Mavzu: birja ishi mexanizmi. Reja: Birja faoliyati mexanizmi. Birja savdosini tashkil etish


Download 133.82 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi133.82 Kb.
#1556826
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdulhamid


MAVZU:BIRJA ISHI MEXANIZMI.


REJA:


1. Birja faoliyati mexanizmi.


2. Birja savdosini tashkil etish.


3.Qimmatli qog’ozlar kotirovkasi.


4. Birja azolari,birja brokerlari. Birjadagi brokerlik joyi.


1.Birja faoliyati mexanizmi
Fond birjasi o’z faoliyatida qonun hujjatlariga, birja ustaviga hamda qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan birja savdolari qoidalariga amal qiladi.
Fond birjasi qonunchilikka muvofiq ro’yxatdan o’tkaziladi va u qimmatli qog’ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun Davlat mulkini boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organidan litsenziya oladi. Birja faoliyati yuritish uchun litsenziya olmagan tashkilot bunday faoliyat yurtishga haqli emas.
Qonun hujjatlariga muvofiq fond birjalariga qo’yilgan talablarga javob beradigan boshqa birjalar qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organining yozma xulosasi asosida o’zining tuzilmasida fond bo’limlarini tuzishga haqli.
Boshqa birjalarda fond bo’limlarini tuzishga va faoliyatiga qo’yiladigan talablar qonunchilikda belgilanadi.
Qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyat olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziyasi) bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasi muassislari bo’lishlari mumkin.
Qimmatli qog’ozlar bilan birja savdosini amalga oshirish qoidalari birjaning oliy boshqaruv organi tomonidan qimmatli qog’ozlar bozorini tartiblashtirish bo’yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan xolda tasdiqlanadi.
Birja savdolari – bu birja tomonidan o’tkaziladigan birja tovarlari savdolari. Birja savdosi markazlashgan tarzda barcha qatnashchilarga savdoda bir vaqtning o’zida ishtirok eti Birja savdolarida faqat birja a’zolari qatnashadi.
Birja a’zolari – bu birja tomonidan o’rnatilgan tartibda birjadan brokerlik joyini olgan (yoki sotib olgan) yuridik shaxslar. Davlat organlari va ularning hizmatchilari birja a’zosi bo’la olmaydi. Birja a’zolarining xuquq va majburiyatlari tegishli qonun hujjatlari, birja Ustavi va birja oni bilan o’tkazila Brokerlik joyi (o’rni) – bu birja savdolari va birja faoliyatida qatnashish xuquqi. Bu xuquq odatda birja a’zosi tomonidan sotib olinadi.
Birja operatsiyasi – bu qimmatli qog’ozlar bo’yicha birja vositachilari (brokerlar) o’rtasida tuzilgan standart bitishuv (shartnoma).
Birja shartnomasi – bu birja tomonidan ro’yhatga olingan birja savdosi natijasi asosidagi narh va miqdorda belgilangan qimmatli qog’ozlar bo’yicha oldi-sotti shartnomasi. Birja shartnomalari birja nomidan va hisobidan amalga oshirilmaydi.
Birja shartnomalari qatnashchilari – bu birja a’zolari. Sharnomalar brokerlik va dilerlik asosida tuzilishi mumkin.
Birja a’zolarini savdolarga qo’yish faqatgina ularda professional faoliyat olib borish uchun tegishli litsenziyaga ega bo’lgandan keyin ruxsat etiladi. Boshqa birjaning a’zosi qimmatli qog’ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida faoliyat olib borish uchun litsenziyaga ega bo’lsa fond bo’limlari tomonidan tashkil etilgan savdolarda ishtirok etish huquqiga ega.
Birja savdosini amalga oshirish qoidalari birjaning oliy boshqaruv organi tomonidan qimmatli qog’ozlar bozorini tartiblashtirish bo’yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
.Qoidalarda quyidagilar nazarda tutilmog’i lozim:

  • - mazkur birjada qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi printsiplari;

  • - birja oldi-sotdisi qatnashchilarning tarkibi hamda ularga qo’yiladigan talablar majmui;

  • - birja savdolarining joyi va vaqti to’g’risida ma’lumot;

  • - qimmatli qog’ozlarni birja oldi-sotdisiga chiqarish tartibi;

  • - birja bitimlarining tavsifi;

  • - mijozlar brokerlarga beradigan topshiriq (buyruq) turlari;

  • - tuzilgan bitimlar bo’yicha tekshiruv va hisob-kitob tartibi;

  • - oldi-sotdini tashkil etish;

  • - bitimlarni ro’yxatdan o’tkazish va rasmiylashtirish tartibi;

  • - qimmatli qog’ozlar muomalasini amalga oshirishda foydalaniladigan shartnoma, hisobot, buyurtma va xabarnomalar hamda birjaga oid boshqa hujjatlar namunalari.

Birja faoliyatining moliyaviy ta’minoti:



  • - birja aktsiyalari va paylarini sotish;

  • - birjadagi brokerlik o’rinlarini sotish;

  • - birja a’zolari muntazam to’lab boradigan a’zolik badallari;

  • - birja bitimlarini ro’yxatdan o’tkazishda olinadigan yig’imlar;

  • - birja ustavida nazarda tutilgan axborot xizmati va boshqa xizmatlar ko’rsatishdan keladigan daromadlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

Qimmatli qog’ozlari listing toifasi bo’yicha kiritilgan emitent har chorakda birjaga moliyaviy hisobotni taqdim etishi zarur. Listing korxonasi tegishli natijalarga erishgan holatda listing komissiyasi uning qimmatli qog’ozlarini bir guruhdan (A, V, S, D) boshqasiga o’tkazishi mumkin.
Rasmiy birja ro’yxatining tegishli sektsiyasida bo’lgan qimmatli qog’ozlarga nisbatan quyidagi choralar ko’rilishi mumkin:

  • qimmatli qog’ozlarning birja rasmiy ro’yxatida bo’lishini
    to’xtatish;

  • delisting – emitentning qimmatli qog’ozlarini birja
    rasmiy ro’yxatinimg tegishli toifasidan chpqarish yoki butunlay ro’yxatdan chiqarish.

Delistingning uch xil turi mavjud: muvaqqat delisting, doimiy delisting va mutlaq delisting Birja quyidagi sabablarga ko’ra emitentning qimmatli qog’ozlarini birja rasmiy ro’yxatida bo’lishini keyinchalik to’xtatib qo’yishi mumkin:

  • davlat organining korxonani yopish to’g’risidagi qarori;

  • D guruhi ko’rsatkichlaridan birining pasayishi;

  • moliyaviy ahvolning yomonlashuvi va zarar ko’rib ishlash alomatlarining paydo bo’lishi;

  • birja bilan tuzilgan shartnoma shartlarining listing korxonasi tomonidan buzilishi;

  • listing arafasida turgan korxona tomonidan birja bilan kelishuvlarning buzilishi;

  • listingga kiritilmagan korxona tomonidan birja savdolari qoidalarining buzilishi;

  • rasmiy birja ro’yxatidagi korxona tomonidan reestrni yuritish qoidalarining buzilishi.

Listing korxonalari qimmatli qog’ozlarining delistingi muvaqqat, doimiy va mutlaq bo’lishi mumkin. Muvaqqat delisting holatida emitentning qimmatli qog’ozlari listing arafasi toifasiga o’tkaziladi. Doimiy delisting chog’ida emitentning qimmatli qog’ozlari listingdan tashqari toifaga o’tkaziladi. Mutlaq delisting holatida esa, emitentning qimmatli qog’ozlari birja rasmiy ro’yxatidan o’chirilishi lozim.
Listing korxonasining muvaqqat delistingi shuni anglatadiki, emitentda qisqa muddat ichida bartaraf etilishi mumkin bo’lgan muammolarning paydo bo’lganligi sababli uning qimmatli qog’ozlari rasmiy birja ro’yxatidan listing korxonalari toifasi bo’yicha vaqtincha chiqariladi.



Download 133.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling