Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. Davlat axborot tizimlari va resurslari. Axborot tizimlarining interaktiv xizmatlari


Download 2.94 Mb.
bet35/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56

4. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. Davlat axborot tizimlari va resurslari. Axborot tizimlarining interaktiv xizmatlari




Avtomatlashtirish – bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi hatti – harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish, boshqaruv jarayonida inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi.
Avtomatlashtirish qachon zarur bo‘ladi? Quyidagi hollarda boshqaruvni avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnologiyani avtomatlashtirish zarur bo‘ladi:

  • insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni boshqarish uchun yetarli bo‘lmasa;

  • boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda bo‘lsa;

  • boshqaruv jarayonida ishtirok etish kishidan oʽta yuqori malakani talab etsa;

  • boshqarish kerak bo‘lgan jarayon uta tang yoki avariya holatida bo‘lsa.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) – axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo‘ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuidir.
Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra avtomatlashtirilgan, avtomatik va noavtomatlashtirilgan (an’anaviy) boshqarish tizimlari farqlanadi.
Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bo‘g‘inini (operatorlar, ma’muriy apparat) o‘zining organik tarkibiy qismiga kiritadi. Avtomatik tizimlar esa yig‘ish va sozlashdan so‘ng inson ishtirokisiz (proflaktik nazorat va ta’mirlashni hisobga olmasa) prinsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni ko‘proq texnologiyalarni boshqarishda qo‘llashadi, garchi bu o‘rinda avtomatlashtirilgan tizimlar afzal ko‘rilsa ham.
Boshqaruv ja­rayonlarining turlari bo‘yicha AAT quyidagilarga bo‘linadi:

  • texnologik jarayonlarni boshqarishning AAT — bu texnologik qurilmalar, dastgohlar, avtomatik liniyalarni boshqarishni ta’minlovchi «inson-mashina» tizimlaridir;

  • tashkiliy-texnologik jarayonlarni boshqarishning AAT — texnologik jarayonlarni boshqarishning AAT va korxonalarni boshqarishning AATini birlashtiruvchi ko‘p darajali tizimdan iborat;

  • tashkiliy boshqaruvning AAT uchun iqtisodiyotni boshqarishning barcha bosqichida amalga oshiriladigan, ishlab chiqarish, ho‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, vazifaviy jarayonlar ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi;

  • ilmiy tadqiqotlarning AAT — sohalararo hisob-kitoblar va ilmiy tajribalarning yuqori sifati va samaradorligini ta’minlaydi. o‘qituvchi AATlari ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashda, turli soha xodimlarini qayta tayyorlashda va malakalarini oshirishda keng tarqalgan.

Tasnifning sohaviy axborot texnologiyalari fani alomatlari bo‘yicha uch guruh: sohaviy, hududiy va sohalararo AATlar ajratiladi.

  • sohaviy AATlar sanoat va agrosanoat tarmoqlarida, qurilishda, transportda faoliyat yuritadi. Bu tizimlar tegishli muassasalarning boshqaruv apparatlariga xizmat qo‘rsatish masalasini hal qiladi;

  • hududiy AATlar ma’muriy-hududiy tumanlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Hududiy tumanlarning faoliyati mintaqada boshqaruv vazifalarini sifatli bajarish, hisobotni shakllantirish, mahalliy davlat va xo‘jalik idoralariga tezkor ma’lumotlarni berishga yo‘naltirilgan;

  • sohalararo AATlar milliy iqgisodiyotni boshqarishning xizmat idoralarining ixtisoslashtirilgan tizimlaridir.




Download 2.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling