Mavzu: birja ishi mexanizmi. Reja: Birja faoliyati mexanizmi. Birja savdosini tashkil etish


Download 133.82 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi133.82 Kb.
#1556826
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdulhamid

Brokerlik joyi (o’rni) – bu birja savdolari va birja faoliyatida qatnashish huquqi. Bu huquq odatda birja a’zosi tomonidan sotib olinadi.
Brokerlik joyini bevosita fond birjasidan sotib olish.
Mazkur usul xaridor tomonidan brokerlik joyini sotib olish istagi to’g’risidagi arizaning berilishini nazarda tutadi. Birja ushbu arizani 10 kunlik muddatda ko’rib chiqadi. Boshqaruv ijobiy qaror qabul qilgan hollarda birja va xaridor o’rtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari, bitimning ayrim boshqa shartlari kelishib olinadi. Brokerlik joyi uni xarid qilish vaqtida Boshqaruv tomonidan belgilangan narxda sotib olinadi. "Toshkent" birjasining fond bo’limi va "Toshkent" RFBning vujudga kelishi davrida aksariyat ko’pchilik hollarda brokerlik joylari bevosita birjadan sotib olindi.
Brokerlik joyini birja savdolari orqali sotib olish.
Bunday holatda brokerlik joyini sotib olishni istovchi shaxs birja savdolariga ruxsat etilgan broker bilan brokerlik joyini birja savdolarida sotib olish to’g’risida topshiriq shartnomasini tuzadi. Broker tomonidan brokerlik joyini xarid qilish to’g’risidagi topshiriq bajarilganidan so’ng xaridor brokerga (kelishuvlarga ko’ra) va fond birjasiga vositachilik haqini to’laydi. Brokerlik joylarini birja savdolari orqali sotish umumiy asoslarda "Toshkent" RFBda qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni bajarishning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Brokerlik joyini birja savdolari orqali sotishni xohlovchi shaxs fond birjasiga joyni savdolarga qo’yish haqidagi arizani, uning narxi to’liq to’langanligini tasdiqlovchi hujjat (brokerlik joyiga sertifikat), mazkur joy zamirida garov majburiyatlarining yo’qligi haqida kafolatnomani taqdim etishi, shuningdek, fond birjasini o’zining oldidagi biror–bir bajarilmagan majburiyatlari (bajarilgan bitimlar bo’yicha vositachilik haqlari, jarimalar, penyalar va h.k.) yo’qligini tasdiqlashi zarur. Ushbu vaziyatda bro­kerlik joyining narxi sotuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda belgilanadi. Brokerlik joyining narxiga qo’shimcha qiymat solig’i ham qo’shiladi.
Brokerlik joyini birja savdolarisiz xarid qilish.
Agar so­tuvchi va xaridor bir–birini mustaqil ravishda topsa, oldi–sotdi bitimini rasmiilashtirish uchun brokerlik joyining birja savdolariga quyilishi talab etilmaydi. Ular o’rtasida birja tomonidan tasdiqlangan namunaviy shakl bo’yicha brokerlik joyini oldi–sotdi shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnoma ro’yxatga olish va brokerlik joyini qayta rasmiylashtirish uchun birjaga topshiriladi. Bunda birjaga shartnomani birjada ro’yxatga olish vaqtida birjaning Boshqaruvi tomonidan belgilangan brokerlik joyi kiymatining o’rnatilgan miqdorida ro’yxatga olish yig’imi to’lanadi. Ro’yxatga olish yig’imi birjaga kelishuvlarga ko’ra yo sotuvchi tomonidan, yo bo’lmasa, xaridor tomonidan to’lanadi. Ushbu holat shartnomada aks ettiriladi va bunda ro’yxatga olish yig’imining summasi brokerlik joyining qiymatiga kiritilishi mumkin.
Brokerlik joyini ijaraga berish. Brokerlik joyi bir yildan ortiq muddatga o’zaytirish bilan ijaraga berilishi mumkin. Bunda ijarachi (ijaraga oluvchi) birjaning vaqtinchalik a’zosi maqomiga ega bo’ladi. Bu shuni anglatadiki, ijara davri mobaynida ijarachi birja a’zolarining yigalishlarida va birjaning Boshqaruvi oldida faqat brokerlik joyi egasining ishonch qog’ozi orkali fond birjasi a’zosining manfaatlarini ifoda etishi mumkin.

Download 133.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling