Mavzu: birja ishi mexanizmi. Reja: Birja faoliyati mexanizmi. Birja savdosini tashkil etish


Download 133.82 Kb.
bet9/9
Sana18.06.2023
Hajmi133.82 Kb.
#1556826
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdulhamid

Nyu York Fond Birjasi
Nyu York Fond Birjasi ( New York Stock Exchange, NYSE) AQShning asosiy fond birjasi, dunyodagi eng yirik fond birja bulib hisoblanadi;
Nyu York Fond Birjasi 1792 yilning 17 maida tashkil etilgan

  • Faoliyat turi: Fond birjasi

  • Joylashgan eri:Wall Street 9-15, Nyu-York, AKSh; 40°42’24” sh.k 74°00’41” g’.u.

  • Muassis: NYSE EURONEXT

  • Mulkchilik shakli:Xususiy

  • Prezidenti:Dunkan Nideraur

  • Valuta: AKSh dollari($)

  • Kapitalizatsiya darajasi:$ 28 500 mlrd (2009-y)

  • Savdo xajmi:$ 22 000 mlrd (2009-y)

  • Listingdan o’tgan korxonlar soni: 2773 ta (2009-y)

NEW YORK fond birjasining tarixidan
NEW YORK fond birjasi (bundan keyingi o’rinlarda NFB) dastlab 1792-yil 17-mayda 24 nafar tadbirkor (broker) birinchi brokerlik kelishuvini tuzishgan va ayni paytda NEW YORKda ilk uyushgan fond birjasiga asos solishgan. 1817-yil NFB Konstitutsiyasi qabul qilindi.1867-yildan aktsiyalar kursi telegrafdan uzatila boshlandi.
Indekslarning dastlabki ko’rinishi (Dow Jones) 1884-yilda paydo bo’lgan va u 9 ta temir yo’l va 2 ta sanoat kompaniyasini o’z ichiga olgan. Ushbu indeks keng ommaga ma’lum qilinmagan va fakat ichki tahlil uchun foydalanilgan.
Ilk marotaba ushbu indeks 1896-yil “sanoat” indeksi sifatida e’lon qilingan. Ayni paytda ushbu indeks 12 ta kompaniyaning o’rtacha arifmetik baxosini o’zida aks ettirgan.
Ilk marotaba ushbu indeks 1896-yil “sanoat” indeksi sifatida e’lon qilingan. Ayni paytda ushbu indeks 12 ta kompaniyaning o’rtacha arifmetik bahosini o’zida aks ettirgan
Birjada faoliyat yuritish uchun unga a’zo bo’lish talab qilinadi. Joylar soni chegaralangan bo’lib, turli davrlar mobaynida ushbu o’rinlarning narxi talab va taklifga qarab o’zgarib turgan.
Masalan, 1800-yilda atigi $25 turgan bo’lsa, 1974-yilda $35 000, 1987-yil $1 150 000, 2000-yilda $2 000 000, hozirgi kunda esa $ 2 600 000 atrofida saqlanib turibdi.
Birja a’zolari faqatgina jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. Kompaniyalar odatda o’z xodimlari nomiga birjadan o’rin xarid qilishadi yoki ijaraga olishadi.
Amaliyotda “Merill Linch” kabi yirik brokerlik firmalari o’zining xodimlari uchun joy xarid qilishadi, bunda mexnat shartnomasida agar xodim ishdan bo’shaydigan bo’lsa brokerlik joyini tashlab ketishi nazarda tutiladi.
1966-yil NFBning operatsion zali avtomatlashtirildi. 1977-yilga kelib xorijiy brokerlar NFBda savdo qilishiga ruxsat berildi.2003-yil 1-yanvardan NYSE Tsomposite indeksi 5000 punkt bilan oborotga qo’yildi.2006-yil NYSE va ArtsaEX fond birjalari NYSE Group,Ints nomi ostida birlashdi.Shu yilning o’zida NYSE Grup,Ints va Euronext fond birjalari NYSE Euronext nomi ostida birlashdi. Va hozirgi kunda NFBining to’liq nomi NYSE Euronext hisoblanadi.
Kompaniya aksiyalari NFBda kotirovka kilinishi uchun kuyidagi talablar bajarilishi kerak:
1.So’nggi yil uchun soliq to’lagunga qadar foydasi $2,5mln
2.So’nggi 2 yilgi foydasi $2mln
Moddiy aktivlarning sof qiymati $18mln
4.Jismoniy shaxslar qo’lidagi aksiyalar qiymati $1,1mln
5.Aksiya kursining bahosi $18mln
100 va undan ortik aktsiyalarga ega bo’lgan askionerlarning minimal soni 2000 nafar
7.Aksionerlik kompaniyasi xar bir aksinoneri uchun kompaniyaning muhim qarorlar qabul qilishida har bir aksionerning shaxsan yoki ishonchnoma bilan o’zga kishini qatnashishini ta’minlashi shart.
Listing to’lovlari
Oddiy aktsiyalar uchun listing to’lovlari yiliga har bir aktsiya uchun $ 0.0032 , lekin bu to’lov $50 000 dan oshib ketmasligi kerak
Kompaniya qo’shimcha aktsiya chiqarganda quyidagi to’lovlarni amalga oshiradi:
-75mln dona aksiyagacha har biri uchun $0.0048
-75-300mln dona aksiyalar uchun $0.00375
-300mln dona va undan ortiq aksiyalar uchun $0.0019

Kompaniya NFB listingidan o’tishi uchun quyidagi hujjatlarni topshirishi talab qilinadi



  • Ariza

  • NFB da faoliyat yuritish qoidalari bilan tanishilganligi hakida kompaniyaning bildirishnomasi

  • Kompaniyaning mas’ul xodimi tomonidan imzolangan taqsimot qarori

  • O’z majburiyatlarini bajarishi yuzasidan kompaniyadan kafolat xati

  • 1934-yilda qabul qilingan “Qimmatli qog’ozlar bilan savdo qilish xakida” Federal Qonunning nusxasiga kompaniyaning tanishib chiqqanligi hakida imzosi

  • Aksionerlarning ro’yxati

Kompaniyaning quyidagi ro’yxatda ko’rsatilganlar bo’yicha qarori:

  • Direktorlar kengashining qimmatli qo’g’ozlarni NFB listingiga kiritish to’g’risida

  • Direktorlar kengashining kaysi qimmatli qo’g’ozlar bilan savdo qilish hakida

  • Direktorlar kengashining trnsfer agent va registrator tayinlashi hakida

  • Listing shartnomasini bajarilishi hakida mansabdor shaxsning imzosi va muxri

  • Listing to’lovlarini to’lanilishi hakida kompaniyaning bankdagi hisobvarag’idan ko’chirma

  • Qimmatli qo’g’ozlarning haqiqiyligi haqida tegishli organning tasdik xati;

To’lanmagan dividendlar va bajarilmagan majburiyatlar bo’yicha ma’lumotnoma


Download 133.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling