Savol: Bu qaysi shahar? Javob


Savol: Aeroportlarning kutish zallarida nimalarning soni ehtiyojga nisbatan kam bo‘ladi? Javob


Download 26.7 Kb.
bet2/4
Sana02.04.2023
Hajmi26.7 Kb.
#1321175
1   2   3   4
Bog'liq
31.05.2022 Мактаб

Savol: Aeroportlarning kutish zallarida nimalarning soni ehtiyojga nisbatan kam bo‘ladi?
Javob: O‘rindiqlar soni.
Izoh: Kutib turgan yo‘lovchilar o‘tirish imkoni yo‘q bo‘lsa, atrofdagi do‘konlarni aylanib, ulardan narsa xarid qilishga majbur bo‘ladi. Ajoyib marketing usuli.

7. Konfutsiyning fikricha, BU KUN farzand uchun ham quvonch, ham ogohlik qo‘ng‘irog‘idir.


Savol: Gap qanday kun haqida ketmoqda?
Javob: Ota-onasining tug‘ilgan kuni.
Izoh: Birinchidan, bayram, ikkinchidan ular qarimoqda.

8. Platonning fikricha, kim o‘zini hammadan aqlli deb bilsa, unga, albatta, U hamroh bo‘lar ekan. Bir nobel mukofoti sovrindorining asari nomida ham U mavjud.


Savol: Siz menga yozuvchini yozib bering.
Javob: Gabriel Garsia Markes.
Izoh: U – yolg‘izlik.

9. Bu asar haqida yozilgan taqrizda shunday deyiladi: ,,Bu asar nomi qanchalik sovuq bo‘lmasin, 200 yildan beri millionlab bolalar qalbida yaxshilik uchquni hosil bo‘lishiga xizmat qilmoqda”.


Savol: Asar nomini yozib bering.
Javob: ,,Qor malikasi”.

10. Buyuk Britaniyalik siyosatchi Nensi Astorning uyida ko‘plab mashhurlar yig‘ilib turishgan. Charli Chaplinning yozishicha, har safar Nensi Astorning uyiga borganida u o‘zini Madam Tyusso yaratgan obyekt ichida o‘tirgandek his qilar ekan.


Savol: Madam Tyusso yaratgan obyektni 3 so‘zda yozib bering.
Javob: Mum haykallar muzeyi.
Izoh: Mashhur insonlar orasida Charli Chaplin o‘zini madam Tyusso muzeyida o‘tirgandek his qilgan. Bilasizki, Madam Tyusso muzeyida mashhur insonlarning mum haykallari bor.
2-tur

1. Xalq ijodida Uning elastik ekani ta’kidlanadi. Ikkinchi bir xalq ijodida qilni qirq yorishi, uchinchisida esa osmondaligi aytiladi.


Savol: Xalq ijodiga tayangan holda Uning ta’mini yozib bering.
Javob: Achchiq
Izoh: Gap haqiqat to‘g‘risida borayotgan edi. Iboraga ko‘ra haqiqat achchiq bo‘ladi. Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi. Haqiqat — osmonda, Narvoni — hamyonda. Haqiqat qilni qirq yorar.

2. 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lash tartibi joriy etilgan. Ushbu tartibga muvofiq 2021-yilning 9 oyida ushbu kompaniya eng ko‘p 7,6 mlrd so‘m soliq to‘lagan.



Download 26.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling