Савод ўргатиш даврида ноанъанавий ўқитиш технологиялари орқали ўқувчиларнинг билим савиясини ошириш усуллари


“Aqliy hujum” metodining shiorini tanlash


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana18.12.2022
Hajmi0.72 Mb.
#1029574
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Kitob 3427 uzsmart.uz

 “Aqliy hujum” metodining shiorini tanlash. Iloji boricha “Aqliy 
hujum”ning shioridan foydalangan ma`qul. Chunki aynan shu shior mutaxassislar 
komandasini g`oyalarning tezlik bilan tug`ilishiga jalb qiladi. Metodni o`tkazuvchi 
ekranda bir qancha shiorlarning variantlarini tavsiya qiladi. Masalan, 
1. Biz masalani echamiz va muammolar qolmaydi! 
2. Muammo o`ta murakkab, biz uni hal qilamiz! 
3. Har qanday muammo yagona to`g`ri echimga ega. Agar biz uni 
topolmasak dahshat bo`ladi! 
4. Har qilinmagan muammo asabni taranglashtiradi, kayfiyatni tushiradi
vijdonni qiynaydi. Vahima bizga yarashmaydi! 
5. Muammolarni hal qilish ko`nikmasini shakllantiramiz! 
“Klaster” metodi. “Klaster” (g`uncha,bog`lam) metodi pedagogik, didaktik 
strategiyaning muayyan shakli bo`lib, u o`quvchilarga ixtiyoriy muammo 
(mavzu)lar xususida erkin, ochiq o`ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish 
uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar 
o`rtasidagi aloqalar to`g`risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni 
talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob`ektga yo`naltirilmagan fikrlash shakli 
sinaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq 
ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o`quvchilar tomonidan 
chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda 
bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi. 
“Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab 
etiladi. 


37 
“Klaster” metodining qoidalari 
 
“Qarorlar shajarasi” (“Qarorlar qabul qilish”) metodi 
 
“Qarorlar shajarasi” metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar 
murakkab mavzularni o`zlashtirish, ma`lum masalalarda har tomonlama, puxta 
tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo 
xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to`g`risini 
topishga yo`naltirilgan texnik yondashuvlar. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi 
vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bor tahlil etish va 
uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. 
Guruh o`quvchilari ishtirokida qo`laniladigan “Qarorlar shajarasi” bir necha 
o`n nafar o`quvchilarning bilimlarini darajasini aniqlash, ularning fikrlarini 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling