Savol: Bu qaysi asar? Javob


Download 29.89 Kb.
bet1/5
Sana17.02.2023
Hajmi29.89 Kb.
#1209045
  1   2   3   4   5
Bog'liq
To\'garak Maktab 14.02.2023

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol

I tur


1. Bu asar voqealari Andijon, Samarqand, Xo‘jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo‘lgan qamrovga ega. Unda deyarli 50 yillik voqealar ifoda topgan.
Savol: Bu qaysi asar?
Javob: Boburnoma.
Izoh: Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari Boburning tug‘ilgan shahri Andijondan tortib vafot etgan shahri Agragacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi.


2. Tarixchi Stiven Starrning aytishi bo‘yicha Beruniy va Ibn Sino o‘rtasidagi yozishmalar hajmi ko‘p bo‘lgan. Shu sababli o‘sha davrda urf bo‘lgan ULARdan deyarli foydalanishmagan.
Savol: Ularni 2 so‘z bilan yozib bering.
Javob: Pochtachi kabutarlar.
Izoh: O‘sha davrda xatlar pochtachi kabutarlarda yuborilgan. Lekin Beruniy va Ibn Sinoning yozishmalari hajmi shunchalik ko‘p bo‘lganki, ularning maktublari kabutarlarga og‘irlik qilgan.


3. Hind qabilalari U haqida “urushning kichik ukasi” degan fikr bildirishgan. Bir fransuz esa Uni “tinchlik elchisi” deb atagan.
Savol: Uni bir bo‘g‘inli so‘zda yozib bering.
Javob: Sport.
Izoh: Bu fransuz Kubertyen. Sport haqida shunday ta’riflar berilgan.


4. Bu o‘yinchoqni ilk marta 1959-yilda amerikalik ayol Rut Xendler qiziga sovg‘a qilgan. Shundan keyin, bugungacha millionlab onalar bu o‘yinchoqni qizlariga sovg‘a qilib kelmoqda.
Savol: Ushbu o‘yinchoqning ismini yozib bering.
Javob: Barbi.
Izoh: Qizlarning eng sevimli sovg‘asi tabiiyki qo‘g‘irchoqdir. Rut Xendler “Mattel toys” korxonasi asoschisining xotini bo‘lgan. Qo‘g‘irchoq esa qizchaning ismiga Barbi qo‘g‘irchog‘i deya nomlangan.


5. Sharq donishmandligiga ko‘ra, insonlar bahslashishsa, ularning qalblari uzoqlashib, oralarida ulkan masofa paydo bo‘lar ekan. Shu sababdan ham bu masofani bartaraf qilish uchun ular BU ISHni qilishar ekan.

Download 29.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling