Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Axborotlashgan jamiyat va axborot madaniyati haqida


Download 2.94 Mb.
bet3/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56

2. Axborotlashgan jamiyat va axborot madaniyati haqida



Inson katta hajmdagi axborotni qabul qilishga va qayta ishlashga qodir bo‘lishi, zamonaviy qurilmalarda, usullarda va texnologiyalarda ishlay olishi kerak bo‘ladi. Undan tashqari, yangi ish sharoitida bir odamning axborot bilan ta’minlangani boshqa odamlarning axborot bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun insonning axborotlarni to‘plashda va qayta ishlashda o‘zi mustaqil ish olib borishi yetarli bo‘lmay qoladi. Buning uchun u jamoa bilimlari asosida tayyorlanadigan va qabul qilinadigan qarorlar asosida ishlaydigan yangi texnologiyani o‘rganishi kerak. Bu esa insondan ma’lum darajada axborot bilan ishlash madaniyatini talab qiladi.
Axborot madaniyati – axborot bilan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat olib borish va axborotni to‘plash, qayta ishlash hamda uzatish uchun kompyuter axborot texnologiyalaridan, zamonaviy texnik vositalaridan, usullaridan foydalana olish mahoratidir.
Axborot madaniyati umumiy madaniyatning bir qismi sifatida insonni axborotlar oqimida to‘g‘ri yo‘l topishi uchun xizmat qiladi. Axborot madaniyati insonning ijtimoiy tabiati bilan bog‘liq bo‘ladi. U insonning ijodiy qobiliyati mahsuli bo‘lib, quyidagilardir:

  1. texnik qurilmalar (telefonlar, shaxsiy kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari) ni ishlatish ko‘nikmasida;

  1. o‘z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalarini ishlatish qobiliyatida;

  1. turli manbalar (davriy nashrlar va elektron kommunikasiyalar) dan axborotlarni olish, uni kerakli shaklda ko‘rsatish hamda samarali ishlatish mahoratida;

  1. axborotni analitik qayta ishlash asoslarini bilishida;

  1. turli axborotlar bilan ishlash qobiliyatida o‘z aksini topadi;

  1. o‘z faoliyat sohasidagi axborot to‘plamining xususiyatlarini bilishida.

Download 2.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling