Savol: Uni bir xil harf bilan boshlanuvchi ikkita so‘z bilan yozib bering.
Javob: Qorbobo qopi.
II tur
1. “I can’t get satisfaction” [Ay ken’t get satisfekshn] qoʻshigʻi g‘oyasi Kit Richardsning kallasiga yarim kechasi kelganda, u darhol magnitofonga kuylab yozib olgan. Keyinchalik aniqlanishicha, yozuvning katta qismi Undan iborat ekan.
Savol: U nima?
Javob: Xurrak.
Izoh: Tushida melodiyaga g‘oya keladi, darhol magnitofonga yozib uxlab qoladi. Ertalab eshitib koʻrsa bir nechta nota va bir necha soatlik xurrak ovozini eshitadi.
2. Gvatemala tumanlaridan birida vafot etgan qarindoshlar bilan gaplashish uchun ma’raka kuni BU ISHni qilishadi. BU ISHni qilish ko‘pchilik davlatlarda ko‘ngilocharlik sifatida qaralsa, ba’zilarida esa musobaqa sifatida ham amalga oshiriladi. Siz ham BU ISHni yaqin oylar ichida amalga oshirishingiz mumkin.
Savol: BU ISH deganda nima nazarda tutilgan?
Javob: Varrak uchirish.
3. Ma’lumki, farzand tug‘ilishi bilan unga ism qo‘yiladi. O‘zbeklarda shunday ism borki, go‘yoki ota-onalar o‘zlarini aldab, biz uni tanimaymiz deb qo‘yganga o‘xshaydi. “Ikki eshik orasi” romanida ham shunday ismli qahramon mavjud.
Savol: Qaysi ism?
Javob: Kimsan.
Izoh: Farzandlari vafot etaversa Kimsan deb ism qo‘yishadi, bu bizning bolamiz emas, biz uni tanimaymiz degan ma’noda.
4. Fan Doktori Yosir Darvish bir kasb egalarini asalarilarga o‘xshatgan. “Asalarilar kabi achchiq gullardan shirin va foydali asal chiqarish uchun millionlab gullar uzra aylanadi” deya ta’rif bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |