Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli ichimlik suvi olishda biotexnologik
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
monograph Satorov indiya 2022 besh
3.1–jadval Oqava suvdagi yuksak suv o’simliklarini o’sish va hosildorligi (ho’l biomassa) 1 № O’simlik turi Ho’l biomassa (g, 1m2) 1–kun 2–kun 3–kun 4–kun 5–kun 1. Azolla 50 50 54 46 45 2. Pistiya 60 65 110 180 350 3. Ryaska 50 60 80 63 64 4. Eyxorniya 50 65 100 170 310 O'tkazilgan tajriba natijalari shuni ko'rsatadiki, sinab ko'rilgan 4 ta tur suv o'simliklari holati, o'sishi va hosildorligi oqova suvda o'sganda turlicha bo'lib, ular ichida ushbu oqova suviga chidamli turlar pistiya va eyxorniya o'simliklari ekanligi aniqlandi. Pistiya hosildorligi 1 m 2 da 380 g (ho'l biomassa)ga yetganligi kuzatildi. Eyxorniya o'simligi hosildorligi 330 g ga yetgan bo'lib, ularni barglarida tajriba so'ngida sarg'ayish holatlari ro'y berdi. Qolgan o'simliklarni hosildorligi 35–68 g ni tashkil qildi. Pistiya va eyxorniya o'simligini morfologik holatda 5 kun davomida o'stirganda kam o'zgarish bo'lganligi kuzatildi, qolgan 2 ta tur suv o'simligi tanasida o'sish davrida o'zgarish vujudga kela boshladi va 5–kunda biomassani o'sishi sekinlashib hosildorligi kamaya boshladi. Azolla o'simligida ham 3 kundan keyin ushbu holat ro'y bera boshladi. Boshqa tadqiqotchilarning olib borgan ishlari natijalarida ham pistiya va eyxorniya o'simliklari turli oqova suvlarida yaxshi o'sib rivojlanishi ko'rsatib o'tilgan 2 . Tajriba natijalariga asoslanib, suv o'simligini shu ikki turi: pistiya va eyxorniya o'simliklarini laboratoriya sharoitida oqova suvini tozalash darajalarini aniqlash bo'yicha tajribalarni davom ettirdik. Shularni hisobga olib 2 tur suv o'simligini 1 O’lchovlar Termiz suv tozalash inshooti labaratoriyasida olindi 2 Лурье Ю.Ю. Аналитическая химия промышленных сточных вод. -М.: Химия 1984. с.-447 63 maishiy–kommunal oqova suvda o'stirib ularni o'sishi, rivojlanishi va hosildorligi o'rgandik. Oqova suvlarni ishlab chiqarish sharoitida biologik tozalash samaradorligini aniqlash uchun avvalo, laboratoriya sharoitida suv o'simligini oqova suvda o'sishi, rivojlanishini o'rganishimiz va oqova suvni fizik–kimyoviy tahlil qilishimiz zarur bo'ladi. Bu natijalar suv o'simliklarini tozalash darajalarini aniqlashga hamda ishlab chiqarish sharoitida sinab ko'rishga imkon yaratadi. Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, pistiya o'simligi 100% ozuqa muhitda yaxshi rivojlanib, hosildorligi yuqori bo'lganini kuzatdik. Eyxorniya o'simligi xam 100% oqova suvda qoniqarli darajada o'sdi, ammo pistiyaga nisbatan eyxorniya o'simligining hosildorligi biroz kamroqligi aniqlandi. Pistiya o'simligini hosildorligi hattoki 100% oqova suvda, nazorat variantga nisbatan ham yuqori bo'lib, ushbu oqova suvga chidamli ekanligi kuzatildi. Bunga sabab mazkur suv o'simliklari tabiatda ham organik moddalarga boy bo'lgan suv havzalarida uchrashi kuzatilgan 1 . O'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatyaptiki, oqova suv pistiya va eyxorniya o'simliglarning o'sish va rivojlanishiga aks ta'sir qilmas ekan, aksincha, ularning o'sishini tezlashtirar ekan. Hattoki, oqova suvning suyultirilmagan variantida ham pistiyaning o'sishi jadallashgan. Chunki, shu suv tarkibidagi organik va mineral moddalarning miqdori boshqa variantlarga nisbatan ko'p bo'lganligi sababli, uning o'sishi tezlashgan bo'lib, oqova suvini vodoprovod suvi bilan suyultirilmasdan to'g'ridan – to'g'ri unga pistiya va eyxorniya o'simliglarini ko'paytirsa bo'lar ekan. Oqova suvlarni turli kontsentratsiyalarda va standart ozuqa muhitida suv o'simligi pistiya va eyxorniya o'stirib, o'sishi, rivojlanishi va hosildorligini o'zgarganidan so'ng, ularni tozalash xususiyatlarini aniqlash maqsadida suv o'simligi o'stirmasdan avval va o'stirgandan so'ng 7 kun o'tgandan so'ng gidrokimyoviy tahlil o'tkazdik. Suvlarni fizik–kimyoviy tahlillari shuni ko'rsatadiki (3.2 va 3..3–jadval) pistiya o’simligi o’stirilgan suvning hidi 5 balldan 1,5 balga tushgan, muallaq moddalar boshqa oqova suvni turli kontsentratsiya variantlarida 10 barobar, quruq qoldiq 50 % gacha, umumiy azot 90–100 % gacha, xlor 45 %, sulfat 60 %, kislorodga 1 Shoyakubov R. Yuksak suv o'simligi – Pistiyani turli sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishdan chiqadigan oqova suvlarni tozalash samaradorligi.// Algologiya, mikologiya va gidrobotanikaning dolzarb muammolari avzusidagi xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiyaning maqolalar to'plami T:, 2009. 259-262 b . 64 bo'lgan ehtiyoj 90 % ga kamayganligini kuzatish mumkin. Pistiya va eyxorniya suv o'simliklarini qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi (chorvachilik, cho'chqachilik) oqova suvlarida o'stirilganda ham o'xshash natijalar olingan 1 . Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling