlar: Sarkoma, stroma, parenxima, yumaloq hujayrali, urchuqsimon hujayrali, onkologiya, ekspansiv o‘sish, infiltrativ o‘sish.
o‘ziga xos bo‘lmagan o‘sishiga o‘smalar deyiladi. O‘smalarni o‘rganadigan fanga — onkologiya deyiladi. O‘smalarning asosida xujayralarning tartibsiz, chegarasiz bo‘linishi yotadi. Bu bo‘linish organizmga, to‘qimalarga bo‘ysunmaydi va atrofdagi to‘qimalarning buzilishiga va atrofiyaga olib keladi. O‘sma xujayralari organizmning boshqa xujayralaridan o‘ziga xos morfologik va funksional buzilishi bilan farqlanadi. O‘smalar deb, to‘qimalarning barqaror patologik holatda o‘sishi, to‘qimalarning o‘ziga xos biologik xususiyatlarga ega bo‘lishi, chegarasiz o‘sish va boshqarilmasligiga, o‘sma hujayralarining tuzilishi o‘zgarishiga aytiladi. O‘sma to‘qimalaridagi bu xususiyatlar tashqi va ichki muhitning kasalik chaqiruvchi sabablarining organizmdagi sog’lom hujayralarga ta’sir yetishidan hosil bo‘ladi. O‘smalar itlarda, otarda, yirik shoxli hayvonlarda, mushuklarda, cho‘chqalarda, tovuqlarda, qo‘ylarda va echkilarda uchraydi. O‘smalarning turlanishi. Organizimning hamma to‘qimalaridan o‘smalar rivojlanishi mumkin. Shunga qarab: 1. Biriktiruvchi to‘qimalardan rivojlangan o‘smalar. 2. Epiteliyto‘qimalardan rivojlangan o‘smalar 3. Muskulto‘qimalardan rivojlangan o‘smalar 4. Nerv to‘qimalardan rivojlangan o‘smalar 5. Qon tomirlaridan rivojlangan o‘smalar, aralash o‘smalar va murakkab o‘smalar (teratoma) dam farq qilinadi. Yuqoridagilarning har biri esa xavfsiz va xavfliga bo‘linadi. Xar bir to‘qimadan ham xavfli, ham xavfsiz o‘smalar rivojlanishi mumkin. Sababi to‘liq o‘rganilmagan. Xozirgi paytda fiziko-ximik, virusli, dizontogenetik va poliyetiologik teoriyalar bilan tushintiriladi. Fiziko-ximik nazariya - 1855 yilda R.Virxov kashf qilgan. Fizikaviy ta’sirotlar va ximiyaviy-konserogen moddalar - ko‘mir va neftni qayta ishlashdan kelib chiqadigan moddalar, alkaloidlar va uglevodlar. Lekin bu nazariya normal to‘qima xujayralarini o‘smaxujayralariga aylanishining barcha sababni tushintira olmaydi. Ahamiyati shundaki,bir qancha o‘smalarning oldini olish imkoniyatini yaratadi. Virusli nazariya - 1911 yilda Peyntomu Rausu tomonidan kashf qilindi. U tovuklar sarkomasini xujayrasiz o‘sma filtrati bilan katta tovuqlar emlagan. Bu nazariya parrandalarda, sichqonlarda, quyonlarda, yirik shoxli hayvonlarda va odamlardagi bir qancha o‘smalarda tasdiqlangan. Dizontogenetik nazariya - o‘tgan asrda nemis olimi Kongeym(1839- 1884) tomonidan tavsiya etilgan. O‘smalarning kelib chiqishida embriondagi o‘zgarishlar sababchi. Embrionda yetilmagan xujayralar uzoqvaqt saqlanib turiladi va ma’lum sharoitda ularning bo‘linishidan o‘smaxujayralari hosilbo‘ladi.
quvvatlaydilaro‘sma ximiyaviy moddalar, viruslar, gelmentlar xujayraning genetik apparatiga ta’sir etib, normal xujayralardan o‘sma xujayralarining kelib chiqishiga olib keladi. O‘smalarning rivojlanishi hayvonning yoshi, turi, jinsi va xatto rangiga bog’likdir. O‘smalar ko‘proq qari hayvonlarda uchraydi xar qanday to‘qima hujayralaridan o‘smalar rivojlanishi mumkin. O‘smalarning 2-xil o‘sishi farq qilinadi:
suradi. Shuning uchun ularni osongina kesib olish mumkin. Bu o‘sish sifatli xavfsiz o‘smalarga xosdir.
oralig’ida o‘sib kiradi va xatto qon tomirlari va limfa tomirlarining ichiga o‘sib kiradi, hamda qon va limfa orqali organizmga tarqaladi. O‘sma xujayralarining qo‘shni to‘qima xujayralari oralig’ida o‘sish mexanizmi xaligacha aniqlanmagan. O‘smalarning nomenklaturasi - o‘sma rivojlanadigan to‘qimaning grekcha nomiga «oma» qo‘shimchasini qo‘shish bilan xarakterlanadi. Faqat rak (karsinoma) bundan xolisdir.
Sarkoma - (grechka- baliq go‘shti) yetilmagan hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, metastaz va residiv beradi. Qayerda biriktiruvchi to‘qima bo‘lsa, shu joyda sarkoma rivojlanadi. Terida, teri osti kletchatkasida, mushaklar oralig’idagi biriktiruvchi to‘qimada, fassiyalarda, payda, tuxumdonda, urug’donda, tomir yo‘lida va nervlarda uchraydi. Makroskopikxar xil kattalikdagi tugunchalardan iborat bulib, markaziy qismida qon quyilishlar va nekrozlar uchraydi. Sarkomalar bir grammdan bir necha kggacha bo‘ladi. Xujayralarning shaklliga qarab, quyidagi sarkomalar farq qilinadi. Yumaloq xujayrali sarkoma— mayda
va yirik
yumaloq hujayralardantuzilgan bo‘lib, ularning yadrosi xromatinga boydir. Xujayralar oralig’idagi modda rivojlanmagan.
xujayralardan tuzilgan, qo‘pol strukturali bulib, har xil kattalikdadir. Stroma va qon tomirlari kam rivojlangan.
o‘nlab kilogrammgacha kattalikda uchrashi mumkin. Rangi va konsistensiyasi bilan baliq go‘shtini eslatadi. Qattiq va yumshoq sarkomalar farq qilinadi. Sarkoma hamma tur biriktiruvchi to‘qimadan rivojlanishi mumkin va tashqi ko‘rinishi bilan baliq go‘shtiga o‘xshaydi. Sarkoma shilliq pardalarida, terida, teri osti kletchatkasida uchraydi. Beo‘xshov tugunsimon, g’adir-budir (notekis) shaklda bo‘ladi. Qonsistensiyasi yumshoq, miyasimon, ba’zida qattiq bo‘lishi mumkin. Och-kulrang, och-qizg’ish, och-qo‘ng’ir rangda bo‘ladi. Sarkoma itlarda, otlarda, ba’zida qoramollarda uchraydi. Hujayralarning shakliga qarab, sarkomalar yumaloq, urchuqsimon, har xil shakldagi va gigant hujayrali sarkomalarga bo‘linadi.
o‘sma bo‘lib, parenximatoz hujayralari yumaloq shaklda bo‘ladi va limfositlarni eslatadi. Yirik va mayda yumaloq hujayrali sarkomalar farq qiladi. Kichik ko‘zguda hamma to‘qima xuddi faqat yumaloq hujayralardan tuzilganday ko‘rinadi. Hujayralar oralig’ida esa biriktiruvchi to‘qima to‘plamchalari ko‘rinadi.
Qon tomir (devorlari) keng, tomir devori yupqa ko‘rinadi. Katta ko‘zguda esa parenxima hujayralari pardasimon sitoplazmadan va yumaloq yadrodan tuzilganligi, xromatinga boyligi bu hujayralar bir-biriga zich joylashganligi ko‘rinadi. Ba’zida mayda yoki yirik nekroz joylari ko‘rinadi. Yo‘li tromb bilan to‘lgan qon tomirlar ham ko‘rinadi. Yumaloq, ko‘k rangdagi hujayralar to‘plami parenximada ko‘rinadi. Bular yosh hujayralarbo‘lib o‘sadi va ko‘payadi.(3) Urchuqsimon hujayrali sarkoma. Bu o‘smaning parenximasi urchuqsimon hujayralaridan tuzilgan va bu hujayralar biriktiruvchi to‘qimaning fibroblastlariga o‘xshaydi. Kichik va katta ko‘zguda urchuqsimon hujayralar tartibsiz to‘plamchalar yoki yakka bo‘lib, har xil yo‘nalishlarida joylashgan. Yumaloq hujayralar ham uchraydi va ular to‘q rangda bo‘yalishi bilan farq qilib turadi. Urchuqsimon hujayralar bir-biriga zich joylashgan, shuning uchun ular oralig’idagi hujayralararo moddani aniqlash qiyindir. Stroma yomon ko‘rinadi. U qon tomirlariga boy, silliq tolali biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Mikroskopning kichik ko‘zgusida sarkomaning parenximasi va stromasi ko‘rinadi. Parenximasi ko‘kimtir rangda, stromasi esa qon tomirlarga boy bo‘lib, qizg’ish rangda ko‘rinadi.
Yumaloq hujayrali sarkoma, o‘sma stromasi kuchsiz rivojlangan. Download 426.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling