Savodxonlik bayrami senariysi
Download 60.26 Kb.
|
Savodxonlik bayrami ssenariylar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quvchilar birgalikda “Alifbo bayrami” qo’shig’ini aytishadi. ALIFBO BAYRAMI
- Uchala qiz” qo’shig’i ijro etiladi. Boshlovchi
- Munira
- YURTBOSHI. Maftunaxon
- Maftuna, Munira, Marjona, Barchinoy, _________lar ijrosida “Qo’g’irchoq” raqsi ijro etiladi. Boshlovchi
- Sahna ko’rinishi. Sahnaga yettita uloqcha hamda ona echki kirib kelishadi. Muallif (Feruzbek)
- Ona echki (Durdona)
- Uloqchalar (Sabina, Barchinoy, Nuriddin, Ozodbek, Beksulton, Xasanxo’ja, Xosila)
- Uloqchalar
- Ona echki
- Muallif
Barchinoy: Mana bizni bildingiz, So’zga quloq soldingiz. Bolalar bizni bilar, Bilganning baxti kular. Bizni derlar alifbo O’ttiz harf erur jo. Bolalarga do’st bo’ldik Yayrab o’ynadik – kuldik. O’quvchilar birgalikda “Alifbo bayrami” qo’shig’ini aytishadi. ALIFBO BAYRAMI Alifbodan harflarni Oldimizda saf tortishdi Biz or’gandik oz – ozdan, Askarlarday harflar Minnatdormiz o’rgatuvchi Barchasiga qo’shiqlarda Muallimdan – ustozdan Berib o’tdik ta’riflar Har bir harf daftarlarda Tilimizni sayratadi Gijinglaydi toy bo’lib Alifbomiz bayrami Yozganimiz ko’rinadi Dilimizni yayratadi Yulduz bo’lib, oy bo’lib Bayramlarning hurrami “Uchala qiz” qo’shig’i ijro etiladi. Boshlovchi: Barakalla, bolalar biz ko’rdikki, alifbodagi hamma harflarni tanib olibsiz. Lekin shu harflarni qo’shib so’zlar ham yoza olasizmi? 1 qizcha chiqadi: - Albatta, biz harflarni qo’shib o’zimiz uchun sevimli bo’lgan. Vatan, ota, ona, uztoz, yurtboshi kabi so’zlarni hech qiynalmay yoza olamiz. Marhamat hozir sizlar buning guvohi bo’lasiz. Munira: Bizni bag’riga bosgan Bolalar yayrab o’sgan Yuksalaver yildan – yil O’ZBEKISTON – JON VATAN Xasanxo’ja: Farzandiga jon fido Tinib – tinchimas also Bardam salomat bo’ling OTA – ONAM doimo. Charos: Bilimlar mamlakatin Makon aylagan bizda Ta’zimu rahmat deymiz Sizday aziz USTOZga. Jasurbek: Yosh avlodni o’ylagan Baxtimizni so’ylagan Sog’ omon bo’lsin boshi Rahmat senga YURTBOSHI. Maftunaxon: Bilim olish yoqadi Demaylik charchadik sal Barcha undan olamiz Ishoning doim 5 BALL. Xusanxo’ja: Qo’limizda bor kitob Yuzumiz qo’yo oftob Bizni doim bezaydi Go’zal xulq, yaxsho ODOB. Sevara: Bo’lsin doim osuda Ona – zamin albatta Osmon bo’lsin MUSAFFO Biz sevgan ona yurtida. Erdaulet: Bizlar maktab qo’ynida O’qib, olamiz bilim Kelajakni bolaylik Yurtga kerakli OLIM. Boshlovchi: Aziz mehmonlar. Hozir sizlarning e’tiboringizga o’g’il bolalar tomonidan tayyorlangan “Xorazmcha” raqsini havola etamiz. Marhamat tomosha qiling.. O’g’il bolalar ijrosida “Xorazmcha” raqs namoyish qilinadi. Charos, Sevara, Muniralar ijrosida “Kapalak” qo’shig’i ijro etiladi. KAPALAK. Hoy gul emgan kapalak, Qanotlaring ipakdek. Seni ko’rdim bog’chamda, Meni qilding jonsarak. Uchrataman har kuni Seni go’zal bog’chamda, So’rib gullar bargini O’tirasan olchamda. Shoshilib qolib uchasan. Sira tutqich bermasdan Guldan dulga ko’chasan. Maftuna, Munira, Marjona, Barchinoy, _________lar ijrosida “Qo’g’irchoq” raqsi ijro etiladi. Boshlovchi: Bolalar “Bilimlar mamlakati”da yana turli ertaklar bilan ham tanishishibdi. Hozir sizlarga o’zlari bilgan ertaklarini sahna ko’rinishi tarzida etiboringizga havola qilishadi. Navbat “Yetti uloqcha” ertagiga. Sahna ko’rinishi. Sahnaga yettita uloqcha hamda ona echki kirib kelishadi. Muallif (Feruzbek): Bir bor ekan, bir yo’q ekan qadim zamonda o’rmon chekkasidagi bir kulbada ona echki yetti uloqchasi bilan yashar ekan. Ona echki o’rmonga ketishida bolalariga tayinlar ekan. Ona echki (Durdona): Bolalarim, bolalarim. Men o’rmonga ketayapman. Eshikni xech kimga ochmanglar. O’rmonda ochko’z bo’ri izg’ib yuribdi. Muallif: Ona echki o’rmonga ketishi bilan bo’ri echkining uyiga kelibdi va ona echki kabi qo’shiq aytibdi: Bo’ri (Erdaulet): Uloqchalar bolajonlar Tezroq oching eshikni Onangiz keldi kulib Yelini sutga to’lib. Uloqchalar (Sabina, Barchinoy, Nuriddin, Ozodbek, Beksulton, Xasanxo’ja, Xosila): Qani tuyog’ingizni ko’rsating-chi? Bo’ri oyog’ini ko’rsatadi. Uloqchalar: Voy bo’ri ekan. Yolg’onchi bo’ri. Muallif: Bo’ri qaytib ketibdi va o’rmondan ona echki qaytibdi. Ona echki: Uloqchalar bolajonlar Tezroq oching eshikni Onangiz keldi kulib Yelini sutga to’lib. Uloqchalar: Onajon. Ochko’z bo’ri keldi biz eshikni ochmadik. Deb chuvalashdi. Ona echki: Bolalarim, bolalarim. Men o’rmonga ketayapman. Eshikni xech kimga ochmanglar. O’rmonda ochko’z bo’ri izg’ib yuribdi. Muallif: Ona echki o’rmonga ketishi bilan bo’ri echkining uyiga kelibdi va ona echki kabi qo’shiq aytibdi: Bo’ri: Uloqchalar bolajonlar Tezroq oching eshikni Onangiz keldi kulib Yelini sutga to’lib. Uloqchalar: Qani tuyog’ingizni ko’rsating-chi? Bo’ri kulga belangan oyog’ini ko’rsatadi. Uloqchalar eshikni ochishadi. Muallif: Bo’ri uloqchalarni yutib yuboribdi. Shu payt ona echki o’rmondan qaytibdi. Ona echki: Voy eshik ochiqmi? Bolajonlarim…… Muallif: Bekinib olgan eng kenja uloqcha chiqadi. Uloqcha (Barchinoy): Onajon ochko’z bo’ri opa akalarimni yeb qo’ydi. Ona echki: Uloqcha o’g’lonlarim. Nechun erta so’ndingiz. Bo’riga yem bo’ldingiz. Bo’ri: Voy ayyor echkiey. Men uloqchlaringni yeganim yo’q! Ona echki jahl bilan bo’rini bir suzadi. Bo’rining qoni yorilib uloqchalar chiqib kelishadi. Muallif: Ona echki va uloqchalar ochko’z bo’ridan qutilishib shod xurram yashashibdi. “Non yopganda” qo’shig’i ijro rtiladi. Download 60.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling