Savdo aloqalari va ishlab chiqarishning geografik bo’linishi


Download 22.37 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi22.37 Kb.
#1037448
Bog'liq
SAVDO ALOQALARI VA ISHLAB CHIQARISHNING


SAVDO ALOQALARI VA ISHLAB CHIQARISHNING
GEOGRAFIK BO’LINISHI
ANNOTATSIYA
Buyuk ipak yo’li insoniyat rivojlanish tarixining, uning birlashuviga hamda madaniy qadriyatlari
Bilanalmashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishning o’ziga xos bo’lgan hodisasidir. Insoniyat tarixida eng ulkan bo’lgan ushbu savdo yo’li Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog’lab o’tmishda antk Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha cho’zilgan edi. Ushbu yo’l insoniyat tarixida tutgan o’rni kattadir.
KALIT SO’ZLAR
Antik, YUNESKO, BMT, ekspeditsiya lazurit
Rixtgofen, ipak, So’gdiyona
Muloqat yo’li.
Agar O‘zbekistonning uzoq o‘tmishiga nazar solsak ham, yurtimiz uzoq qadimdanoq obod o‘lkalardan bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Buyuk ipak yo’li esa – qadimgi va o’rta asrlarda Sharq va G’arb mamlakatlarini ilk bor o’zaro bog’lagan qit’alararo karvon yo’li hisoblanadi.M.avv II -asrdan milodiy XVI asrgacha mavjud bo’lgan.Buyuk ipak yo’li atamasi qadimda ishlatilmagan.Uni tarixiy, geografik va madaniy jihatini ilmiy o’rganish amalda ko’plab mamlakat olimlari tomonidan XIX asrning 2-yarmidan boshlangan.Uni tadqiq etishga G’arbiy Yevropa ,Rossiya va Yaponiyalik olimlar katta hissa qo’shgan .Xususan,Yaponiyada Buyuk ipak yo’li ekspeditsiyasi nashr qilindi.1877-yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen o’zining “Xitoy” nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materigining turli qismlarini bog’lovchi yo’llar tizimini “Ipak yo’li “ deb atagan.Keyinchalik “Buyuk ipak yo’li atamasi” qabul qilingan.1987-yil YUNESKO madaniy taraqqiyot bo’yicha BMT ning umumjahon deklaratsiyasi doirasida Ipak yo’li –“muloqat yo’li”xalqaro dasturini qabul qildi. O’rta Osiyo xalqlariboy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi.Biroq uning asosiy maqsadi – Sharq bilan G’arb o’rtasida yanada mustahkam madaniy

hamda iqtisodiy aloqalar o’rnatish ,ushbu buyuk qit’alarda yashovchi ko’p sonli xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatalarni yaxshilashdan iborat.Ko’plab xalqato ilmiy konferensiya va seminarlar o’tkazildi.O’zbekistonda Buyuk ipak yo’lini tiklashga katta e’tibor qaratilmoqda.1995 yil 2-iyunda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning ‘’Buyuk ipak yo’lini qayta tiklashda O’zbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro sayyohlikni rivojlantirish’’ sohasidagi chora tadbirlar to’g’risidagi farmoni e’lon qilingan.Tarixga nazar tashlasak,O’rta Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yo’li bilan uzviy bog’liqdir.1 Xususan,m.avv II -asrdan boshlab Xitoy va O’rta Osiyo hududlari bilan savdo aloqalar rivojlanib bordi.Farg’ona ,Sog’d va Baqtriyaga ipakchilik kirib keldi.Karvon yo’li rivojlanib borgan sari savdo sotiq va hunarmandchilik ham rivojlanib bordi.Xulosa qilib aytganimda ,m.avv II -asrda paydo bo’lib,milodiy XVI -asrga qadar mavjud bo’lgan Buyuk ipak yo’li shu davr ichida Sharq va G’arb xalqlarining keng miqyosdagi o’zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yo’l orqali qilgan qadimgi xalqlarning o’zaro hamkorlik va almashinuv madaniyatlari boyib borishi kuzatilgan.


Xususan aytish mumkinki, almashinuv va mol ayirboshlash xalqlarning extiyoji hamda iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan.Masalan Yasminadan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi toshi va yna turli hil qimmatbaho toshlar tashilgan. Lazurit tashilgan yo’l o’z navbatida “Lazurit yo’li’’ deb atalgan.
Bu yo’l bilan bir paytda “Nefrit yo’li’’ ham tarkib topgan.
Bu yo’l Xo’tan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqasi bilan bog’lagan. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga So’g’diyona va Baqtriya davlatlaridan
Turli hil qimmatbaho toshlar, Xorazmdan esa feruza toshlari keltirilgan. Bu yo’nalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk ipak yo’li ga kirib mujassamlashgan.
Markaziy Osiyodan G’arbga va Janubga o’tkazilgan karvon yo’llarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga
Olib boradigan yo’llarni tarixchilar eramizdan avvalgi
2 asrning o’rtalarida deb hisoblaydilar.
O’sha davrda xitoyliklar uchun ilk bora
G’arb o’lkalari - Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.
"Qadimda va oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb mamlakatlarini ilk bor oʻzaro bogʻlagan qitalararo karvon yoʻli (miloddan avvalgi 2-asr— milodiy 16-asr). Buyuk ipak yoʻli yo’li atamasi ushbu yoʻldan tashilgan qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bogʻliq. Gʻarb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sirasrorlaridan bexabar boʻlishgan.2
Buyuk ipak yoʻli y.ni tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʻarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi“ nashr qilindi. 1877-yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materiganing turli qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini „Ipak yoʻli“ deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak yoʻli yo’li“ atamasi qabul qilingan.

Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida Oʻrta Osiyo karvon yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol boʻlishi mumkin. Iskandar saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar toʻgʻri yoʻlga solingan. Buyuk ipak yoʻli yo’lining sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol oʻynaganlar. Iskandar tomonidan Sugʻdiyona mamlakati istilo etilishi bilan koʻplab sugʻdiylar sharqqa tomon koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻli yo’lining markaziy qismini — Oʻrta Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha boʻlgan oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar. Oʻz navbatida Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirida oʻz hududini Oʻrta Osiyo tomon kengaytirish siyosati yurgizib bu yoʻnalishga alohida eʼtiborini qaratadi va bu yoʻl haqida maʼlumot toʻplash,


aygʻoqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi ChjanSzyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi Oʻrta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol shahridan Serika (Xitoy)gacha boʻlgan masofa boʻylab tuzilgan dastlabki batafsil yoʻllik makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu maʼlumotlar Klavdiy Ptolemeyning „Geografik qoʻllanma“sida saqdangan. Ptolemey esa oʻz navbatida bu maʼlumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107— 114 yillar oraligʻida yozilgan va bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu maʼlumotlarga kura, Buyuk ipak yoʻli yo’li 2 katta qismga boʻlingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqoʻrgʻon)gacha va Toshminordan Serikagacha. Yoʻlning Oʻrta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning jan. va Afgʻonistonning shim.gʻarbida joylashgan qad. viloyat)dan boshlangan. Ariyadan yoʻl shim.ga Margʻiyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi koʻhna Marv shahri harobasi) ketgan, soʻngra sharqqa burilib Baktra (Shim. Afgʻonistondagi Balx shahri)ga borgan.

Bu yerdan yoʻl shimol tomon yoʻnalib Termiz atrofida Amudaryodan oʻtilgan va soʻngra 2 tomonga ketilgan. 1si, shimol boʻylab Temir darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Fargʻonaga ketilgan. 2si, esa Surxondaryo vodiysi boʻylab togʻli oʻlkaga (hozirgi Qorategin) olib borgan. Har ikki yoʻnalish ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim olimlar Toshkent hududida, boshqalari Olay vodiysida joylashgan deb hisoblaydilar. Toshminordan soʻng yoʻl Oʻrta Osiyo hududidan tashqariga chiqqan, Ergashtom atrofida „savdogarlar qoʻnimgohi“ joylashgan, soʻngra yoʻl TaklaMakon choʻlidan oʻtib Dunxuanga, soʻngra Xitoyning qad. poytaxti — Chananga olib borgan. Bu yerdan yoʻl ehtimol shim.gʻarbga Koreya va Yaponiyaga ketgan boʻlsa kerak. Milodiy 5—8-asrlarda Buyuk ipak yoʻli yo’lining Yettisuv orqali Choch (Toshkent vohasi), Sugʻd, soʻngra Poykent, Marv boʻylab Eron Xurosoniga eltuvchi shim. qismi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayni shu davrda Eron orqali Vizantiyaga ipak olib oʻtish taqiqlanganligi munosabati bilan sugʻd savdogarlari Vizantiya va Turk xoqonlari vositachiliklarida Sugʻd va Xorazmdan Kaspiy dengizini aylanib oʻtib, Shimoliy Kavkazdagi dovonlardan oshib Qora dengiz va keyinchalik Konstantinopolgacha olib boruvchi yangi yoʻl tarmogʻini ochadilar. Gʻarbda yuksak kadrlangan, qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan ipak vositasida Vizantiya imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qoʻshni „varvar“ — german va slavyan qabilalarining hukmdorlarini oʻz tomonlariga ogʻdirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan. Ipak bu paytda 3 buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi oʻrtasidagi iqtisodiy raqobat obʼyektiga aylangan. Biroq, bu „ipak“ yoʻli aftidan uzoq vaqt mavjud boʻlmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarish boʻyicha monopol huquqdan mahrum boʻlgan, asr oxirida esa Vizantiya shu qadar koʻp miqdorda ipak yetishtirar ediki, uni Xitoydan keltirishga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo etilishi va uni asta sekin Zakavkazye va Oʻrta dengiz mamlakatlariga tarqalishi bilan Buyuk ipak yoʻlining tarixi tugaydi. Keyingi asrlarda, ayniqsa moʻgʻullar saltanati davrida garchand Sharq bilan Gʻarbni bogʻlovchi karvon yoʻli mavjud boʻlgani haqida koʻplab dalillarni keltirish mumkin boʻlsada, lekin „ipak yoʻli“ nomini unga shartli ravishda qoʻllash mumkin, chunki bu yoʻlning ahamiyatini endilikda ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar belgilar edi.


Koʻplab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferensiya (jumladan, Samarqand, 1990-yil okt.; Buxoro, 1996-yil fevral) va seminarlar oʻtkazildi. Buyuk ipak yoʻli yo’li boʻylab birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi, baʼzi arxeologik va meʼmoriy yodgorliklar taʼmirlandi. Baʼzi bir Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yoʻli yo’lini oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy ishlarlar olib borildi Maye, BMT va YUNESKO qaroriga koʻra, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan. 1997-yil mayda Oʻrta Osiyoni Eron bilan bogʻlagan Saraxs — Mashhad temir yoʻl uchastkasi qurilishi tugallandi, bu bilan Oʻrta Osiyo mamlakatlari Fors qoʻltigʻiga, Yevropa mamlakatlari esa Oʻrta Osiyoga chiqish imkoniga ega boʻldilar. Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari Buyuk ipak yoʻli yo’lini tiklash boʻyicha jahonshumul ahamiyatga ega boʻlgan loyiha amalga oshirilmoqda [Yevropa—Kavkaz—Osiyo transport yoʻlagi (TRACECA)]. Navbatdagi vazifa — Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi temir yoʻl uchastkasini qurishdir. Mana shu reja amalga oshgudek boʻlsa, Atlantika okeanidan tortib Tinch okeanigacha boʻlgan masofada Buyuk ipak yoʻli yo’lining „temir yoʻl“ varianti toʻla tiklangan boʻladi.4

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Sodiqov H. Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi
T:SHarq 2011
2.Mustabid tuzumning O’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari // Ma’sul muharrir Alimova D.
T:SHarq 2000
3. Sobirov.J Yunusova H. M arifatli jamiyat yratishda ozbek nyoshlarining salohiyati. Yosh tadqiqotchi jurnali/1. [11-13]
4.uz.wikipedia.org/wiki/Buyuk _Ipak_ yo’li
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Sodiqov H. Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi
T:SHarq 2011
2.Mustabid tuzumning O’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari // Ma’sul muharrir Alimova D.
T:SHarq 2000
Download 22.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling