Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Axborot tizimlarining sinflanishi. Axborot tizimlarining hayot sikli modellari. Axborot tizimlarini loyihalash va qurish usullari


Download 2.94 Mb.
bet34/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56

3. Axborot tizimlarining sinflanishi. Axborot tizimlarining hayot sikli modellari. Axborot tizimlarini loyihalash va qurish usullari



Axborot tizimi — boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun xodimlarni turli xil axborotlar bilan ta’minlovchi ob’ekt haqidagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, uzatish va saqlash bo‘yicha ma’lu-motlar va kommunikatsiyaviy tizimni o‘zida namoyon etadi.
Axborot tizimlarini tadbiq etish quyidagilarga imkon yaratadi:
a) matematik uslublar va intellektual tizimlarni tadbiq etish hisobiga boshqaruv topshiriqlarining ancha oqilona variantlarini olish;
b) avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni ikir-chikir ishlardan ozod qilish;
c) axborot ishonchliligini ta’minlash;
d) ma’lumotlarni qog‘ozdan magnit disk yoki lentalarga ko‘chirish, bu hol axborotni kompyuterda qayta ishlashni ancha oqilona tashkil etish va qog‘oz hujjatlar hajmini kamaytirishga olib keladi,
e) firmada axborot oqimi tuzilishi va hujjat aylanishi tizimini takomillashtirish;
f) mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish harajatini kamaytirish;
h) yangi bozorlarni qidirib topish;
i) turli arzonlashtirish usuli va xizmatlari evaziga haridor va mahsulot yetkazib beruvchilarni firmaga bog‘lab qo‘yish.
Qo‘llanish sohasiga ko‘ra axborot tizimlari quyidagi sinflarga ajraladi:

  • bank axborot tizimlari;

  • fond bozori axborot tizimlari;

  • sug‘urta axborot tizimlari;

  • soliq axborot tizimlari;

  • sanoat korxonalari va tashkilotlarning axborot tizimlari (ahamiyati va tarqalganligi bo‘yicha ularda buxgalterlik axborot tizimlari alohida o‘rin tutadi);

  • statistika axborot tizimlari va boshqalar.

Axborot tizimining hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:


1. Loyiha oldi bosqichi
2. Texnik loyihalashtirish
3. Qo‘llanma loyihalashtirish.
4. Tadbiq etish.
5. Ekspluatatsiya


Download 2.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling