Savol: Aynan shu yili Betti bilan qanday tarixiy voqea roʻy berganini toping. Javob
Savol: Sharhlovchi qaysi Yevropa davlat futbol oʻyinini bunday taʼriflagan? Javob
Download 11.55 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
Savol: Sharhlovchi qaysi Yevropa davlat futbol oʻyinini bunday taʼriflagan?
Javob: Islandiya. Izoh: Ularning oʻyin uslubi xuddi geyzerlarnikiga oʻxshaydi. 2. Bir kompaniya mutaxassislari eng qoʻrqinchli filmlar roʻyxatini tuzib chiqishgan. Bu roʻyxat tanqidchilar baholari asosida emas, balki tomoshabinlarning IKSi asosida tuzilgan edi. Savol: IKS ni 2 soʻz bilan yozib bering. Javob: Yurak urishi. Izoh: Vahimali kinolarni ko‘rganda inson yuragi odatdagidan tezroq uradi. Mana shunga qarab kinoning qo‘rqinchlilik darajasini aniqlashgan. 3. “Ming bir kecha” dagi ertaklardan birida Bogʻdod xalifasi bir turdagi qushlarni boqib koʻpaytirganligi va ular xalifaga hatto oʻgʻillaridan ham kerakliroq boʻlganligi yozilgan. Savol: Maksimal aniqlikda ayting, qanday qushlar haqida gap bormoqda? Javob: Pochtachi kabutarlar. Izoh: Xalifaga muhim xabarlarni yetkazishda pochtachi kabutarlar juda qo‘l kelgan. 4. Bir latifaga koʻra, biologiya fanida berilgan bu savolga oʻquvchi shunday javob beradi: chunki afrikaliklar ham farzand koʻrishni xohlashadi. Savol: Qaysi savol? Javob: Nima uchun laylaklar kuzda issiq mamlakatlarga uchib ketadi. Izoh: Bilamizki, bolalar orasida bolalarni laylak olib keladi degan gap yuradi. 5. 1809-yilning may oyida Vena oʻq yomgʻiri ostida qolgan. Shunda U 2ta yostiqni olib oʻzini yertoʻlaga otadi. Bundan maqsad esa, oʻzida ozgina qolgan narsani saqlab qolish edi. Savol: U kim edi? Javob: Lyudvik van Betxoven. Izoh: Betxoven deyarli eshitmas edi. Oʻqlar shovqinidan butunlay kar boʻlib qolmaslik uchun quloqlarini yostiqlar yordamida berkitgan. 6. 19-asrda baʼzi sportchilar musobaqa payti muxlislardan ularni uygʻotib yuborishlarini soʻrardi. T.Uilson tomonidan ixtiro qilingan atribut esa bu holatni oʻzgartirdi. Savol: Ushbu atributni 2 soʻzda yozib bering. Javob: Shaxmat soati. 7. Yaqin yaqingacha Ispaniyadagi ayrim muassasalar darvozasi tepasida quyidagi yozuvni uchratish mumkin boʻlgan: “Bu yerdagilarning hammasi ham Ular emas, Ularning hammasi ham bu yerda emas”. Download 11.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling