Mavzuning ishlanganlik darajasi. Diktant ko`chirib yozishdan eshituv uquvi orqali qabo`l qilinishi bilan farq qiladi. O`zbek tili orfografiyasi qoidalari faqat fonetik prinsip asosidagina emas, balki juda ko`hp so`zlar morfologik prinsip asosida ham yozilishi sababli faqat diktant orqali o`quvchilarni savodxon qilish mumkin emas. Uslubchilar o`zlarining dikkat e`tiborlarini diktantni orfografik mashqlarning foydali turiga aylantirishga qaratib, uning juda ko`p turlarini ishlab berdilar.
Tadqiqotning obyekti. Diktant O`quvchilarni yozma nutqini o`stirishda katta ahamiyatga ega, diktant uchun matn tanlash muhim masaladir. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. U sintaktik va leksik jixatdan sodda va tushunarli bo`lishi zarur. Diktant uchun tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Birinchi sinfda diktant yozishda mo`ljallangan matn to`rt - besh gapli bo`ladi. O`qituvchi matnni bir marta sekin va ifodali o`qiydi. Har bir so`zni diktovka qilib yozdiradi. Xar bir gap tugagandan so`ng takrorlab o`qiydi. O`quvchilarga yangi gap bosh xarflar bilan boshlanishini va oxirida nuqta qo`yilishini ham o`rgatiladi.
.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |