Savol: Bu qaysi mamlakat? Javob


Download 26.09 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi26.09 Kb.
#1505572
  1   2   3   4
Bog'liq
To\'garak Maktab 20.12.2022 (1)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol

I tur


1. Bu mamlakatda qizil zarang o‘sadi. Uning barglari kuzda shunday yorqin tusga kiradiki, daraxt go‘yo lovullab yonayotgan mash’alani eslatadi.
Savol: Bu qaysi mamlakat?
Javob: Kanada.
Izoh: Kanadaning bayrog‘ida ham qizil zarangni ko‘rish mumkin.


2. “Fan va hayot” jurnalida chiqqan maqolalardan birining nomi quyidagicha edi: “Jonsiz buyum yirtqich hayvonlar davrasida”.
Savol: Qadimda bu buyumsiz tasavvur qilish qiyin bo‘lgan ayolning ismini yozib bering.
Javob: Femida.
Izoh: 12ta burjlar orasidagi yagona jonsiz buyum bu tarozi. Femida esa adolat va halollik ma’budasi hisoblangan.


3. Bu voqea dastlab Londonda 1863-yilda sodir bo‘ldi. Moskvada 1935-yilda, Toshkentda esa 1977-yilda sodir bo‘lgan.
Savol: Bu qanday voqea?
Javob: Ushbu shaharlarda ilk bor metropoliten ishga tushirilgan.


4. Sankt Peterburgdagi Yozgi bog‘da bir haykal bor. Uning atrofida har doim bolalar gavjum. O‘rindiqda o‘tirgan qariya chuqur o‘yga tolgan, uning poyida hayvonlarning bronza haykalchalari mavjud.
Savol: Bu kimning haykali?
Javob: Ivan Andreevich Krilov.
Izoh: Ivan Andreevich Krilov va uning masallari qahramonlari.


5. 1492 yilning avgustida Ispaniya sohilidan Palos shahriga 3 ta kema yo‘lga chiqdi. Bular “Santa Mariya”, “Ninya” va “Pinta” edi.
Savol: Ularning kapitani kim bo‘lgan?
Javob: Xristofor Kolumb.


6. Bu hayvon nomining tarjimasi mahalliy qabilalardan birining tilida “ichmaydi” degan ma’noni bildiradi. Bu hayvon haqiqatdan ham suv ichmaydi. Evkalipt barglari tarkibidagi suv uning uchun kifoya.

Download 26.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling