Савод ўргатиш даврида ноанъанавий ўқитиш технологиялари орқали ўқувчиларнинг билим савиясини ошириш усуллари


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana18.12.2022
Hajmi0.72 Mb.
#1029574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Kitob 3427 uzsmart.uz

Tadqiqotning maqsadi: 3-sinf ona tili darslarida o‟quvchilarning bilim 
saviyasini oshirishda noan‟anaviy o‟qitish texnologiyalardan foydalanishning shakl 
va usullarini aniqlashdan iborat. 
Tadqiqotning obyekti: 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish 
texnologiyalari. 
Tadqiqotning predmeti: 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish 
jarayoni. 
Tadqiqotning farazi: 3-sinf ona tili darslarida o‟quvchilarning bilim 
o‟zlashtirish samaradorligi oshadi. Agarda: 
- O‟quv jarayonida inrerfaol usullardan foydalanish imkoniyatlari va 
afzalliklari ilmiy nuqtai nazardan asoslansa; 
- 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanishga qaratilgan 
ta`lim modeli haqidagi ma‟lumot umumlashtirilsa; 
- 3-sinf ona tili darslarida o‟quvchilar mustaqilligini ta‟minlashning va 
ta‟limni individuallashtirishning shakl va metodlari belgilansa. 
Malakaviy bitiruv ishini bajarishda tadqiqotning maqsadi va qo‟yilgan 
farazlar asosida quyidagi vazifalar belgilandi: 
- 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish imkoniyatlari va 
afzalliklarini mavjud ilmiy adabiyotlar va monografik tadqiqotlar natijalari asosida 
asoslash; 
- 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanishga qaratilgan 
ta`lim modeli haqidagi ma‟lumotlarni umumlashtirish; 



- 3-sinf ona tili darslarida o‟quvchilar mustaqilligini ta‟minlashning va 
ta‟limni individuallashtirishning shakl va metodlarini aniqlash; 
- 3-sinf ona tili darslarida ta‟lim samaradorligini oshirishga qaratilgan 
interfaol ta‟lim metodlari va didaktik o‟yinlardan foydalanish shakllarini belgilash. 
Mavzu muammosini yoritishga qaratilgan ushbu vazifalarni bajarishda 
quyidagi tadqiqot metodlaridan foydalanildi: ilmiy adabiyotlarni o‟rganish; 
pedagogik kuzatish; anketa so‟rovi; suhbat; intervyu; test so‟rovi; tahlil qilish
umumlashtirish; pedagogik tajriba; 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling