Savol: aqshda korporatsiyalar nima, ularning faoliyati? Javob
Download 15.42 Kb.
|
2. Korparatsiya
Savol: AQSHda korporatsiyalar nima, ularning faoliyati? Javob: Korporatsiya (lotincha: corporatio — birlashma, uyushma, hamjamiyat) — rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron bir faoliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmui. Korporatsiya bir kasb yoki faoliyat sohasida fuqarolarni birlashtirishi ham mumkin. XIX-asr oʻrtalarida paydo boʻlgan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xoʻjalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega. Korporatsiyalar negizini aksiyadorlik jamiyatlari tashqil qiladi. XIX-asrning II-yarmidan xalqaro korporatsiyalar keng rivoj topdi. Aksariyat hollarda korporatsiyalar bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chikaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Ayni paytda korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiytexnika taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardoshligi va uzoq hayotiy shklini taʼminlaydi. Mulk egaligi maqomiga koʻra, davlat, xususiy, aralash (qoʻshma) korporatsiyalarga, tarmoqlar boʻyicha sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, aloqa va boshqa turdagi korporatsiyalarga boʻlinadi. Rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlari korporatsiyaga uyushgan hollar koʻp uchraydi (mas, „Daewoo“ korporatsiyasi). Oʻzbekistonda birinchi korporatsiyalar XIX-asrning 90-yillaridan boshlab sanoatning turli tarmoqlarida paydo boʻldi. Forbes talqiniga ko‘ra, Apple korporatsiyasi, Uorren Baffetning Berkshire Hathaway xoldingi va JP Morgan Chase moliyaviy guruhi AQShning eng yirik kompaniyalari ro‘yxatida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Reytingni tuzishda daromad, foyda, aktivlar va kompaniyaning 2018 yil 17 aprel kungi holatda bozordagi qiymati hisobga olindi. Har bir ko‘rsatkich uchun ballar berildi: ular qanchalik ko‘p bo‘lsa – kompaniyaning ro‘yxatdagi o‘rni shuncha yuqori bo‘ldi. Morgan Stanley bang xoldingi 1935 yilda Genri Morgan va Garold Stenli tomonidan investitsion amaliyotlarni bajarish uchun tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda bu 42 davlatda 1300 ofisdan iborat tarmoqqa egalik qiluvchi transmilliy moliyaviy korporatsiya. Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari – iste'mol krediti, korporativ aktivlarni boshqarish, birja faoliyati, brokerlik xizmatlari va investitsion maslahatlar. IBM kompaniyasi – uskunalar va dasturiy ta'minotning eng yirik ishlab chiqaruvchisi hamda yetkazib beruvchilaridan biri. Kompaniya o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan maslahat va boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatadi; hozirgi vaqtda Global Services bo‘linmalari IBM tuzilmasida eng ko‘p daromad keltiruvchi sanaladi. Boshqa muhim bo‘linmalar - Software Group (dasturiy ta'minot), Systems & Technology Group (uskunalar ishlab chiqarish), Watson Group (kognitiv hisob-kitoblar), shuningdek, IBM Research tadqiqot bo‘linmasi. Boeing shu nomdagi samolyotlar, shuningdek, kosmik va harbiy texnikani ishlab chiqaradi. 2017 yilda kompaniya Forbes aviasozlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Boeing model qatorasida tijorat va harbiy samolyotlar hamda vertolyotlar, raketalar, sun'iy yo‘ldoshlar, raketalarga qarshi mudofaa tizimlari, aloqa tizimlari bor. Boeing kosmik qurilmalarni uchirish, aviatsiya texnikasini ta'mirlash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlarni ham taklif etadi. Boeing tuzilmasiga Boeing Engineering Operations & Technology va Shared Services Group bo‘linmalari ham kiradi, ular turli xil xizmatlarni ko‘rsatadi. Kompaniya o‘z mahsulotini 90ta davlatga yetkazib beradi. Download 15.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling