Sattorov Jasur 214-18 guruh talabasi Oraliq nazorat №6 – Variant


Download 21.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.11.2023
Hajmi21.73 Kb.
#1742384
  1   2
Bog'liq
Javoblar!! Shahar tarmoqlari (man) va ularning qurilish usullari-fayllar.org



Javoblar!! Shahar tarmoqlari (man) va ularning qurilish usullari 
Sattorov Jasur 214-18 guruh talabasi Oraliq nazorat
6 – Variant 

Shahar tarmoqlari (MAN) va ularning qurilish usullari

TCP/IP va OSI modellarning o’xshash jihatlari 
JAVOBLAR!!

Shahar tarmoqlari (MAN) va ularning qurilish usullari
Oxirgi foydalanuvchilarning terminallari, provayderlarnng taqdim etadigan xizmat turlari, 
kundalik ish faoliyatidagi ehtiyojlar sabab bo’lsa kerak, MAN tarmoqlari ham simsiz ham simli 
texnologiyalar asosida samarali qurilmoqda va xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.
Idoralar, maktablar, campuslar va xonadonlar LAN tarmoqlari asosida qurilsa, shaharlar, shtatlar, 
viloyat yoki mamlakat MAN tarmoqlari asosida quriladi. Bunday katta hududlar ikki xil 
texnologiya asosida quriladi: simli va simsiz. Shahar ichi tarmoqlarida telekommunikatsiya 
xizmat provayderlari, masalan Interner provayderlari, foydalanuvchilarga, tashkilotlar, 
institutlarga ikki muhit orqali xizmatlarni taqdim etadi. Shaharlararo aloqa esa asosan optik 
kabellar orqali ta’minlanadi.
Simsiz MAN tarmoqlari. Hozirgi kunda Korea, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarda shahar 
tarmoqlarini simsiz texnologiyalar asosida qurish ommalashgan. Buning asosiy sabablaridan 
qilib foydalanuvchi terminallari (smartfon, noutbok, platshet, turli raqamli qurilmalar) simsiz 
bog’lanishlarni qo’llab quvvatlashidir. WiMAX, LTE va sputnik texnologiyalari asosida shahar 
telekommunikatsiya tarmoqlari simsiz ko’rinishda qurish mumkin.
WiMax (Worldwide Interoperability for Microwave Acces) - bu IEEE 802.16 standartlari 
to'plamiga asoslangan simsiz keng polosali aloqa standartlari oilasiga mansub bo’lgan 
texnologiya hisoblanadi. WiMAX ikkita asosiy komponentdan tashkil topadi: WiMax antenna va 
WiMax terminal. Wi-Fi texnologiyasi singari, WiMax antenna foydalanuvchi kompyuteriga 
to'g'ridan-to'g'ri ulanadi. Msobl uchun O’zbekistonda WiMax standarti asosida faoliyat olib 
borayotgan Internet provayderi EVO ham WiMax texnologiyasi asosida qurilgan. Foydalanuvchi 
WiMax modemini sotib oladi va WiMax antenna bilan bog’langan holda internet xizmatlaridan 
yuqori tezlikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, WiMax ko'plab 
kichik, tarqoq hududlarni bitta ulkan simsiz ulanish nuqtasiga aylantiradi, ya’ni WiMax 


antennasi 50km hududga Internet xizmatlarini taqdim etadi. Quyidagi 2-rasmda WiMax 
texnologiyasi asosida qurilgan shahar tarmog’i keltirilgan. 
2-rasm. WiMax texnologiyasi asosida qurilgan shahar tarmog’i 
"WiMAX" nomi 2001 yil iyun oyida standartning muvofiqligi va o'zaro muvofiqligini 
ta'minlash, shu jumladan tijorat sotuvchilari uchun oldindan belgilangan tizim profillarini 
aniqlash maqsadida tashkil etilgan WiMAX forumi tomonidan yaratilgan. Forum WiMAX 
texnologiyasini "kabelli va DSL texnologiyalariga alternativ sifatida so'nggi milyani simsiz keng 
polosali tarmoq xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqqan. IEEE 802.16m yoki 
WirelessMAN-Advanced LTE Advanced standartiga mos ravishda 4G uchun nomzod standart 
hisoblanadi.
WiMAX texnologiyasi dastlab ma'lumotlarni soniyasiga 30-40Mb tezlik bilan uzatish 
imkoniyatini qo’llab quvvatlagan bo’lsa, 2011 yilda yangilangan stantsiyalar soniyasiga 1Gbit 
tezlikkacha ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega bo’lgan. Hozirgi kunda AeroMACS 
texnologiyasi ishlab chiqilgan bo’lib, u orqali aeroport hududi, samolyot va aeroportda 
joylashgan asosiy vositalarni bog'lash uchun mo'ljallangan simsiz keng polosali xizmatlar taqdim 
etilgan. 2018 yilga kelib, 8 ta mamlakatda AeroMACS antennasi mavjud, yana kamida 25 ta 
mamlakatga ushbu texnologiyani joriy etish rejalashtirilgan.


Download 21.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling