Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli ichimlik suvi olishda biotexnologik


Termiz sharoitida oqova suvda suv o'simliklarini o'stirish


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/29
Sana18.11.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1786037
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
monograph Satorov indiya 2022 besh

3.2. Termiz sharoitida oqova suvda suv o'simliklarini o'stirish, 
chidamlilarini tanlab olish va ularni tozalash darajalarini o'rganish 
 
Tadqiqotlarimizda bajarilishi belgilab berilgan keyingi tajribalar Termiz davlat 
universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Botanika” kafedrasi qoshida qurilgan maxsus 
hovuzda amalga oshirildi.
Labaratoriya tekshiruvlari: suvning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash tahlillari 
Termiz shahar “O’zsuvta’minot” AJ labaratoriyasida, shuningdek, Termiz shahar 
Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’limida 
amalga oshirildi. 
Oqava suvni tozalash samaradorligini oshirish uchun biotexnologik tozalash 
texnologiyasini takomillashtirish asosida oqava suvga chidamli yuksak suv 
o’simliklarini tanlab olish tajribalarini bajardik. Biotexnologik tozalash obyekti 
sifatida oqova suvga chidamli turini tanlab olish uchun suv o'simliklari
kolleksiyasidan quyidagi turlarni (pistiya, eyxorniya, azolla, ryaska) tanladik.
Ushbu o'simliklarni Termiz shahar suv tozalash inshootidan olib kelingan 100% li
oqova suvda 5 kun o'stirdik (3.1–jadval). Shu vaqt ichida o'simliklarni kunlik
o'sish, morfologik holati va hosildorligni aniqlab bordik. Hosildorlikni aniqlash
ho'l biomassani tarozida tortish usulida olib borildi. Oqova suvni tajribadan oldin va 
tajribadan keyingi fizik va kimyoviy xususiyatlari Y.Lure usuli bo'yicha olib
borildi. Tanlab olingan oqova suvga chidamli o'simlik turlarini oqova suvni tozalash 
darajalarini aniqlash uchun, laboratoriya sharoitida 25 l sharsimon akvariumda 
hamda nazorat varianti sifatida Tamiya mineral ozuqa muhitida suv o'simliklarini
1–hafta o'stirdik va kunlik o'sishi va morfologik holatini kuzatib bordik. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


62 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling