Савод ўргатиш даврида ноанъанавий ўқитиш технологиялари орқали ўқувчиларнинг билим савиясини ошириш усуллари


Sinonim va antonimlar ustida ishlash


Download 104.11 Kb.
bet15/20
Sana24.06.2023
Hajmi104.11 Kb.
#1653546
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Ñàâîä ¢ðãàòèø äàâðèäà íîàíúàíàâèé ¢ èòèø òåõíîëîãèÿëàðè îð àëè ¢ (1)

Sinonim va antonimlar ustida ishlash


Boshlang‟ich sinf o‟quvchilari 1-sinfdan boshlab so‟zlarning lug‟aviy ma`nolari bilan amaliy tanishib boradilar. Ularning ana shu bilimlarini shakllantirish maqsadida xilma-xil mustaqil ishlar olib boriladi. O‟quvchilarning sinonim, antonim va omonim so‟zlar yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning qiziqishlarini orttirish maqsadida bolalarni o‟ylantirishga, mulohaza yuritishga, so‟zlarni taqqoslashga da`vat etuvchi bir qator grammatik o‟yinlarni qo‟llash mumkin.

So‟zni boshqacha ayt o‟yini


O‟quvchilar boshlang‟ich sinflarda sinonim so‟zlar bilan ona tili va uni o‟qitish hamda boshqa darslarda tanishgan. Ularning ana shu so‟zlarga diqqati tortiladi. Natijada yuqori sinflarda ushbu mavzuni samarali o‟rganishga tayyorlaydi. O‟qituvchi sinf o‟quvchilarini bir necha guruhga ajratadi. Har bir guruh o‟qituvchi aytgan so‟zning sinonimini aytadi. O‟qituvchi botir so‟zini o‟qiydi, o‟quvchilar o‟z bilganlari bo‟yicha sinonim so‟z aytadi. Botir, qo‟rqmas, dovyurak. Har doim ham o‟qituvchining o‟zi sinonimlarning birini aytishi shart emas. Bu o‟yinni o‟quvchilarning o‟zlari davom ettirishi ham mumkin. Buning uchun birinchi guruh o‟quvchilari 4 so‟z aytishadi. Ikkinchi guruh o‟quvchilari tegishli sinonim so‟zlarni aytadi. Shundan keyin ikkinchi guruh o‟quvchilari 4 so‟z aytadi, birinchi guruh o‟quvchilari shu so‟zlarning sinonimini topib aytadi. O‟quvchilar aytadigan so‟zlar boshlang‟ich sinflarda o‟tilgan va o‟rganilgan
bo‟lishi lozim. Agar o‟rganilayotgan so‟zning birdan oshiq, sinonimlari bo‟lsa o‟quvchi ularni ham aytishi mumkin.
botir- qo‟rqmas, dovyurak kichik-mitti-jajji
katta-ulkan-ulug‟-bahaybat bahaybat –haybatli
vatan-diyor maqsad-niyat
mazali-lazzatli bahor-ko‟klam
gapirdi-aytdi askar-jangchi
yuz-bet-bashara shirin- mazali

AKSINI AYTISh O‟YINI.


Bu o‟yin orqali o‟quvchilarning qarama-qarshi ma`noli (antonim) so‟zlar yuzasidan olgan amaliy bilimlari mustahkamlanadi. Aksini ayt o‟yinini ham sinonim so‟zlar yuzasidan o‟tkaziladigan o‟yin tartibida uyushtirish mumkin.
qattiq-yumshoq kecha-kunduz
katta-kichik uzun- qisqa
achchiq-chuchuk tez-sekin
baland-past oq-qora
shirin-achchiq tuzli-tuzsiz
keng-tor yaxshi- yomon
O‟yinda qaysi guruh o‟quvchilari javob topolmay qolishsa engilgan hisoblanadi. Har bir o‟quvchining qiziqish va faol harakatini ta`minlash maqsadida harakatli o‟yinlardan ham foydalanishi mumin.Buning uchun o‟qituvchi bir so‟zni aytib, uning qarama-qarshi ma`nosini ifodalovchi so‟zni ayttilishi uchun o‟quvchiga koptokni irg‟itadi, o‟quvchi javobni aytish bilan koptokni yana o‟qituvchiga qaytaradi. O‟yin shu xilda davom ettiriladi. Sinf o‟quvchilarining barchasi berilgan savolga javob topishga tayyor turadi.

Download 104.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling