95.Quyidagilardan qaysi birini auditorlik dalillarini to‘plash ketma-ketligiga taalluqli emas?
A.Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to‘plash.
B.Auditorlik amallarini bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni bayon qilish.
C.Auditorning bevosita kuzatish va moliya xo‘jalik muomalalarini o‘rganishi natijasida olingan dalillar.
D.To‘plangan dalillarni baholash.
E.To‘g‘ri javob yo‘q.
96.Quyidagilardan qaysi biri auditorlik dalillarini to‘plash usullariga taalluqli emas?
A.Mijoz korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish.
B.Ayrim xo‘jalik muomalalarni hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish.
C.Inventarizatsiya.
D.To‘plangan hujjatlarni baholash.
E.To‘g‘ri javob yo‘q.
97.Quyidagilardan qaysi biri auditorlik tashkilotining ish hujjatlari hisoblanmaydi?
A.Xo‘jalik yurituvchi subyekt hujjatlarining nusxalari.
B.Xo‘jalik yurituvchi subyektning tushuntirishlari, bildirishlari.
C.Auditorlik tashkilotining tahliliy hujjatlari.
D.Auditorlik tashkiloti tomonidan qo‘llanilgan amallar.
E.Noto‘g‘ri javob yo‘q.
98.Auditorlik dalillari olinish manbasiga ko‘ra qaysi turlarga bo‘linadi?
A.Yozma va og‘zaki.
B.Tasdiqlovchi, hujjatlashtirilgan.
C.Ichki, tashqi va aralash dalillar.
D.Manbali olingan dalillar.
E.Maxsus tahlil o‘tkazilgan dalillar.
99.Auditorlik to‘plash ketma-ketligidagi eng oxirgi pog‘ona qaysi pog‘ona hisoblanadi?
A.Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to‘plash.
B.Auditorlik amallarini bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni bayon qilish.
C.Auditorlik dalillarini to‘plashning maqsadini shakllantirish.
D.Dalillarni baholash.
E.Ekspert dalillariga qo‘shimchalar qilish.
100.Auditorlik ish hujjatlariga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
A.Analitik va sintetik registrlar.
B.Auditni rejalashtirish to‘g‘risidagi yozuvlar.
C.Muqobil balans.
D.Hujjatlarga qilingan xulosalar.
E.B va D javoblar.
Do'stlaringiz bilan baham: |