Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Download 2.94 Mb.
bet49/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Файл menyusi tarkibi

Buyruq nomi

Tavsifi

Noviy (Ctrl+N)
Otkrit (Ctrl+O)

Yangi fayl yaratish.
Fayllarni diskdan o‘qish. Bu buyruq yorda-mida diskda mavjud fayllar ochiladi.

Otkrit kak (Alt+Ctrl+O)

Faylni qanday ko‘rinishda ochishni tanlash.

Soxranit (Ctrl+S)

Faylni xotiraga mavjud formatda joylashtirish

Soxranit kak (Shift+Ctrl+S)

Faylni xotiraga boshqa nom bilan yozish. Ushbu buyruq fayl nomi, formati va direktoriyasi kabi atributlarni o‘zgartirishda foydalaniladi.

Soxranit kopiyu (Alt+Ctrl+S)

Tasvur nusxasini xotiraga joylash

Vernut

Tasvirning dastlabki holatiga qaytish

Pomestit

Boshqa mustaqil fayl bilan birlashtirish

Import

Boshqa direktoriyada joylashgan faylni Adobe PhotoShop dasturiga olib kirish

Eksport

Tasvirni boshqa direktoriyaga jo‘natish

Fayl informatsiya

Fayl haqidagi ma’lumotlarni kiritish

Ustanovka stranitsi (Shift+Ctrl+P)

Tasvirni printer yordaida chop etishga tayyorlash, qog‘oz shaklini tanlash.

Pechat (Ctrl+P)

Tasvirni printerga jo‘natish

Predpochteniya

Adobe PhotoShop dasturini kerakli tartibda sozlash

Nastroyka sveta

Tasvir ranglarini sozlash

Adobe online

Internet bilan bog‘lanish

Vixod (Ctrl+Q)

Adobe PhotoShop dasturidan chiqish


Правка menyusi tarkibi

Vern (Ctrl+Z)

Tasvir ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor qilish

Rezat (Ctrl+X)

Tasvirning ajratilgan qismini muvaqqat xotiraga olish

Kopirovat (Ctrl+C)

Nusxa olish

Vstavit (Ctrl+V)

Muvaqqat xotiradan kursor ko‘rsatgan joyga qo‘yish

Vstavit B(Shift+Ctrl+V)

Muvaqqat xotiradan belgilangan joyga qo‘yish

Ochistit

Tasvirda belgilangan maydonni tozalash, o‘chirish. Bunda o‘chirilgan maydon fond rangiga bo‘yaladi.

Zalit

Tasvir yuzini asosiy rang bilan bo‘yash

Shtrix

Tasvirda belgilangan maydonni shtrixlab ko‘rsatish

Transformatsiya (Ctrl+T)

Tasvir shaklini o‘zgartirish

Transform

Tasvir shaklini turli ko‘rinishlarda o‘zgartirish

Ochistka

Istoriya darchasida tasvir olib boril-gan o‘zgartirish amallarini butunlay o‘chirish. Bu amal bajarilgandan so‘ng o‘zgartirishlarni ortga qaytarish mumkin emas.


Изображение menyusi tarkibi

Rejim

Rang modellarni o‘zgartirish

Nastroyka

Tasvir ranglarini sozlash

Dublikat

Tasvirdan nusxa olish

Nalojit izobrajeniye

Tasvirni qo‘shimcha ranglar bilan boyitish

Vichisleniye

Tasvirdagi ranglar kanallarini o‘chirish

Razmer izobrajeniya

Tasvir shaklini va o‘lchamlarini o‘zgartirish

Razmer xolsta

Tasvir ramkasi o‘lchamlarini o‘zgartirish

Obrezaniye

Belgilangan maydondagi tasvirni kesib olish

Perevernut xolst

Xolstni soat strelkasi bo‘ylab yoki soat strelkasiga qarshi 1800, 900 burish

Gistogramma

Tasvirdagi ranglar miqdori haqidagi ma’lumotlar darchasi


Слой menyusi tarkibidagi qo‘shimcha buyruqlar


Noviy

Yangi qatlamni hosil qilish

Dublikat sloya

Qatlam nusxasini hosil qilish

Udalit sloy

Mavjud qatlamni muvaqqat xotiradan o‘chirish

Effekti

Qatlamga turli effektlarni qo‘shish

Gruppa s predidushimi (Ctrl+G)

Qatlamlarni bir-biriga birlashtirish

Razgruppirovat (Shift+Cotrl+G)

Qatlamlarni bir-biridan ajratish

Skleit vse sloi

Mavjud barcha qatlamlarni birlashtirish


Выделить menyusi tarkibi

Vse (Ctrl+A)

Tasvirni belgilash

Ubrat videleniye (Ctrl+D)

Tasvirning belgilangan qismini muvaqqat xotiradan o‘chirish

Videlit zanovo (Shift+Ctrl+I)

Qaytadan belgilash

Obratno (Shift+Ctrl+ D)

So‘nggi bajarilgan amalni qaytarish

Svetovoy ryad

Tasvirdagi ranglar asosida belgilash maydonini aniqlash

Modifitsirovat

Belgilash chizig‘ini piksellarda kengay-tirish

Uvelichit

Belgilash maydonini kengaytirish

Preobrazovivat videleniye

Belgilangan maydon shaklini o‘zgartirish

Soxranit videleniye

Belgilangan maydon shaklini xotiraga joylashtirish

FILTRI menyusi tarkibidagi qo‘shimcha buyruqlar bilan qo‘llanmaning filtrlar bilan ishlash bobida tanishishingiz mumkin


Вид menyusi tarkibi

Noviy vid

Asosiy tasvirni yangi darchada ochish

Uvelichit (Ctrl++)

Tasvirning ekrandagi ko‘inishini kattalash-tirish

Umenshit (Strl+-)

Tasvirning ekrandagi ko‘rinishini kichray-tirish

Pokazat ves ekran

Tasvirni butun ekranga yeyish

Realniy razmer

Tasvirning real o‘lchamlardagi ko‘rinishi

Razmer pechatnogo ottiska

Tasvirning bosma shakldagi ko‘rinishi

Vikl. Lineyki (Ctrl+R)

Chizg‘ichlarni o‘rnatish

Adobe PhotoShop dasturi darchasida turli asboblar tugmalari joylashgan. Har bir tugma Adobe PhotoShop dasturining biror buyrug‘ini anglatadi. Agar darcha asboblar paneli bo‘lmasa, menyu satrining Okno punktida Vkl. Panel buyrug‘ini tanlang.


Adobe PhotoShop dasturida jami 46ta asboblar mavjud bo‘lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda darchada ko‘zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo‘shimcha buyrqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan tugmaning ostki qismi o‘ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo‘lsa, bu tasvir ushbu tugma tarkibida o‘xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringanligidan darak beradi.
Yashiringan asbobni aktivlashtirish uchun kursorni maxsus belgili tugma ustidan «sichqoncha»ning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqiladi va kerakli tugma ustida kursorni qoldirib «sichqoncha»ning chap tugmasi qo‘yib yuboriladi.
Har bir tugmaga kursor yaqinlashtirilsa, kursor belgisi ostidagi asbobning qanday vazifani bajarishi haqidagi axborot paydo bo‘ladi.
Quyida Adobe PhotoShop dasturida ishlash jarayonida keng qo‘llanila-digan asboblarning qisqacha tavsifi keltiriladi.
Pryamougolnaya oblast. Tasvirda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo‘llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi alohida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o‘zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga ta’sir etadi. Ushbu tugmaga qo‘shimcha tarzda Shift klavishi ishlatilsa, belgilangan maydon xududi ortadi. Shift klavish o‘rnida Alt klavishi qo‘llanilgan taqdirda belgilangan maydon xududi qisqaradi. Ushbu amal Lasso va Volshebnaya palochka asboblari bilan ishlashda qo‘llaniladi.




Download 2.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling